Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
357-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalari boʻyicha soliq solishdan ozod qilishning yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi (bitimi) qoidalarini qoʻllashning ushbu moddada belgilangan tartibi norezidentning ushbu Kodeksning 351-moddasida nazarda tutilgan daromadlariga nisbatan tatbiq etiladi. (2-q.) Soliq agenti soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq stavkasini, agar daromad oluvchi norezident Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidenti boʻlsa, mustaqil ravishda qoʻllash huquqiga ega. (3-q.) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari daromad oluvchi tomonidan soliq agentiga soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat daromadni toʻlash sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi sharti bilan qoʻllaniladi. (4-q.) Daromadlar norezidentga dividendlar, foizlar va (yoki) royalti tarzida toʻlanganda, basharti norezident ushbu daromadlarga boʻlgan huquqqa haqiqatda ega boʻlsa, soliq agenti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va ushbu Kodeksning 6-moddasida belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllaydi. Soliq agenti norezidentdan ushbu norezident tegishli daromadni olishga boʻlgan huquqqa haqiqatda ega ekanligi tasdiqnomasini soʻrab olishga haqli. (5-q.) Daromadlarni olish uchun haqiqiy huquqqa ega boʻlgan norezidentga ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan daromadlarni vositachi orqali toʻlashda soliq agenti daromadning bunday haqiqiy oluvchisi rezidenti boʻlgan davlat bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan soliq solishdan ozod qilishni yoki norezident tomonidan daromadlarni toʻlashga asos boʻladigan qoʻshimcha shartnoma (kontrakt) va boshqa hujjatlar vositachi orqali haqiqiy oluvchi boʻlgan har bir shaxs boʻyicha daromad summasi aks ettirilganda uning pasaytirilgan stavkasini qoʻllashga haqli. Bunday hujjatlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: 1) jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismini (agar ular shaxsini tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan boʻlsa) yoki yuridik shaxsning nomini; 2) rezidentlik mamlakatida soliq roʻyxatidan oʻtkazilgan raqamini yoki shunga monand hujjat raqamini (mavjud boʻlgan taqdirda); 3) rezidentlik mamlakatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqamini (yoki shunga monand hujjat raqamini). (6-q.) Soliq agenti tomonidan ortiqcha ushlab qolingan soliq budjetga toʻlangan taqdirda, daromadning haqiqiy oluvchisi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq uni qaytarib olish huquqiga ega. Ortiqcha ushlab qolingan soliqni norezidentga qaytarish ushbu Kodeksning 12-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (7-q.) Norezident tomonidan bitta yoki aloqador loyihalar doirasida xizmatlar koʻrsatishdan daromad olingan taqdirda, mazkur soliq agenti uchun ushbu moddani qoʻllash maqsadida soliq agenti norezident tomonidan doimiy muassasa tashkil etilganligi faktini aniqlaydi, shu jumladan xizmatlar koʻrsatish shartnomasi (kontrakti) asosida aniqlaydi. Norezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, soliq organi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalarini norezidentlarning daromadlarini soliq solishdan ozod etish qismi boʻyicha qoʻllashga haqli emas. (8-q.) Soliq agenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qoʻllanilmagan taqdirda, soliq agenti ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda toʻlov manbaidan soliqni ushlab qolishi hamda oʻtkazishi shart. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling