Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

47-BOB. SOLIQ STAVKALARI. SOLIQNI 
HISOBLAB CHIQARISH VA TOʻLASH TARTIBI 
337-modda. Soliq stavkalari 
338-modda. Soliq davri. Hisobot davri 
339-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va 
soliq hisobotini taqdim etish tartibi 
340-modda. Soliqni toʻlash tartibi 
341-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini 
taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
342-modda. Soliqni hisobga olish 
337-modda. Soliq stavkalari 
(1-q.)
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 

Soliq toʻlovchilar 

Soliq 
stavkalari, 
foizlarda 


Banklar 


20 

Quyidagi soliq toʻlovchilar: 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga 
muvofiq ikkinchi xatboshi chiqarib 
tashlangan 
20 


sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi; 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari 
ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin 
polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi; 
faoliyatining asosiy turi mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishdan iborat boʻlgan 

Oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan 
foyda boʻyicha ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob 
beruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xoʻjaligi korxonalari 


Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar 


Qoʻshimcha manbalardan daromadlar oluvchi budjet tashkilotlari 


Tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda 


Bozor va savdo komplekslarida xizmat koʻrsatishdan olingan foyda 
20 

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq 
toʻlovchilar 
7,5 
(OʻzR 05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 

Yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari boʻlgan va 
umumiy xodimlar sonida nogironligi boʻlgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan 
va nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasi mehnatga haq 
toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan soliq toʻlovchilar 

10 
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib 
boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanishdan olinadigan 
daromadlar 

11 
Dividendlar tarzidagi daromadlar 

12 
Qolgan soliq toʻlovchilar, bundan 1-11-bandlarda koʻrsatilganlar mustasno 
15 
(2-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar faoliyatning 
barcha turlari boʻyicha belgilangan soliq stavkasini qoʻllaydi. 
(3-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar, agar oʻzi 
ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari jami 
daromadning 90 foizdan koʻprogʻini tashkil etsa, faoliyatning barcha turlari boʻyicha 0 foiz 
miqdorida soliq stavkasini qoʻllashga haqlidir.
(4-q.)
Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 59-
moddasida belgilangan mezonlarga rioya etmagan taqdirda, mazkur shartlarga rioya etmaganlik 
roʻy bergan soliq davrining boshlanishidan eʼtiboran ushbu modda birinchi qismining 12-bandida 
belgilangan soliq stavkasini ilgari oʻtgan soliq davrlari uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotini 
taqdim etgan holda qoʻllaydi. 
(5-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 8-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar, agar 
koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri 
yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 90 foizini tashkil etsa, 7,5 foiz miqdoridagi soliq 
stavkasini qoʻllashga haqli. 


(6-q.)
Qoʻshimcha manbalardan daromad oluvchi budjet tashkilotlari, basharti 
boʻshatilayotgan mablagʻlardan qonunchilikda belgilangan tartibda budjet tashkilotlarining 
moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, oʻz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish 
uchun maqsadli tarzda foydalansa, 2024-yilning 1-yanvariga qadar 0 foiz miqdoridagi soliq 
stavkasini qoʻllaydi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi 
tahririga qarang) 
(7-q.)
Oʻzida ishlovchilarning umumiy oʻrtacha yillik sonining 3 foizidan koʻprogʻi 
nogironligi boʻlgan shaxslarni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi ushbu 
moddada belgilangan normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning 
har bir foiziga soliq stavkasining bir foizi hisobidan kamaytiriladi. 
(OʻzR 17.05.2022-y. OʻRQ-
770-son Qonuni tahriridagi qism) 
(8-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan 0 darajali foiz 
miqdoridagi soliq stavkasini soliq toʻlovchilar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan 
olinadigan daromadlar qismida qoʻllaydi, bundan faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga 
oshiruvchi norezidentlarga koʻrsatiladigan xizmatlar mustasno. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-
son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
Sakkizinchi qismning qoidalari OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-noyabrdan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi 
(9-q.)
Tovarlar eksport qilinganda, shu jumladan tovar vositachi (ishonchli vakil) orqali 
realizatsiya qilinganda, 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasi soliq toʻlovchilar tomonidan, 
ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tovarlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar 
mavjud boʻlganda, qoʻllaniladi. 
(10-q.)
Tovarlar eksport qilinganda, 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasi soliq 
toʻlovchilar tomonidan, tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar 
(xizmatlar) eksportga chiqarilgan kundan eʼtiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida kelib 
tushmagan taqdirda, qoʻllanilmaydi. 
(11-q.)
Quyidagilar ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini 
50 foizga pasaytirishga haqli: 
2022-yil 1-sentyabrdan keyin ilk marotaba soliq toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan 
soliq toʻlovchilar - soliq toʻlovchi soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida, 
basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq davrida soliq toʻlovchining jami 
daromadi oʻn milliard soʻmdan oshmasa; 
2022-yil 1-sentyabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta oʻn 
milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar -joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida, 
basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq davrlarida jami daromadi yuz milliard 
soʻmdan oshmasa.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
(12-q.)
Bunda ushbu modda oʻn birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan soliq 
toʻlovchilar soliq bazasini jami daromadning 25 foizi miqdorida soddalashtirilgan tartibda 
aniqlashga haqli. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
(13-q.)
Ushbu moddaning oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasi 
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz soligʻini toʻlovchilarga nisbatan, shuningdek 


soliq toʻlovchi tugatilgan hollarda va (yoki) berilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun 
ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlangan taqdirda, tatbiq 
etilmaydi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari 
oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi qismlar deb hisoblansin 
(14-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 6-bandi qoidalari quyidagilarga nisbatan tatbiq 
etilmaydi: 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
1) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan xom ashyo 
tovarlar eksportiga; 
2) xalqaro tashishlar xizmatlariga, bundan avtotransportda tashishlar mustasno; 
3) tovarlarni quvurlar orqali va gaz quvurlari orqali tashish boʻyicha xizmatlarga. 
(15-q.)
Foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan ayrim soliq 
toʻlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan oshirilgan soliq stavkalari 
belgilanishi mumkin. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling