Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-BOB. YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARNING


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

51-BOB. YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARNING 
DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISHNING 
OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
359-modda. Soliq solinadigan daromadlarni va chegiriladigan 
xarajatlarni hisobga olishning oʻziga xos xususiyatlari 
360-modda. Soliq solish obyektini va soliq bazasini 
aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
361-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar 
362-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq 
hisobotini taqdim etish tartibi 
363-modda. Soliqni toʻlash tartibi 
359-modda. Soliq solinadigan daromadlarni va 
chegiriladigan xarajatlarni hisobga olishning 
oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Soliq davrida yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar mazkur Kodeksning ushbu 
moddasida va 360-moddasining sakkizinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda soliq solinadigan daromadlarning va 
chegiriladigan xarajatlarning hisobini yuritishi shart. 
(2-q.)
Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarni va 
tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida soliq solinadigan daromadlarning hamda amalga 
oshirilgan tovar operatsiyalarining hisobini yuritishi shart.
(3-q.)
Quyidagilar soliq solinadigan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish 
registrlaridir: 
1) chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning soliq 
solinadigan daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish kitobi; 


2) tovar cheklari kitobi. 
(4-q.)
Soliq solinadigan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarining 
shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(5-q.)
Soliq solinadigan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari 
yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi asosida yakka tartibdagi tadbirkor soliq hisobida turgan 
joydagi soliq organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi. 
(6-q.)
Soliq solinadigan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari 
yakka tartibdagi tadbirkorda oxirgi yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran besh yil mobaynida 
saqlanadi hamda ularga raqamlar qoʻyilgan, ip oʻtkazib bogʻlangan va tegishli soliq organining 
muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling