Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
397-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi
deklaratsiyani taqdim etish tartibi (1-q.) Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning 393-moddasida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etadi. (2-q.) Deklaratsiya qilinishi shart boʻlmagan daromadlarni olgan soliq toʻlovchilar doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. (3-q.) Har qanday ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisida turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga qaytgan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay doimiy yashash joyidagi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olgan daromadlari boʻyicha jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish mezonlariga muvofiq kelmagan davr uchun soliq toʻlanmaydi. (4-q.) Grant olgan soliq toʻlovchi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant boʻyicha olingan daromad summasini, soliq miqdorini koʻrsatadi, shuningdek vakolatli organning tegishli xulosasini ilova qiladi. (5-q.) Mol-mulkini ijaraga berishdan toʻlov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan soliq toʻlovchilar, shuningdek ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan va jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlaydigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi: 1) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq toʻlovchilar - ijaradan daromadlar paydo boʻlgan kundan eʼtiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kun muddatda; 2) ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan, jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni toʻlaydigan jismoniy shaxslar - joriy yilning 1-fevralidan kechiktirmay. Yangi roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari - tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi. (6-q.) Koʻchmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilayotganda dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi. (7-q.) Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda soliq toʻlovchi doimiy yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi. (8-q.) Joriy yilning 1-apreliga qadar Oʻzbekiston Respublikasining rezidentiga aylangan chet ellik jismoniy shaxs oldingi soliq davri uchun jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya topshiradi. (9-q.) Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs ushbu bobda belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan davrda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya bu jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs joriy yilning 1-fevraliga qadar chet elga doimiy yashashga chiqib ketsa, joriy yil uchun daromadlar boʻyicha deklaratsiya taqdim etilmaydi. (10-q.) Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan va taqdim etish tartibi ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida belgilangan soliqni toʻlash deklaratsiya taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kun ichida amalga oshiriladi. (11-q.) Agar soliq toʻlovchi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmagan boʻlsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan va (yoki) soliq toʻlovchi tomonidan jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning oʻzgarganligi haqidagi arizani ushbu Kodeks 396-moddasining oltinchi qismida belgilangan muddatlarda taqdim etmagan taqdirda, soliq organi soliq summasini oʻzidagi mavjud axborot asosida hisoblashga va toʻlanishi lozim boʻlgan, hisoblangan soliq summasi toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga oʻn kunlik muddatda toʻlov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq toʻlovchi tomonidan jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya yoki toʻgʻrilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, soliqning yakuniy summasi ushbu deklaratsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling