1. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari. Soliq bazasini aniqlash tartibi


Download 176.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi176.91 Kb.
#1594333
1   2   3   4   5
Bog'liq
soliq

Daromad solig’ining soliq bazasi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining soliq toʻlovchilari deb (bundan 
buyon
ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) quyidagilar eʼtirof etiladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar; 
2) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi Oʻzbekison 
Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslar
 
Soliq toʻlovchining jami daromadi 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
soligʻining (bundan keyin ushbu boʻlimda soliq 
deb yuritiladi) soliq solish obyekti deb
hisoblanadi.
Ushbu Kodeksning 392-moddasida 
belgilangan tartibda soliqni qatʼiy belgilangan
miqdorda toʻlash xohishini bildirgan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar uchun soliqqa tortish obyekti
boʻlib amalga oshirilayotgan faoliyat 
turini tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlar hisoblanadi.
 
Soliq bazasi quyidagilar hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun - ushbu
boʻlimda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini hisobga olgan holdagi jami daromadlari;
2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun - ushbu
boʻlimda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qoʻllanmagan holdagi jami daromadlari.
Soliq bazasini aniqlashda soliq toʻlovchining ham pul shaklida, ham natura shaklida
olgan 
daromadlari yoki daromadlarni tasarruf etish uchun yuzaga kelgan huquqlari, shuningdek
moddiy naf tarzidagi daromadlari hisobga olinadi. Bunda soliq toʻlovchining alohida 


turdagi
daromadlari ushbu boʻlimda belgilangan shartlarda va tartibda jami daromad 
tarkibida hisobga
olinishi yoki hisobga olinmasligi mumkin.
Soliq toʻlovchining chet el 
valyutasida ifodalangan daromadlari, haqiqatda
daromadlar olingan sanadagi Oʻzbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy
valyutaga qayta hisob-kitob 
qilinadi.
Turli soliq stavkalari boʻyicha solinadigan soliq bazasi alohida aniqlanadi.
Soliq 
bazasi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq davri
boshidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq bazasi nazorat qilinadigan 
chet el kompaniyalarining ushbu Kodeksning VII
boʻlimiga va 208-moddasiga muvofiq 
aniqlanadigan yigʻma foydasini ham oʻz ichiga oladi.
Soliq bazasiga ushbu boʻlimda 
belgilangan hollarda va tartibda tuzatish kiritiladi. 
Ushbu Kodeksning VI boʻlimida 
nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchining
daromadlariga ushbu Kodeksning 20-bobida 
nazarda tutilgan tartibda tuzatish kiritiladi.
Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar
Quyidagilar jami daromad tarkibiga 
kiritilmaydi:
1) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor
boʻlgan soliq toʻlovchi olgan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng 
bahodagi
esdalik sovgʻalarining qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining yoki
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir 
yoʻla beriladigan pul
mukofoti va sovgʻalar;
2) donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari
tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar;
3) olingan alimentlar;
4) fuqarolar tomonidan olinadigan sugʻurta tovoni summalari;
5) qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda toʻlanadigan stipendiyalar; 
6) qonunchilikka muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oylik
kompensatsiya pul toʻlovlari; 
7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob aʼzosini parvarish qilish boʻyicha nafaqa) mustasno; 
8) majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallari, ular boʻyicha foizli daromadlar,
shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari.
9) qonunchilikda belgilanadigan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat
faoliyati natijasida olingan daromadlari, shu jumladan talabalarning Oʻzbekiston 
Respublikasi oliy
taʼlim tashkilotlari hududida pulli oʻquv kurslarini, sport toʻgaraklarini 
tashkil etishdan va boshqa
taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlari; 
10) Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik
shaxslar 
tomonidan 
chiqarilgan 
xalqaro 
obligatsiyalar 
boʻyicha daromadlar.


Soliq agentlarining ushbu Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan jismoniy shaxs
foydasiga amalga oshiradigan quyidagi xarajatlariga soliq toʻlovchining daromadi sifatida
qaralmaydi:
1) mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarni qonunchilikda
belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shoʻr suv, shaxsiy 
himoya
va gigiyena vositalari bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlari; 
2) kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar, shu jumladan
aʼzolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi aʼzolariga beriladigan moddiy yordam, 
bundan
kasaba uyushmasi qoʻmitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik 
uchun beriladigan
pul mukofotlari va boshqa toʻlovlar mustasno;
3) favqulodda holatlar munosabati bilan yetkazilgan zararlar summasi doirasida beriladigan
moddiy yordam summalari;
4) xodimlarni ish joyiga olib borish va olib qaytish boʻyicha xarajatlari;
5) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini oʻtkazish, vakillik 
xarajatlari,
shahar yoʻlovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun 
foydalaniladigan yoʻl
kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning 
mehnat va dam olish
sharoitlarini taʼminlash bilan bogʻliq hamda muayyan jismoniy 
shaxslarning daromadi
hisoblanmaydigan boshqa xarajatlari;
6) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maxsus kiyim-bosh, maxsus
poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish
munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda 
ayrim
toifadagi xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishi chogʻida oziq-ovqat bilan 
taʼminlash
boʻyicha xarajatlar; 
7) xodim boshqa joyga ishga oʻtkazilganda yoxud koʻchib borganda koʻchish, mol-mulkini
koʻchirib borishga, joy ijarasiga (yoʻl xarajatlari uchun beriladigan pul) oid xarajatlarni 
toʻlash
yoki bu xarajatlarning oʻrnini qoplash xarajatlari, shu jumladan Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan olis va borish qiyin boʻlgan 
hududlarda joylashgan budjet
tashkilotlariga oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari 
orasidan bakalavriatni yoki magistraturani
tamomlagandan soʻng uch yil ichida ishga qabul 
qilingan xodimlarga, shuningdek mazkur olis va
borish qiyin boʻlgan hududlarda 
joylashgan oilaviy shifokorlik punktlariga va oilaviy
poliklinikalarga hamda taʼlim 
muassasalariga ishga qabul qilingan, boshqa hududlarda
yashaydigan oliy maʼlumotli 
shifokorlarga va mutaxassislarga toʻlanadigan boshlangʻich yordam
puli; 
8) xizmat safarlariga oid quyidagi kompensatsiya toʻlovlari:
tasdiqlovchi hujjatlar asosida 
xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun,
shu jumladan joy band qilish 
uchun haq toʻlashni qoʻshgan holda haqiqatda amalga oshirilgan
toʻlovlar. Yoʻl hujjatlari 
boʻlmagan taqdirda, temir yoʻl transportidagi (agar temir yoʻl qatnovi
boʻlmasa, 
shaharlararo avtobusdagi) yoʻl haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30
foizidan oshmaydigan miqdorda;
uy-joyni ijaraga olish boʻyicha haqiqatda amalga 
oshirilgan toʻlovlar. Yashaganligini
tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda, 


qonunchilikda belgilangan normalar doirasida 
tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band 
qilish uchun toʻlovlar;
qonunchilikda belgilangan normalar doirasida xizmat safarida 
boʻlingan vaqt uchun
toʻlanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar); 
qonunchilikda belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa toʻlovlar; 
9) qonunchilikda nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga toʻlanadigan kompensatsiya
toʻlovlari (kompensatsiyalar
doimiy ishi yoʻlda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov 
tusiga ega boʻlgan,
shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya 
toʻlovlari
(kompensatsiyalar);
xizmat ishlarida shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun 
kompensatsiya toʻlovlari
(kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno;
dala taʼminoti;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan 
olis va borish qiyin
boʻlgan hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga oliy taʼlim 
muassasalari bitiruvchilari
orasidan bakalavriatni yoki magistraturani tamomlagandan 
soʻng uch yil ichida ishga qabul
qilingan xodimlarga, shuningdek mazkur olis va borish 
qiyin boʻlgan hududlarda joylashgan
oilaviy shifokorlik punktlariga va oilaviy 
poliklinikalarga hamda taʼlim muassasalariga ishga
qabul qilingan, boshqa hududda 
yashaydigan oliy maʼlumotli shifokorlarga va mutaxassislarga uy joy ijarasi uchun har 
oylik pul kompensatsiyasi; 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va normalar boʻyicha 
boshqa kompensatsiya
toʻlovlari (kompensatsiyalar), bundan ushbu Kodeksning 373 va 
377-moddalarida koʻrsatilganlari
mustasno; 
10) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan
bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
jabrlanuvchi 
mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz
hisobidagi, 
uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan
har 
oylik toʻlovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib boʻlib qolgan taqdirda, zararning
oʻrni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonunchilikda 
belgilangan
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,76 baravaridan kam 
boʻlmagan miqdorda
qoplanadi); 
maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga 
qoʻshimcha xarajatlar uchun oyiga
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 70,3 
foizi miqdoridagi toʻlovlar;
jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qoʻshimcha 
xarajatlar tariqasida har oyda
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 foizi 
miqdoridagi toʻlovlar;
xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish 
beruvchi tomonidan biryoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik 
oʻrtacha ish haqi miqdoridagi
toʻlovlar;
11) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
marhumning oʻrtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan va uning
vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga 
toʻgʻri
keladigan ulushi miqdoridagi toʻlovlar;
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan 
zararni undirishga haqli boʻlgan shaxslarga bir
yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida 
marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravari
miqdoridagi toʻlovlar;
12) oʻquvchilar va talabalarning taʼlim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining
professional va oliy taʼlim tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha 
pullikontrakt asosida oʻtkaziladigan mablagʻlar; 


12-1) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining va maktablarning, shu jumladan 
davlatxususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim 
tashkilotlarining va
maktablarning qonunchilikda belgilangan normalar doirasida ijtimoiy 
koʻmakka muhtoj
oilalarning isteʼdodli va iqtidorli farzandlarini, shuningdek maxsus 
kontingentdagi
tarbiyalanuvchilarning muayyan sonini bepul oʻqitish bilan bogʻliq xarajatl 
13) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari. 
14) soliq toʻlovchining mijozlarning tovarlar va xizmatlarni sotib olish faolligini oshirishga
qaratilgan va bonuslar (ballar, mijozni ushbu tashkilotlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olish
faolligini belgilovchi boshqa birliklar) hisoblanishini nazarda tutuvchi dasturlarda ishtiroki
natijasida ushbu dasturda belgilangan asoslar boʻyicha olingan pul va natura shaklidagi
daromadlari. Daromadlar soliq toʻlovchining jami daromadiga quyidagi hollarda 
qoʻshiladi:
soliq toʻlovchining ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan 
dasturlarda 
ishtirok
etishi 
ochiq 
oferta 
shartlarisiz 
amalga 
oshirilganda;
soliq toʻlovchi ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan mamlakatimizdagi va 
chet
el tashkilotlarining dasturlariga, ularda aksept muddati oʻttiz kundan kam va (yoki) 
ularda ommaviy ofertani muddatidan oldin chaqirib olish imkoniyati nazarda tutilgan 
shartlar asosidagi
ochiq ofertaga qoʻshilganda;
ushbu bandning birinchi xatboshisida 
koʻrsatilgan tashkilotchi bilan lavozim
majburiyatlarini bajarishda mehnat munosabatlarida 
boʻlgan, shuningdek soliq toʻlovchi
tomonidan tovarlar yetkazib berganlik (ishlar 
bajarganlik, xizmatlar koʻrsatganlik) uchun haq
(mukofot) yoki moddiy yordam sifatidagi 
toʻlov shaklidagi daromad toʻlanganda;
15) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya
jamgʻarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tashkil etilgan 
boshqa
jamgʻarmalar tomonidan koʻrsatilgan yordam:
Ustavda nazarda tutilgan faoliyat 
doirasida bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar;
davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, 
nogironligi boʻlgan shaxslarni profilaktika va
reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-
uskunalar olish; 
jismoniy shaxsning manfaatlarini koʻzlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib 
beruvchidan
olish;
xayriya maqsadida boshqa shakllarda qoʻllab-quvvatlash (bundan pul 
shaklida qoʻllabquvvatlash mustasno);
16) soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan dasturlarda ishtirok 
etishi
natijasida olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul toʻlovlaridan iborat 
daromadlari
.

Download 176.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling