1. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari. Soliq bazasini aniqlash tartibi


Download 176.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi176.91 Kb.
#1594333
1   2   3   4   5
Bog'liq
soliq

Foyda solig’i. 
 
Ushbu Kodeksning 295-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi lozim
boʻlgan 
foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.
Soliq bazasini ushbu boʻlimda belgilangan 
tartibda va shartlarda aniqlashda soliq
toʻlovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining 
(zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar
boʻyicha inobatga olinishi yoki inobatga 
olinmasligi mumkin.
Soliq toʻlovchi ushbu boʻlimga muvofiq foydani va zararni hisobga 
olishning umumiy
tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar boʻyicha 
daromadlarning
(xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi.
Soliq bazasi, agar ushbu 
Kodeksning 48 va 50-boblarida boshqacha qoida
belgilanmagan boʻlsa, soliq davri 
boshlanganidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq toʻlovchi tomonidan 
hisobot (soliq) davrida koʻrilgan zararlar soliq solish
maqsadlarida soliq bazasini ushbu 
Kodeksning 46-bobida belgilangan tartibda va shartlarda
kamaytiradi.
Soliq bazasi nazorat 
qilinadigan chet el kompaniyalarining ushbu Kodeksning VII
boʻlimi va 331-moddasiga 
muvofiq belgilanadigan umumiy foydasini ham oʻz ichiga oladi.
Soliq bazasiga ushbu 
boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda tuzatishlar kiritiladi.
Soliq toʻlovchining 
daromadlariga va (yoki) xarajatlariga (zararlariga) ushbu
Kodeksning VI boʻlimida nazarda 
tutilgan hollarda tuzatishlar kiritiladi.
Natura shaklidagi daromadlar va xarajatlar, agar 
ushbu qismda boshqacha tartib
nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi tomonidan 
bitimning haqiqiy narxidan kelib chiqqan
holda inobatga olinadi. Agar bunday bitimdagi 
tovarlarning (xizmatlarning) narxi ularning bozor
narxidan farq qilsa va bunday farqlanish 
soliq toʻlovchining soliq bazasi kamayishiga yoki zarari
koʻpayishiga olib kelsa, soliq 
bazasi ushbu Kodeksning VI boʻlimiga muvofiq belgilanadigan
bozor narxlaridan kelib 
chiqqan holda aniqlanadi.

Download 176.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling