Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
340-modda. Soliqni toʻlash tartibi
(1-q.) Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliqni toʻlash hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha, tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. (2-q.) Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda besh milliard soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar ushbu moddaning uchinchi - oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik boʻnak toʻlovlarini hisobot davri har bir oyining yigirma uchinchi kunidan kechiktirmay toʻlaydi. (3-q.) Joriy soliq davrining birinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi oʻtgan soliq davrining oxirgi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovi summasiga teng etib qabul qilinadi. (4-q.) Joriy soliq davrining ikkinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi joriy yilning birinchi hisobot davri uchun soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda soligʻi summasining uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. (5-q.) Joriy soliq davrining uchinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi yarim yillik yakunlariga koʻra soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda soligʻining summasi va birinchi chorak yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda soligʻining summasi oʻrtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. (6-q.) Joriy soliq davrining toʻrtinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi toʻqqiz oylik yakunlariga koʻra soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda soligʻining summasi va yarim yillik yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda soligʻining summasi oʻrtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi. (7-q.) Agar ushbu moddaning uchinchi - oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, koʻrsatilgan toʻlovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi. (8-q.) Soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida besh milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlaydi. (9-q.) Boʻlish yoki ajratib chiqarish yoʻli bilan qayta tashkil etish natijasida yangidan tashkil etilgan yuridik shaxs, jami daromadining miqdoridan qatʼi nazar, har oylik boʻnak toʻlovlarini, agar boʻlish yoki ajratib chiqarish yoʻli bilan qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq boʻyicha har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday qayta tashkil etish amalga oshirilgan soliq davrida hisoblab chiqargan boʻlsa, ikkita kelgusi soliq davri mobaynida toʻlaydi. (10-q.) Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha hisobot (soliq) davri mobaynida toʻlangan har oylik boʻnak toʻlovlari summasi hisobot (soliq) davri uchun soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliqni toʻlash chogʻida hisobga olinadi. (11-q.) Har oylik boʻnak toʻlovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda soliq toʻlovchi kelgusi chorak birinchi oyining 15 sanasidan kechiktirmay joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Kutilayotgan foyda summasi asossiz kamaytirib koʻrsatilgan taqdirda soliq organlari soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etiladigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga oʻzgartirishlar kiritishga haqli. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (12-q.) Jami yillik daromadning miqdoridan qatʼi nazar, soliq hisobotini soliq boʻyicha faqat soliq davri yakunlari yuzasidan taqdim etuvchi soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlamaydi. (13-q.) Soliq toʻlovchi tugatilganda soliq tugatish yakunlanguniga qadar toʻlanishi lozim. (14-q.) Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organi har oylik boʻnak toʻlovlarini hisoblashni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan bunday axborot olingan oydan eʼtiboran toʻxtatib turadi. (15-q.) Faoliyat tiklangan va tugatish jarayoni toʻxtatilgan taqdirda, har oylik boʻnak toʻlovlarini hisoblash ularni hisoblash toʻxtatilgan oydan eʼtiboran tiklanadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling