Pnevmatik ijrochi qurilmaning dinamik xususiyatlari


Download 136.46 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi136.46 Kb.
#1371118
  1   2   3
Bog'liq
PNEVMATIK IJROCHI QURILMANING DINAMIK XUSUSIYATLARI


PNEVMATIK IJROCHI QURILMANING DINAMIK XUSUSIYATLARI

  1. Umumiy tushunchalar.

  2. Pnevmatik ijro etuvchi mexanizmlar

  3. Pnevmatik va gidravlik ijrochi kurilmalar.

Ijro etuvchi qurilmalar har qanday avtomatik rostlash sistemasining ajralmas qismi bӯlib hisoblanib 2 qismdan: ijro etuvchi mexanizm (uzatma) va rostlovchi organdan tuzilgan..


Ijro etuvchi mexanizm rostlovchi qurilmadan kelayotgan signalni rostlovchi organni proporsional harakatiga aylantiradi. Rostlovchi organ harakati bilan modda va energiyani kelish hamda sarfini ӯzgartira borib, bevosita rostlanuvchi ob’yektga ta’sir qiladi.
Ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organni uzatmasi bӯlib hisoblanib, uni xossasi ӯtish jarayonining sifatiga ta’sir qiladi.
Ijro etuvchi mexanizmlar servodvigatelli yoki servomotorli bӯladi. Ishlatiladigan energiya manbaini turiga kӯra ijro etuvchi mexanizmlar quyidagilarga bӯlinadi.
1) Elektrik ijro etuvchi mexanizmlar
2) Pnevmatik ijro etuvchi mexanizmlar
3) Gidravli ijro etuvchi mexanizmlar
Pnevmatik ijro etuvchi mexanizmlar
Pnevmatik ijro etuvchi mexanizmlar pnevmatik rostlagichlar bilan birga ishlab, membranali va porshenli turlariga bӯlinadi.
Membranali ijro etuvchi mexanizm - bu membranali bӯshliqdagi ishchi muhitning bosimi kӯchirma kuchni bir tomonga yӯnaltiradigan ijro etuvchi mexanizmdir.
1-rasmda bevosita harakatli memrana - prujanali ijro etuvchi mexanizmni prinsipial sxemasi kӯrsatilgan.

1-rasm. Bevosita harakatli membrana prujinali ijro etuvchi mexanizmning prinsipial sxemasi.
Mexanizm elastik membrana 4 dan tashkil topgan bӯlib, yuqori va pastki qopqoqlar 2, 6 ӯrtasida joylashgan.
Membrana ostida uning qattiq markazini tashkil etuvchi metall disk 3 joylashgan. Disk 3 silindrik prujina 8 tayanadigan stakan 5 bilan qotiriladi. Prujinaning pastki uchi sharikli podshipnik bilan tayanch 9 ga ta’sir qilib, gayka 14 yordamida prujina qisilishini osonlashtiradi. Stakan 5 ning markaziga 7 shtok qotirilgan. Mexanizm rostlash organining korpusiga qotirish uchun kranshteyn 11 quyilgan. Shtok 7 ni harakatini aniqlash uchun disk 12 va shkala 10 xizmat qiladi. Rostlovchi organni shtok bilan bog‘langan qopqoq 21 orqali shtok 7 gayka 13 yordamida membrananing ustiga boshqaruvchi qurilma yoki rostlagichning kuchaytirgichidan siqilgan havo beriladi. Membrana ostidagi kamera atmosfera bilan bog‘langan. Ijro etuvchi mexanizmda membrana ustki kamerasiga keluvchi siqilgan havo harakatga ӯzgartirilib, prujina 8 qisilishi natijasida shtok 7 chiziqli harakatlanadi.
Membrana usti kamerasida havo bӯlmasa, prujina 8 membrana 4 ni yuqori qopqoq 2 ga qisadi. Bu vaqtda shtok 7 chetki holatini egallaydi.
Agar kameradagi bosim atmosfera bosimidan katta bӯlsa, unda membrana 4 va uning qattiq markaziga ta’sir qiladigan kuch prujinani qisadi va uning teskari ta’siri qӯzg‘aluvchi sistemani ta’siriga qiymat jihatdan teng bӯlgunga qadar harakatlantiradi. havoning bosimi 98 kPa bӯlsa prujinani siqilishi maksimal bӯlib, shtok pastki chetki holatini egallaydi.
Kamerada havoning bosimi kamaysa, siqilgan prujinaning teskari ta’siri membranadagi havoning bosimidan katta bӯladi. Prujina kengayib ӯzining oxirgi uchi bilan mexanizmning qӯzg‘aluvchi sistemasini muvozanat holat hosil qilgunga qadar suradi.
Tanishilgan membrana – prujinali mexanizm klapan turdagi rostlovchi organlar bilan ishlaydi.
Porshenli ijro etuvchi mexanizmlarda porshenli bӯshliqdagi ishchi muhitning bosimi kӯchirma kuch yordamida hosil bӯladi. Porshenli ijro etuvchi mexanizmlar boshqalaridan rostlash organini katta miqdorda harakatlantira olishi bilan farq qiladi. Konstruksiyasi jihatidan porshenli ijro etuvchi mexanizmlar bir va ikki tomonlama harakatli silindrli bӯladi.
Ijrochi qurilmalarni vazifasi-boshqarish signallarini datchiklardan, mabodo ularni quvvati yetarli bo‘lmagan taqdirda esa kuchaytirgichlardan olib, texnologik ob’yektlardagi rost lovchi organlari bo‘lmish tutqichlar, qopqoqlar, jumraklar, aylanuvchi yopkichlar, to‘siqlarga boshqarish qonuniga muvofiq ta’sir ko‘rsatishdir. Qo‘llaniladigan energiya turiga qarab ijrochi qurilmalar elektrik, mexanik, pnevmatik va gidravlik bo‘ladi.
Avtomatika sistemalarida qo‘llaniladigan ijrochi qurilmalarni ko‘pincha servo dvigatel deb xam atashadi. Ijrochi qurilmalarga qo‘yiladigan asosiy talablar kuyidagilar dan iborat: yuqori ishonchlilik, ishga tushish tezligini yuqoriligi, foydali koeffisiyentini yuqori bo‘lishi, narxining arzonligi, ixchamligi, yengilligi va boshqalar.

Download 136.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling