Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni oʻtkazish
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 335-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha zararlarni oʻtkazish
334-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni oʻtkazish
(1-q.) Qayta tashkil etish munosabati bilan oʻtkaziladigan zararlar soliq toʻlovchilar boʻlgan huquqiy vorislar oʻrtasida taqsimlash balansi asosida oʻtkaziladigan aktivlar qiymatining qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs aktivlari qiymatidagi taqsimlash balansini tuzish sanasidan oldingi sanadagi holatiga koʻra solishtirma miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi va ushbu Kodeksning 333-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi. (2-q.) Huquqiy voris boʻlgan soliq toʻlovchi qayta tashkil etilgan taqdirda, uning ilgari oʻz faoliyatini tugatgan soliq toʻlovchidan koʻrgan zararlari oʻtkazilmaydi. 335-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha zararlarni oʻtkazish (1-q.) Ushbu Kodeks 333-moddasining qoidalari soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga nisbatan ushbu moddada belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda qoʻllaniladi. (2-q.) Agar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi oldingi soliq davrida (davrlarida) zarar (zararlar) koʻrgan boʻlsa, bunday guruhning masʼul ishtirokchisi joriy soliq davrining konsolidatsiyalashgan soliq bazasini zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqli. (3-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini tugatgandan keyin): 1) joriy soliq davrining soliq bazasini mazkur guruh faoliyat koʻrsatgan davrda koʻrilgan zararning summasiga (ushbu summaning bir qismiga) kamaytirishga haqli emas; 2) joriy soliq davrining soliq bazasini mazkur ishtirokchi tomonidan u soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi boʻlmagan soliq davrlarining yakunlari boʻyicha koʻrilgan zarar summasiga (ushbu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda kamaytirishga haqli. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) (4-q.) Agar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi mazkur guruhdagi oʻzining ishtirok etish davrida qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilgan boʻlsa, mazkur guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini tugatganidan keyin) bu ishtirokchi joriy soliq davrining soliq bazasini oʻzi huquqiy vorisi boʻlgan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlmagan bunday qayta tashkil etilgan soliq toʻlovchilar soliq davri yakunlari boʻyicha qayta tashkil etilgan soliq toʻlovchidan olingan zararlar summasiga (shu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda kamaytirishga ham haqli. (5-q.) Agar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi mazkur guruhdagi oʻzining ishtirok etish davrida yuridik shaxsni boʻlish yoʻli bilan yangidan tashkil etilgan boʻlsa, mazkur guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini tugatganidan keyin) bu ishtirokchi joriy soliq davrining soliq bazasini oʻzi huquqiy vorisi boʻlgan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlmagan bunday qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq davri yakunlari boʻyicha qayta tashkil etilgan soliq toʻlovchidan olingan zararlar summasiga (shu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda, ushbu Kodeksning 92-moddasini hisobga olgan holda kamaytirishga ham haqli. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling