46-BOB. SOLIQ BAZASIGA TUZATISH KIRITISH
332-modda. Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish
333-modda. Zararlarni kelgusiga oʻtkazish
334-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni oʻtkazish
335-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan
guruhi boʻyicha zararlarni oʻtkazish
336-modda. Operatsiyalarning ayrim turlari boʻyicha
zararlarni oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari
332-modda. Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish
(1-q.)
Hisobot soliq davridagi daromad (xarajatlar) miqdorining soliq bazasini aniqlashda
ilgari daromad (xarajat) deb eʼtirof etilgan summa doirasida koʻpayishi yoki kamayishi tuzatish
kiritish deb eʼtirof etiladi.
(2-q.)
Daromadlar va xarajatlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim:
1) tovarlar, shuningdek sugʻurtalanuvchiga sugʻurta mukofoti toʻliq yoki qisman
qaytarilganda;
2) bitim shartlari oʻzgartirilganda;
3) narxlar oʻzgartirilganda, sotib oluvchi tomonidan chegirmadan foydalanilganda;
4) koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
(3-q.)
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlarga
tuzatish kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha - kafolat muddati doirasida;
sugʻurta mukofotlari boʻyicha - shartnomani bekor qilish paytida;
boshqa hollarda - bir yillik muddat doirasida.
(4-q.)
Ushbu moddaga muvofiq daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish mazkur
moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida
amalga oshiriladi. Bunda tovarni (xizmatni) sotuvchi ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda
tutilgan tartibda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadga tuzatish kiritadi.
(5-q.)
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda daromadlar va
xarajatlarga tuzatish kiritish mazkur hollar sodir boʻlgan soliq davrida amalga oshiriladi.
(6-q.)
Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish soliq toʻlovchi soliq solishning
umumbelgilangan tartibiga oʻtgan taqdirda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritilayotgan
daromadlar boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash hollari mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |