Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Xedjirlash operatsiyasi boʻyicha


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

329-modda. Xedjirlash operatsiyasi boʻyicha 
soliq bazasini aniqlashning oʻziga 
xos xususiyatlari 
(1-q.)
Ushbu Kodeks 51-moddasining birinchi qismi talablari inobatga olingan holda 
xedjirlash operatsiyasi amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashda daromadlar (xarajatlar) 
hisobga olinadi, uni hisoblashda xedjirlash obyekti bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar 
hisobga olinadi. 
(2-q.)
Banklar soliq bazasini uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan va asos aktivi chet 
el valyutasidan iborat boʻlgan, yetkazib beriladigan muddatli bitimga doir operatsiyalar boʻyicha 
koʻrilgan zararning summasiga kamaytirishga haqli. 
(3-q.)
Asos aktivlari foizli stavkalardan iborat boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirishda, bunday vositalarning shartlarida nazarda 
tutilgan foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromadlarni (xarajatlarni) hisobga olish hisobot 
(soliq) davrining soʻnggida amalga oshirilmaydi. Bunda muddatli bitimlarning moliyaviy 
vositalariga doir tegishli operatsiyalar boʻyicha daromad (xarajat) deb, shu jumladan, foizli 
stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan va bunday operatsiyalarga doir shartnomaga 
muvofiq olinishi (toʻlanishi) lozim boʻlgan daromadlar (xarajatlar) eʼtirof etiladi. 
(4-q.)
Tegishli shartnomada nazarda tutilgan toʻlovlarning sanasi bunday operatsiyalar 
boʻyicha daromadlarni (xarajatlarni) eʼtirof etish sanasidir. 
330-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining 
ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar boʻyicha 
soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining barcha ishtirokchilari tomonidan 
olingan daromadlar boʻyicha soliq bazasi (bundan buyon ushbu moddada konsolidatsiyalashgan 
soliq bazasi deb yuritiladi) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining 
soliqqa tortish maqsadlarida hisobga olinadigan barcha daromadlarining va barcha xarajatlarining 
summalari asosida, ushbu moddada belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda aniqlanadi. 
Bu maqsadlar uchun ushbu guruhning har bir ishtirokchisi soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan 
guruhining masʼul ishtirokchisiga konsolidatsiyalashgan soliq bazasini hisoblab chiqarish uchun 


zarur boʻlgan barcha zarur axborotni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil 
etish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etadi. 
(2-q.)
Soliq bazasini aniqlash va soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul 
ishtirokchisiga zarur axborotni taqdim etish tartibi hisob siyosatida soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhiga soliq solish maqsadida belgilanadi.
(3-q.)
Konsolidatsiyalashgan soliq bazasining hisobot (soliq) davridagi hisob-kitobi ushbu 
moddaga muvofiq ushbu guruh barcha ishtirokchilarining maʼlumotlari asosida, soliq toʻlovchilar 
uyushgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan soliq davri boshlanganidan eʼtiboran oʻsib 
boruvchi yakun bilan mustaqil ravishda tuziladi. 
(4-q.)
Konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhining konsolidatsiyalashgan soliq 
bazasi konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining ushbu boʻlim qoidalari hisobga 
olingan xarajatlarining arifmetik summasiga kamaytirilgan daromadlarining arifmetik summasi 
sifatida aniqlanadi. Salbiy farq soliq toʻlovchilar uyushgan guruhining zarari deb eʼtirof etiladi. 
(5-q.)
Konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhi ishtirokchilarining daromadlarni 
toʻlash manbaida soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlari, shuningdek konsolidatsiyalashgan 
soliq toʻlovchilar guruhining nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining nazorat qiluvchi 
shaxslari boʻlgan ishtirokchilarining ular nazorat qiladigan chet el kompaniyalarining foydasi 
tarzidagi daromadlari konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydi. 
(6-q.)
Konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhining ishtirokchilari, ushbu 
Kodeksning 316-moddasiga muvofiq kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha 
zaxirani tovarlarni (xizmatlarni) ushbu guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilishga 
taalluqli qismi boʻyicha shakllantirmaydi. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibiga soliq toʻlovchi 
kirganda, kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha zaxira ushbu guruhning 
boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilingan tovarlarga (ishlarga) taalluqli boʻlgan zaxiralar 
summalariga oid qism boʻyicha tiklanadi. Bunda ushbu Kodeks 316-moddasining uchinchi 
qismiga muvofiq aniqlanadigan zaxiraning eng koʻp miqdoriga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish soliq 
toʻlovchi tomonidan kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha haqiqatda amalga 
oshirilgan xarajatlarning koʻrsatkichlarini aniqlashda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi ishtirokchilari oʻrtasidagi operatsiyalarni koʻrsatilgan tovarlarni (xizmatlarni) oʻtgan uch 
yilda realizatsiya qilishdan olingan tushum, shuningdek koʻrsatilgan tovarlarni (ishlarni) hisobot 
(soliq) davrida realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmida istisno etadi. 
(8-q.)
Soliq toʻlovchi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisiga 
aylangan soliq davri boshlanguniga qadar oʻtgan uch yilda tovarlarni (ishlarni) realizatsiya 
qilishdan olingan tushumning koʻrsatkichiga tuzatish kiritish amalga oshirilmaydi. Soliq toʻlovchi 
soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi aʼzosi boʻlgan soliq davrlarida bu koʻrsatkich 
mazkur tovarlarni (ishlarni) bunday guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilishdan 
olingan tushumni oʻz ichiga olmaydi. 
(9-q.)
Kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha tiklangan zaxiralarning 
summalari, shu jumladan zaxiraning eng koʻp miqdorini kamaytirish natijasidagi summalar soliq 
toʻlovchi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi aʼzosiga aylangan soliq davridan 
oldingi soliq davridagi jami daromad tarkibiga kiritiladi. 


(10-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi boʻlgan banklar 
soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilaridan birining bu guruhning boshqa 
ishtirokchilari oldidagi qarziga taalluqli qism boʻyicha ushbu Kodeksning 315-moddasiga 
muvofiq zaxirani shakllantirmaydi. Guruhga kirish chogʻida banklar zaxirani bu guruhning boshqa 
ishtirokchilariga tegishli boʻlgan qarzning summasiga tiklaydi. Tegishli summalar bank soliq 
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi aʼzosiga aylangan soliq davridan oldingi soliq 
davridagi jami daromad tarkibiga kiritiladi. 
(11-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ushbu guruh tarkibiga kirgan, 
soliq davridan oldingi soliq davrlarida ushbu boʻlimga muvofiq hisoblab chiqarilgan zararlarni 
koʻrgan aʼzolari konsolidatsiyalashgan soliq bazasini oʻzlari koʻrgan zararning butun summasiga 
yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga yoxud ushbu guruh tarkibiga kirgan soliq 
davridan eʼtiboran zararlarni ushbu Kodeksning 333-moddasida belgilangan tartibda kelgusiga 
oʻtkazishga haqli emas. 
(12-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi aʼzolarining ushbu guruh tarkibiga 
kirguniga qadar koʻrgan zararlarini (shu jumladan ushbu Kodeksning 302-moddasiga muvofiq 
xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar obyektlaridan foydalanganlik oqibatida koʻrilgan zararlarni) 
konsolidatsiyalashgan soliq bazasi bilan umumlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mazkur qoida soliq 
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibiga ushbu guruhning ishtirokchisiga qoʻshib 
olish yoki bunday guruhning ishtirokchisiga qoʻshib yuborish yoʻli bilan kirgan yuridik shaxslar 
koʻrgan zararlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. 
(13-q.)
Kodeksning ushbu boʻlimida nazarda tutilgan soliq solish maqsadida qabul 
qilinadigan xarajatlar normativlari soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining har bir 
ishtirokchisi tomonidan qoʻllaniladi. 
(14-q.)
Ushbu Kodeksda qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari 
boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun belgilangan qimmatli qogʻozlarga va muddatli bitimlarning 
moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos 
xususiyatlari soliq bazasini alohida aniqlashga, shuningdek soliq bazasini koʻrilgan zararlar 
summasiga kamaytirishga va zararlarni kelgusi davrga oʻtkazishga taalluqli qismi boʻyicha 
konsolidatsiyalashgan soliq bazasini hisoblab chiqarishda qoʻllaniladi. 
(15-q.)
Ushbu moddada belgilangan qoidalar faqat 337-moddaning 12-bandida belgilangan 
soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq bazasini aniqlashga, banklar uchun esa ushbu Kodeks 337-
moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq bazasini aniqlashga 
nisbatan tatbiq etiladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling