Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

341-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish, soliq 
hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi hisobot 
(soliq) davri yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan boʻnak toʻlovlari summalarini, shuningdek 
soliq summalarini toʻlashni, shunday guruhni tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatdan 
oʻtkazilgan joyda, mazkur summalarni ushbu guruhning va ular alohida boʻlinmalarining 
ishtirokchilari boʻyicha taqsimlamasdan amalga oshiradi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha soliq hisoboti soliq 
organiga ushbu Kodeks 339-moddasining beshinchi qismida belgilangan tartibda va muddatlarda 
taqdim etiladi. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining qolgan ishtirokchilari oʻzi 
hisobda turgan joydagi soliq organiga soliq hisobotini taqdim etmaydi. 
(4-q.)
Agar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari ushbu 
guruhning konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydigan daromadlarni olsa, ular oʻzi 
hisobda turgan joydagi soliq organlariga soliqning faqat ushbu daromadlarga nisbatan hisoblab 
chiqarilgan qismi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etadi. 


(5-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha hisobot (soliq) davri 
yakunlari boʻyicha soliq hisoboti shu guruhning masʼul ishtirokchisi tomonidan soliq hisobi 
maʼlumotlari hamda umuman soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha 
konsolidatsiyalashgan soliq bazasi asosida faqat konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga nisbatan 
soliqni hisoblab chiqarish qismi boʻyicha tuziladi.
(6-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan 
ushbu guruh faoliyat koʻrsata boshlagan soliq davrining birinchi choragida toʻlanishi lozim 
boʻlgan soliq boʻyicha har oylik boʻnak toʻlovlarining summasi shu guruh barcha 
ishtirokchilarining ushbu guruh tuzilishidan oldingi soliq davrining uchinchi choragida toʻlanishi 
lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovlari summasi sifatida aniqlanadi.
(7-q.)
Agar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi 
shartnoma soliq organi tomonidan soliq davri boshlanganidan keyin roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, 
soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan soliq davri boshidan 
buyon oʻtgan hisobot davrlarining yakunlari boʻyicha toʻlangan boʻnak (joriy) toʻlovlari soliq 
toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining boʻnak joriy toʻlovlari soliq toʻlovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining tegishli ishtirokchisi hisobiga oʻtkazilishi (qaytarilishi) lozim. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling