Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 351-modda. Umumiy qoidalar
50-BOB. NOREZIDENTLARNING DOIMIY
MUASSASA BILAN BOGʻLIQ BOʻLMAGAN DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 351-modda. Umumiy qoidalar 352-modda. Soliq agentlari deb eʼtirof etiladigan shaxslar 353-modda. Soliq stavkalari 354-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish tartibi 355-modda. Soliq agentlari tomonidan soliq hisob-kitobini taqdim etish va uni toʻlash tartibi 356-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 357-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha soliq solishdan ozod qilishning yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari 358-modda. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatga qoʻyiladigan talablar 351-modda. Umumiy qoidalar (1-q.) Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan va doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan olinadigan soliq norezidentga daromad toʻlovchi soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi. Soliqning ushlab qolinishi soliq toʻlovchining daromadlaridan bunday daromadlarning har bir toʻlovi paytida amalga oshiriladi. (2-q.) Bunday daromadlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridan olingan dividendlar; 2) Oʻzbekiston Respublikasining qarz majburiyatlari boʻyicha foizlar, shu jumladan chiqarish va muomalada boʻlish shartlarida foizlar koʻrinishidagi daromadlarni olish nazarda tutilgan davlat qimmatli qogʻozlari. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining xalqaro obligatsiyalari boʻyicha daromadlarga soliq solinmaydi; 3) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridan va yakka tartibdagi tadbirkorlaridan olingan har qanday turdagi qarz majburiyatlari (shuningdek foydada ishtirok etish huquqini beruvchi obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar) boʻyicha foizlar; 4) har qanday nomoddiy aktivdan Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish yoki foydalanish huquqini berish uchun royalti; 5) quyidagilar realizatsiya qilinganda olinadigan daromadlar: a) aksiyalar (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan aksiyalar mustasno), Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi (paylar); b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas mulk; v) mulk majmuasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxona; g) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan investitsiya pay fondlarining investitsiya paylari. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi kichik band) Bunday daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 356- moddasida belgilanadi; 6) norezidentga tegishli boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti orqali tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish doirasida topshiriq shartnomasi va boshqa aynan oʻxshash fuqarolik- huquqiy shartnomalar asosida sotiladigan tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Ushbu bandda koʻrsatilgan daromadlar hujjatlar bilan tasdiqlangan, norezident tomonidan realizatsiya qilingan tovar uchun olinadigan summaning uni olishdan oshgan qismi sifatida belgilanadi. Tovarlarni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda, soliqni ushlab qolish norezident tomonidan olinadigan barcha summadan amalga oshiriladi; 7) Oʻzbekiston Respublikasida yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni sugʻurtalash, birgalikda sugʻurtalash va qayta sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari; 8) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan xalqaro aloqa uchun simli oʻtkazgich, radio-optik yoki boshqa elektromagnit tizimlar orqali belgilar, signallar, matnlar, tasvirlar, tovushlarni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash uchun toʻlovni nazarda tutuvchi telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishdan olinadigan daromadlar; 9) xalqaro tashish, shu jumladan yuklarni yuklash, qayta yuklash, tushirish va joylash uchun tashish shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan toʻlov boʻyicha xizmatlar. Xalqaro tashish deganda yoʻlovchilarni, yuklarni, tovarlarni, shu jumladan pochtani daryo yoki havo kemalari, avtomobil yoki temir yoʻl transporti orqali, davlatlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan turli davlatlarda joylashgan punktlar oʻrtasida amalga oshiriladigan har qanday tashish tushuniladi. Ushbu bandning maqsadi uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan punktlar oʻrtasida, shuningdek faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar oʻrtasida amalga oshiriladigan tashish xalqaro tashish deb eʼtirof etilmaydi; 10) Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga va ikkilamchi ijaraga berish, shu jumladan lizing operatsiyalaridan olingan daromadlar, daryo, havo kemalarini va (yoki) boshqa transport vositalarini, shuningdek konteynerlarni ijaraga yoki qoʻshimcha ijaraga berishdan olingan daromadlar; 11) xalqaro tashishlarda va Oʻzbekiston Respublikasi ichida tashishlarda transport- ekspeditorlik xizmatlari. Bunda yuk yuboruvchidan (yuk oluvchidan) olingan summa va yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari bilan tasdiqlangan, yuk tashuvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan summa oʻrtasidagi farq sifatida hisoblangan mukofot summasi soliq solinishi lozim boʻlgan daromaddir. Yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga ushbu Kodeks 353-moddasining 3-bandida belgilangan soliq stavkalari boʻyicha toʻlangan barcha summaga soliq solinishi lozim; 12) shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarimalar, penyalar va boshqa toʻlovlar; 13) begʻaraz olingan mol-mulk, xizmatlar. Begʻaraz olingan mol-mulkning (xizmatlarning) qiymati ushbu Kodeksning 299-moddasida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi; 14) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentiga yoki faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezident boʻlgan yuridik shaxsga qarzni talab qilish huquqidan voz kechishdan olingan daromad. Bunda shunday daromadning miqdori norezidentning birlamchi hujjatlariga muvofiq, qaysi talab qilish huquqi boʻyicha voz kechish amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha talab qilish huquqining qiymati va talab qilish huquqidan voz kechish sanasida qarzdordan olinishi lozim boʻlgan talab qilish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi; 15) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentidan yoki Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezident boʻlgan yuridik shaxsdan qarzni talab qilish huquqini olish chogʻida talab qilish huquqidan voz kechishdan olingan daromad. Bunda shunday daromadning miqdori asosiy qarzning talabiga koʻra qarzdordan olinishi lozim boʻlgan summa, shu jumladan talab qilish huquqidan voz kechish sanasidagi asosiy qarzdan ortiq boʻlgan summa va talab qilish huquqini olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi; 16) serverga axborot joylashtirish va unga texnik xizmat koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida disk maydoni va (yoki) aloqa kanalini taqdim etishdan olingan daromadlar; 17) boshqaruvga oid, texnik yoki maslahat xususiyatiga ega xizmatlar uchun toʻlov sifatida belgilangan texnik xizmatlardan olingan daromadlar; 18) norezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmatlar koʻrsatishdan olingan boshqa daromadlar. (3-q.) Quyidagilar norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalaridan olingan daromadlar jumlasiga kirmaydi: 1) faqat tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxs nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirilgan hamda faqat Oʻzbekiston Respublikasida tovar sotib olish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovar olib kirish bilan bogʻliq tashqi savdo operatsiyalaridan olingan daromadlar. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kirish bilan bogʻliq operatsiyalarga nisbatan ushbu qoida quyidagi shartlarga rioya etgan holda import bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda qoʻllaniladi: a) tovarni yetkazib berish ushbu shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan saqlash joylaridan (shu jumladan bojxona omborlaridan) amalga oshirilmasa; b) tovar chet el yuridik shaxsining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali sotilmasa. Agar ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilmagan boʻlsa, ushbu shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatiga taalluqli daromadlarining bir qismi tovarni realizatsiya qilish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromad deb eʼtirof etiladi. Agar norezident tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni oʻqitish xizmatlari va boshqa shu kabi xizmatlar koʻrsatilishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar (qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar) sotib olish (sotish) boʻyicha xalqaro shartnomada (kontraktda) koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati alohida koʻrsatilmagan boʻlsa, norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Xuddi shunday qoidalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezident vakillarining tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) boʻyicha asbob-uskunalarni montaj qilish, oʻrnatish yoki ishga tushirish-sozlash paytida haqiqatdan mavjud boʻlgan taqdirda, hattoki ushbu shartnomada (kontraktda) norezidentlar tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish- sozlash ishlarini amalga oshirish, ular tomonidan xodimlarni oʻqitish xizmatlarini va boshqa shu kabi xizmatlarni koʻrsatish nazarda tutilmagan boʻlsa ham, qoʻllaniladi; (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ- 812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 2) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar, bundan mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar mustasno. (4-q.) Xizmat koʻrsatish boʻyicha kontraktda norezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham xizmatlar koʻrsatilishini nazarda tutuvchi qoidalar mavjud boʻlganda, ushbu moddada belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi xizmatlarning har bir turi uchun alohida-alohida qoʻllaniladi. Norezident tomonidan yagona ishlab chiqarish-texnologik sikl doirasida xizmat koʻrsatishning har bir bosqichi norezidentning daromadlaridan toʻlov manbaida soliqni ushlab qolish maqsadida xizmatlarning alohida turi sifatida koʻrib chiqiladi. Bunda kontrakt boʻyicha norezident daromadlarining umumiy summasi Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlarga asoslangan tarzda taqsimlangan boʻlishi kerak. (5-q.) Ushbu moddaning toʻrtinchi qismi qoidalarini qoʻllash maqsadida norezident xizmat oluvchiga norezidentning umumiy daromad summasi Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlar va uning tashqarisida xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlarga taqsimlanganligini tasdiqlovchi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va (yoki) chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan, norezident tomonidan tasdiqlangan hisob- kitob hujjatlarining koʻchirma nusxalarini taqdim etishi shart. Bunday taqsimlanish mavjud boʻlmaganda, ham Oʻzbekiston Respublikasida, ham uning tashqarisida xizmat koʻrsatishdan norezidentga toʻlanadigan daromadning butun summasiga soliq solinishi lozim. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling