Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Chegirib tashlanadigan xarajatlarni aniqlash
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
348-modda. Chegirib tashlanadigan xarajatlarni aniqlash
(1-q.) Soliq bazasini aniqlash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatdan doimiy muassasa orqali soliq solinadigan daromadlar olish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar, ular Oʻzbekiston Respublikasida yoki uning hududidan tashqarida qilinganidan qatʼi nazar, doimiy muassasaning chegirmalari jumlasiga kiritiladi, bundan ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga oʻzining doimiy muassasasi tomonidan toʻlanadigan quyidagi koʻrinishdagi summalar ham chegirilmaydi: 1) ushbu norezidentning mulkidan yoki intellektual mulkidan foydalanganlik yoki foydalanish huquqini berganlik uchun royalti, gonorarlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar; 2) ushbu norezident tomonidan doimiy muassasaga koʻrsatilgan xizmatlar uchun xarajatlar; 3) ushbu norezident tomonidan doimiy muassasaga berilgan zayomlar boʻyicha pul mukofotlari; 4) ushbu norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali faoliyatidan daromadlar olish bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar; 5) ushbu norezidentning mazkur moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari. (3-q.) Agar qoʻllaniladigan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi qoidalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti doimiy muassasasining soliq solinadigan daromadini aniqlashda shu norezidentning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarini chegirib tashlashga yoʻl qoʻyilsa, bunday xarajatlar summasi shunday norezident tomonidan oʻz tanloviga binoan quyidagi usullardan biri boʻyicha aniqlanadi: 1) xarajatlarni mutanosib ravishda taqsimlash usuli; 2) xarajatlarni chegirmalarga bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) kiritish usuli. (4-q.) Ushbu modda uchinchi qismining maqsadida ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruv va boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlar deb eʼtirof etiladi. Bunda ushbu norezidentning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari jumlasiga quyidagilar kiritilmaydi: 1) norezidentning bevosita doimiy muassasasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida yoki norezidentning vakolatxonasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Kodeksga muvofiq chegirmalar jumlasiga kiritiladigan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari; 2) norezidentning bevosita vakolatxonasi yoki doimiy muassasalari tomonidan boshqa davlatlarda qilingan, Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy muassasasining faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari; 3) Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlar. (5-q.) Norezident hisobot (soliq) davri mobaynida oʻz tanloviga koʻra boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarni soliq hisobotiga ilovada koʻrsatiladigan doimiy muassasaning chegirmalariga kiritish usullaridan faqat bittasini qoʻllaydi. (6-q.) Norezidentning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasaning chegirmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda kiritiladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling