Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq agentining javobgarligi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 49-BOB. FAOLIYATINI DOIMIY MUASSASA ORQALI AMALGA OSHIRAYOTGAN NOREZIDENTLARNING DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
- 347-modda. Soliq solinadigan daromadni aniqlash
346-modda. Soliq agentining javobgarligi
Soliq summasi toʻlov manbaida ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti soliqning ushlab qolinmagan summasini va u bilan bogʻliq penya summasini qonun hujjatlariga muvofiq budjetga kiritishi shart. 49-BOB. FAOLIYATINI DOIMIY MUASSASA ORQALI AMALGA OSHIRAYOTGAN NOREZIDENTLARNING DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 347-modda. Soliq solinadigan daromadni aniqlash 348-modda. Chegirib tashlanadigan xarajatlarni aniqlash 349-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliq toʻlash tartibi 350-modda. Soliq agenti tomonidan ushlab qolingan soliqni hisobga olish tartibi 347-modda. Soliq solinadigan daromadni aniqlash (1-q.) Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentning daromadlaridan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash ushbu bobda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksning 43 - 47-boblarida belgilangan tartibda mazkur norezident tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. (2-q.) Bajarilishi mazkur bobda nazarda tutilgan, faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezident boʻlgan soliq toʻlovchining majburiyatlari uning doimiy muassasasiga yuklatilishi mumkin. Bunda doimiy muassasa soliq toʻlovchining barcha huquqlariga ega boʻladi. (3-q.) Doimiy muassasaning jami daromadini bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan eʼtiboran olingan daromadlarning quyidagi turlari tashkil etadi: 1) norezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini oʻzining doimiy muassasasi orqali amalga oshirish natijasida olingan daromadlar; 2) norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va (yoki) uni tasarruf qilishdan olgan daromadlari; 3) norezidentning daromadlari, shu jumladan uning boshqa davlatlardagi tuzilmaviy boʻlinmalarining Oʻzbekiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan mazkur yuridik shaxsning doimiy muassasasi orqali amalga oshiriladigan faoliyatga aynan oʻxshash yoki bir xil faoliyatni amalga oshirishdan oladigan daromadlari; 4) ushbu Kodeksning 351-moddasida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan doimiy muassasaga tegishli boshqa daromadlar; 5) bunday doimiy muassasa faoliyati bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar. (4-q.) Agar norezident Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham oʻzining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi bilan birgalikda bajariladigan bitta loyiha yoki aloqador loyihalar doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, agar norezident xuddi shunday yoki aynan oʻxshash faoliyat bilan xuddi shunday yoki aynan oʻxshash sharoitlardagi faoliyatda band boʻlgan yakka va alohida shaxs boʻlganida hamda oʻzi doimiy muassasasi boʻlgan norezidentdan mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatganida olishi mumkin boʻlgan daromad bunday doimiy muassasaning daromadi deb hisoblanadi. (5-q.) Agar norezidentning doimiy muassasasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlarni (xizmatlarni) norezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boshqa tarkibiy boʻlinmasi realizatsiya qilsa, agar u xuddi shunday yoki aynan oʻxshash faoliyat bilan xuddi shunday yoki aynan oʻxshash sharoitlardagi faoliyatda band boʻlgan yakka va alohida shaxs boʻlganida hamda oʻzi doimiy muassasasi boʻlgan norezidentdan mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatganida olishi mumkin boʻlgan daromad bunday doimiy muassasaning daromadi deb eʼtirof etiladi. (6-q.) Agar norezident Oʻzbekiston Respublikasida uchinchi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab, doimiy muassasa shakllanishiga olib keladigan tayyorgarlik va (yoki) yordamchi turdagi faoliyatni amalga oshirsa va bunda shunday faoliyatga nisbatan haq olish nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solinadigan baza ushbu doimiy muassasaning bunday faoliyat bilan bogʻliq xarajatlari summasining 20 foizi miqdorida belgilanadi. (7-q.) Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti doimiy muassasasining shunday norezidentning bosh ofisi yoki boshqa tuzilmaviy boʻlinmalari oldidagi majburiyatlari boʻyicha yuzaga keladigan kursga oid farqlar Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi daromadlari (xarajatlari) jumlasiga kiritilmaydi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (8-q.) Agar norezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati doimiy muassasa shakllanishiga olib keladigan bittadan ortiq muassasasi boʻlsa, soliq solinadigan baza va soliq summasi har bir muassasa uchun alohida hisoblanadi. (9-q.) Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentning soliqni toʻlangandan keyin oʻz tasarrufida qoladigan sof foydasi dividendlarga tenglashtiriladi va unga ushbu Kodeks 353-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq solinishi lozim. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (10-q.) Ushbu modda toʻqqizinchi qismining qoidalarini qoʻllash maqsadlarida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi norezident dividendlar tarzidagi daromadlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini ushbu Kodeksning 357-moddasida koʻrsatilgan tartibda qoʻllashga haqli. Agar Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomasida dividendlar tarzidagi daromadlar boʻyicha bir nechta pasaytirilgan soliq stavkalari nazarda tutilgan boʻlsa, ularning eng kami qoʻllaniladi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq oʻninchi va oʻn birinchi qismlari oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin (11-q.) Sof foyda deganda jami daromad va doimiy muassasa faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar oʻrtasidagi farq tushuniladi. Bunda joriy soliq davri uchun sof foyda ayni bir doimiy muassasa doirasida avvalgi soliq davrlarida olingan zararning (zararlarning) umumiy summasiga, basharti ilgari bunday zarar (zararlar) sof foydani aniqlashda hisobga olinmagan boʻlsa, kamaytiriladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (12-q.) Sof foydadan olinadigan soliqning hisoblab chiqarilgan summasi soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga toʻlanadi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling