Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
454-4-modda. Soliq bazasi
(1-q.) Renta daromadining summasi soliq bazasi hisoblanadi, renta zarari mavjud boʻlganda esa soliq bazasi nolga teng deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Soliq bazasi ushbu Kodeksning 454-3-moddasida oʻziga nisbatan renta daromadini aniqlash nazarda tutilgan yer qaʼrining har bir litsenziyalangan uchastkasi (litsenziyalangan uchastkalar guruhi) boʻyicha alohida hisoblab chiqariladi. (3-q.) Soliq bazasi soliq davri boshlanganidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. (4-q.) Metallarni va uglevodorod xomashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq bazasini AQSH dollarida aniqlash huquqiga ega. (5-q.) Agar birinchi soliq davri yakunlariga koʻra renta zarari olingan boʻlsa, soliq toʻlovchi bunday zarar miqdorini keyinchalik "jamgʻarilgan renta zarari" maxsus hisobvaragʻida AQSH dollarida, ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilanadigan valyutaning oʻrtacha yillik almashuv kursi boʻyicha hisobga olishga haqli. Bunda har bir keyingi soliq davrida ushbu hisobvaraqda hisobga olinadigan summa joriy yilning 31-dekabr holatiga koʻra AQSH dollarida nominatsiya qilingan, 2 foizlik punktga oshirilgan, toʻlanish muddati oʻn yil (2031-yilgacha) boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarining daromadliligidan kelib chiqib aniqlanadigan koeffitsiyentga oshiriladi. (6-q.) Soliq davri uchun oʻrtacha yillik kurs soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy soliq davrida 1-yanvar va 31-dekabr uchun belgilangan kurslarini qoʻshish chogʻida olingan summani 2 ga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. (7-q.) Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan kundan eʼtiboran boshlanadigan soliq davri soliq toʻlovchi litsenziyalangan muayyan uchastkaga (litsenziyalangan uchastkalar guruhiga) nisbatan soliq bazasini aniqlashi shart boʻlgan birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. Agar bunda koʻrsatilgan ruxsatnoma (litsenziya) 1-iyuldan keyin olingan boʻlsa, metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanadan keyingi kalendar yilning 31-dekabriga qadar boʻlgan vaqt ushbu litsenziyalangan uchastkaga nisbatan birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. (8-q.) Soliq toʻlovchi tarixiy xarajatlarni birinchi soliq davrining xarajatlariga kiritishga haqli. (9-q.) Soliq toʻlovchi tomonidan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanaga qadar haqiqatda amalga oshirilgan va tegishli litsenziyalangan uchastka bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar tarixiy xarajatlar jumlasiga kiradi: 1) geologik oʻrganish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishga va (yoki) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishga, shuningdek metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqini olishga; 2) yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishga; 3) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun tayyorgarlik ishlariga. (10-q.) Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlarni amalga oshirish sanasi buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq belgilanadi. (11-q.) Agar yaratish (olish) xarajatlari kapital xarajatlar tarkibida hisobga olingan aktivlardan keyinchalik metallni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olishga (ajratib olishga) doir ishlab chiqarish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanilmasa, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan koeffitsiyent ularni olish xarajatlariga nisbatan qoʻllanilmaydi. (12-q.) Agar soliq davri yakunlari boʻyicha renta daromadi olingan boʻlsa, soliq bazasi jamgʻarilgan renta zarari summasiga kamaytiriladi, renta daromadi jamgʻarilgan renta zararining toʻliq summasi oʻrnini qoplash uchun yetarli boʻlmaganda esa - renta daromadi summasiga kamaytiriladi. Bunda jamgʻarilgan renta zarari summasi renta daromadini kamaytirishga qaratilgan summaga kamaytiriladi. (13-q.) Soliq davri renta daromadi bilan tugaganidan keyin soliq toʻlovchi kapital xarajatlarni amalga oshirgan va hisobot soliq davri yakunlari boʻyicha renta zararini olgan hollarda, bu zarar "jamgʻarilgan renta zarari" maxsus hisobvaragʻiga kiritiladi va unga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi. (14-q.) Ushbu moddaning oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda keyingi soliq davrida "jamgʻarilgan renta zarari" hisobvaragʻida hisobga olinadigan summa ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan miqdorda koeffitsiyent bilan ham indeksatsiya qilinadi. (15-q.) Agar jamgʻarilgan renta zarari toʻlanganidan va renta daromadi shakllanganidan keyin soliq toʻlovchida yangidan renta zarari yuzaga kelsa, koʻrsatilgan zararning oʻrni mazkur moddaning oʻn ikkinchi - oʻn toʻrtinchi qismlarida belgilangan tartibga oʻxshash tartibda qoplanadi. (16-q.) Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi bir yuridik shaxsdan boshqasiga oʻtkazilganda, sotilgan sanada birinchi yuridik shaxsda mavjud boʻlgan renta zararining qoldigʻi ushbu moddaning beshinchi qismida aniqlanadigan koeffitsiyent hisobga olingan holda ikkinchi yuridik shaxsga oʻtadi. (17-q.) Metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnomaning (litsenziyaning) amal qilish davrida oʻrni qoplanmagan jamgʻarilgan renta zarari soliq toʻlovchiga kompensatsiya qilinmaydi. (18-q.) Soliq toʻlovchi renta daromadiga (renta zarariga) tegishli xarajatlari va daromadlarining hisobini yuritishi hamda ular boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishi, shuningdek majburiy auditdan oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda har yili mazkur xarajatlar va daromadlarning auditini amalga oshirishi shart. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling