Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

342-modda. Soliqni hisobga olish 
(1-q.)
Chet davlatning qonunchiligiga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomasiga muvofiq haqiqatda toʻlangan (ushlab qolingan) foyda soligʻining summasi yoki 
ushbu chet davlatda olingan daromadlardan olinadigan aynan oʻxshash turdagi soliq Oʻzbekiston 
Respublikasida foyda soligʻini toʻlash hisobidan soliq toʻlovchida ushbu moddada belgilangan 
tartibda va miqdorlarda hisobga olinishi lozim. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi qism) 
(2-q.)
Foyda soligʻi summasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi 
manbalardan olingan daromadlardan olinadigan aynan oʻxshash turdagi soliqni hisobga olish bir 
vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinishi lozim boʻlgan daromad boʻyicha; 
2) Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnoma mavjud boʻlganda; 
3) bunday soliq toʻlanganligini (ushlab qolinganligini) tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlganda. 
(3-q.) 
Foyda soligʻining yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan (ushlab 
qolingan), aynan oʻxshash turdagi soliq hisobga olinadigan summasining miqdori soliq toʻlovchi 
koʻrsatilgan daromad olinishi lozim boʻlgan (olingan) soliq davri uchun toʻlashi lozim boʻlgan 
foyda soligʻi summasidan oshib ketishi mumkin emas. 
(4-q.)
Chet davlat vakolatli organining maʼlumotnomasi yoki soliq Oʻzbekiston 
Respublikasi hududidan tashqarida toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat Oʻzbekiston 
Respublikasi hududidan tashqarida foyda soligʻi yoki aynan oʻxshash turdagi soliq toʻlanganligini 
(ushlab qolinganligini) tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 
(5-q.)
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar chet tilida tuzilgan 
boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilidagi tarjimasi mavjud boʻlishi shart. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling