1. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari. Soliq bazasini aniqlash tartibi


Download 176.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi176.91 Kb.
#1594333
1   2   3   4   5
Bog'liq
soliq

 
 Soliq bazasini aniqlash tartibi
 
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq bazasi ushbu
Kodeksning 176-moddasi talablarini hisobga olgan holda, aksiz soligʻini (aksiz 
toʻlanadigan
tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim 
taraflari tomonidan
qoʻllanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya 
qilinadigan tovarlarning
(xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
Xaridorlarga 
realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani amalga oshirish sanasida
chegirmalar (boshqa tijorat 
bonuslari) bergan soliq toʻlovchi soliq bazasini bunday chegirmalar(tijorat bonuslari) 
chegirib tashlangan holdagi narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Soliq bazasi 
quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatidan
kelib chiqqan holda aniqlanadi: 


1) tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya 
qilishda;
2) agar ushbu Kodeksning 239-moddasi birinchi qismi 2-bandida yoki ikkinchi qismining 
2-
bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni (xizmatlarni) bepul 
berishda
(koʻrsatishda);
3) yuridik shaxsning mol-mulkidan ushbu Kodeksning 239-moddasi toʻrtinchi qismi 6-
bandiga muvofiq shaxsiy maqsadlarda foydalanishda.
Agar bitimning narxi tovarlarning 
(xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqoriboʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga 
tuzatish kiritishga haqli. Soliq toʻlovchi bunday qaroryuzasidan bitimning narxi bozor 
narxlariga muvofiqligini va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashgaqaratilmaganligining 
asoslarini taqdim etish yoʻli bilan nizolashishga haqli 
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 
olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni
realizatsiya qilish chogʻida soliq bazasi ushbu 
tovarlarni olib kirish (import qilish) chogʻida
budjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab 
chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas.
Qaytarib berish sharti bilan qayta 
ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan
tovarlar ishlab chiqarish boʻyicha 
xizmatlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ularni qayta
ishlashga doir 
xizmatlarning qiymati asosida, unga soliqni kiritmagan holda, aksiz toʻlanadigan
tovarlar 
boʻyicha esa ularni qayta ishlashga doir xizmatlarning qiymati asosida, ushbu Kodeksga
muvofiq hisoblab chiqarilgan aksiz soligʻi hisobga olingan holda aniqlanadi.
(7-q.) 
Obyektlarni qurishda, shu jumladan obyektlarni foydalanish uchun tayyor qilib
qurishda, 
qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy
ishlarni, shuningdek uzoq texnologik (bir hisobot davridan ortiq) davriylikdagi boshqa 
uzoq
muddatli shartnomalarni bajarishda soliq bazasi har bir kalendar oyning oxirida 
haqiqatda
bajarilgan ishlar hajmining ushbu Kodeksning 303-moddasiga muvofiq soliq 
bazasi kiritilmagan
holda aniqlanadigan qiymati asosida aniqlanadi. Agar shartnomaga 
binoan bu ishlarni materiallar
bilan taʼminlash majburiyati buyurtmachining zimmasida 
boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan
mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan 
taqdirda, soliq bazasi bajarilgan hamda
tasdiqlangan ishlarning qiymatidan kelib chiqqan 
va buyurtmachi materiallarining qiymatini soliq
bazasiga kiritmagan holda aniqlanadi.
Jismoniy shaxslarga mehnat haqi hisobiga yoki dividendlar toʻlovlari hisobiga tovarlar
berilganda (xizmatlar koʻrsatilganda), shuningdek ushbu Kodeksning 239-moddasi 
toʻrtinchi qismi 3-bandida belgilangan hollarda soliq bazasi tovarlarning (xizmatlarning) 
ushbu moddaning
birinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan qiymatidan kelib chiqqan va 
soliqni hisobga olgan holda
aniqlanadi.
Erkin bojxona hududining bojxona rejimiga soliq 
toʻlamasdan joylashtirilgan Tovar
yoʻqotilganda soliq bazasi ushbu Kodeksning 254-
moddasi birinchi qismiga muvofiq aniqlanadi.
Tovarlarni (xizmatlarni) olishga boʻlgan 
huquqni beruvchi vaucherni realizatsiya
qilish chogʻida vaucherning soliq hisobga olingan 
holdagi qiymati soliq bazasi boʻladi.
Olib sotish uchun jismoniy shaxslardan olingan 
avtomobillar va uy-joy koʻchmas
mulk obyektlari realizatsiya qilingan taqdirda, soliq 
bazasi soliq summasini oʻz ichiga oladigan,
realizatsiya qilish narxi va sotib olish qiymati 
oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Foyda soligʻini hisoblab chiqarishda ushbu 
Kodeksning 317-moddasiga muvofiq
xarajatlari chegirilmaydigan soliq toʻlovchining oʻz 
ehtiyojlari uchun oʻzi ishlab chiqargan
tovarlardan foydalanilganda (oʻz kuchi bilan 
xizmatlar koʻrsatilganda), soliq bazasi ushbu
tovarlarning (xizmatlarning) bunday soliq 
toʻlovchi tomonidan oʻtgan 90 kun davomida
realizatsiya qilingan aynan shunday (ular 


mavjud boʻlmaganda shunga oʻxshash) tovarlarning
(xizmatlarning) oʻrtacha oʻlchangan 
narxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan qiymati
sifatida, koʻrsatilgan davrda 
bunday realizatsiya mavjud boʻlmaganda esa aksizlar hisobga olingan
(aksizosti tovarlar 
uchun) va soliq qoʻshilmagan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ushbu 
boʻlimga muvofiq realizatsiya qilishga doir aylanmalari soliq solinmaydigan
aylanmalar 
boʻlgan chiptalar, abonementlar, yoʻllanmalar (joysiz davolanish uchun berilgan
hujjatlar) 
va xizmatlarni olish huquqini beruvchi boshqa hujjatlar realizatsiya qilingan taqdirda,
soliq 
bazasi soliq summasini oʻz ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi va ularni sotib olish 
narxi
oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Soliq bazasini aniqlashning boshqa shartlar 
va holatlarni hisobga oladigan oʻziga xos
xususiyatlari ushbu Kodeksning 249-256-
moddalarida belgilanadi. 

Download 176.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling