1. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari. Soliq bazasini aniqlash tartibi
Download 176.91 Kb. Pdf ko'rish
|
soliq
SOLIQ BAZASI Reja 1. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari. Soliq bazasini aniqlash tartibi. 2. Aksiz solig’i 3. Foyda solig’ning soliq bazasi. 4. Daromad solig’ining soliq bazasi. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq oʻzi ishlab chiqargan yoki olgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishning oʻziga xos xususiyatlariga qarab aniqlanadi. Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu bobga va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi Soliq bazasini aniqlash chogʻida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum soliq toʻlovchining ushbu tovarlarga (xizmatlarga) pulda va (yoki) natura shakllaridagi toʻlov, shu jumladan qimmatli qogʻozlar bilan haq toʻlash sifatida olingan barcha daromadlaridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. Soliq bazasini aniqlash chogʻida soliq toʻlovchining chet el valyutasida ifodalangantushumi (xarajatlari) ushbu Kodeksning 242-moddasida belgilangan tovarlarni (xizmatlarni)realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziybanki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi. Agar sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi shartnomada tovarlarga (xizmatlarga) chet el valyutasida belgilangan summaga teng boʻlgan summadagi milliy valyutada haq toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa hamda bunda realizatsiya qilingan tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlangan sana ularni realizatsiya qilish boʻyicha ushbu Kodeksning 242- moddasiga muvofiq aniqlanadigan aylanma amalga oshirilgan sanaga toʻgʻri kelmasa, mazkur sanalarda chet el valyutasi kurslaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushum summasidagi ijobiy yoki salbiy farq soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday ijobiy yoki salbiy farq ushbu Kodeksning XII boʻlimiga muvofiq boshqa daromadlar yoki boshqa xarajatlar tarkibida sotuvchi tomonidan hisobga olinishi lozim. Ushbu Kodeksning 239-moddasiga muvofiq oʻz ehtiyojlari uchun soliq solish obyektideb eʼtirof etiladigan tovarlar berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) taqdirda, soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq aniqlanadi. Download 176.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling