Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq solish obyektini va soliq bazasini


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

360-modda. Soliq solish obyektini va soliq bazasini 
aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Soliq solish obyekti va soliq bazasi ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos 
xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur Kodeksning 295 va 296-moddalarida nazarda tutilgan 
tartibda aniqlanadi. 
(2-q.)
Jami daromad yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tadbirkorlik faoliyati doirasida 
olingan daromadlardan iborat boʻladi. 
(3-q.)
Jismoniy shaxs oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni tuzishda, agar 
bu bitimlarni tuzish vaziyatining oʻzidan aniq kelib chiqmasa, u yakka tartibdagi tadbirkor sifatida 
faoliyat yuritayotganligini koʻrsatishi kerak. 
(4-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkorning jami daromadidan soliq bazasini aniqlashda, agar 
ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur 
Kodeksning 44-bobiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlardan tashqari soliq solinadigan 
daromadning olinishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi.
(5-q.)
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari aktivdan 
tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan taqdirda va tadbirkorlik faoliyati bilan xarajatlarning aloqasi 
aniq asoslangan boʻlsa, jami daromaddan chegirib tashlanadi. 
(6-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkor soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan 
tartibini tanlashga haqli. 
(7-q.)
Soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida 
belgilanadi.
(8-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkor soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan 
tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish maqsadida xarajatlar hisobini yuritish 
majburiyatlaridan ozod qilinadi, bundan ushbu Kodeks 359-moddasining ikkinchi qismida 
koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno. 
(9-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan 
tartibini qoʻllash uchun soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasi 


Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakldagi bildirishnomani quyidagi muddatlarda 
taqdim etadi: 
1) yangidan roʻyxatdan oʻtkazilganlar - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
boshlanguniga qadar; 
2) foyda soligʻini toʻlashga oʻtganlar, shu jumladan ixtiyoriy ravishda oʻtganlar - bir 
vaqtning oʻzida foyda soligʻini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi bildirishnomani soliq hisobida turgan 
joydagi soliq organiga yuborganda
3) qolganlari - joriy yilning 25-yanvaridan kechiktirmay. 
(10-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq bazasini hisoblab chiqarishning 
soddalashtirilgan tartibini qoʻllash quyidagi muddatlarda boshlanadi: 
1) ushbu modda toʻqqizinchi qismining 1-bandida koʻrsatilganlar uchun - tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish boshlangan paytdan
2) ushbu modda toʻqqizinchi qismining 2-bandida koʻrsatilganlar uchun - yakka tartibdagi 
tadbirkor foyda soligʻini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi bildirishnomani va soliq bazasini 
soddalashtirilgan tartibda hisoblab chiqarish haqidagi arizani soliq organiga taqdim etgan oydan 
keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab; 
3) ushbu modda toʻqqizinchi qismining 3-bandida koʻrsatilganlar uchun - joriy yilning 1-
yanvaridan boshlab. 
(11-q.)
Soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy ravishda 
voz kechish va soliq bazasini hisoblab chiqarishning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda 
tutilgan umumiy tartibiga oʻtish kelgusi soliq davri boshlanganidan eʼtiboran amalga oshiriladi. 
(12-q.)
Soliq bazasini hisoblab chiqarishning umumiy tartibiga oʻtish toʻgʻrisidagi 
bildirishnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda 
soliq davri boshlanishidan kamida bir oy oldin soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga taqdim 
etiladi.

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling