Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Qimmatli qogʻozlar qarziga doir


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

325-modda. Qimmatli qogʻozlar qarziga doir 
operatsiyalar chogʻida soliq solishning 
oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 53-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladigan 
qimmatli qogʻozlarga doir qarz operatsiyalari ishtirokchilariga soliq solish ushbu moddada 
belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(2-q.)
Qimmatli qogʻozlarni qarzga berish va qimmatli qogʻozlarni qarzdan qaytarib olish 
chogʻida soliq solish maqsadlarida moliyaviy natija aniqlanmaydi, bundan ushbu moddada 
belgilangan hollar mustasno. Bunda qarz shartnoma boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlarni sotib 
olish xarajatlari kreditor tomonidan mazkur qimmatli qogʻozlarni ushbu Kodeks qoidalarini 
hisobga olgan holda kelgusida (qarz qaytarilgandan keyin) realizatsiya qilish (chiqib ketishi) 
chogʻida hisobga olinadi. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchilar qimmatli qogʻozlar qarzi doirasida berilgan (olingan) qimmatli 
qogʻozlar boʻyicha alohida soliq hisobini yuritishi shart. Qimmatli qogʻozlar qarzi boʻyicha 
analitik hisob har bir taqdim etilgan (olingan) qarz boʻyicha yuritiladi.
(4-q.)
Qarz shartnomasiga koʻra, qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlovlar, agar ularni olishga 
boʻlgan huquq qarz shartnomasi amal qilishi davrida yuzaga kelgan boʻlsa, qarz oluvchining 
daromadlari deb eʼtirof etilmaydi va qarz beruvchining daromadlariga kiritiladi. 
(5-q.)
Foizli (kuponli) daromad kreditorning soliq bazasini ushbu boʻlimda belgilangan 
tartibda hisob-kitob qilishda hisobga olinadi va qarz oluvchining qarz obyekti boʻlgan qimmatli 
qogʻozlar boʻyicha foizli (kuponli) daromadi boʻyicha soliq bazasini aniqlash chogʻida hisobga 
olinmaydi. 
(6-q.)
Agar qimmatli qogʻozlarga doir qarz shartnomasi norezident (kreditor) va Oʻzbekiston 
Respublikasining soliq rezidenti boʻlgan yuridik shaxs (qarz oluvchi) oʻrtasida tuzilgan boʻlsa 
hamda qimmatli qogʻozlarga doir qarz shartnomasining amal qilish davrida qimmatli qogʻozlar 
boʻyicha foizli (diskont) daromad toʻlansa yoki qarz predmeti boʻlgan aksiyalar (dividendlar olish 
huquqini beradigan depozitar tilxatlar) boʻyicha dividendlar toʻlansa, bunday qarz oluvchi foizli 
(diskont) daromadga yoki dividendlar tarzidagi daromadlarga nisbatan soliq agenti deb eʼtirof 
etiladi. 
(7-q.)
Kreditor tomonidan qimmatli qogʻozlarga doir qarz shartnomasi boʻyicha olinishi 
lozim boʻlgan foizlar uning ushbu boʻlimga muvofiq hisobga olinadigan daromadi deb eʼtirof 
etiladi. 
(8-q.)
Qarz oluvchi tomonidan qimmatli qogʻozlarga doir qarz shartnomasi boʻyicha 
toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar uning ushbu boʻlimga muvofiq hisobga olinadigan xarajatlari deb 
eʼtirof etiladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling