Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 457-modda. Soliq solish obyekti
- 458-modda. Soliq bazasi
- 459-modda. Soliq imtiyozlari
456-modda. Soliq toʻlovchilari
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda) (Oldingi tahririga qarang) (1-q.) Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar ushbu vositalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimning soliq toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish korxonalari hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomaga ega boʻlgan yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning soliq toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi. 457-modda. Soliq solish obyekti (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda) (Oldingi tahririga qarang) Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti yigʻimlarning soliq solish obyektidir. 458-modda. Soliq bazasi (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi modda) (Oldingi tahririga qarang) Chet davlatlarning avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirayotganda va uning hududi orqali tranzit oʻtayotganda soliq bazasi hisoblanadi. OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq 459-modda chiqarib tashlangan 459-modda. Soliq imtiyozlari Avtotransport vositalarini sotib olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʻimni toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi: 1) ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qoʻl bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani sotib oluvchi barcha guruhlardagi nogironligi boʻlgan shaxslar; 2) yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar; 3) faoliyatining asosiy turi yoʻlovchilar tashish boʻlgan, qonunchilikka muvofiq yoʻlovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega boʻlgan avtomobil transporti korxonalari - yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari boʻyicha (yengil avtomobillar va yoʻnalishli taksilardan tashqari); (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 4) yuridik shaxslar - qirq tonnadan ortiq yuk koʻtaradigan, sotib olingan kon avtosamosvallari boʻyicha; 5) homiylik (begʻaraz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek budjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari; 6) yuridik shaxslar - avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul oʻtkazish chogʻida; 7) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris; 8) avtotransport vositalarini ushbu moddaning 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar; 9) faqat elektr dvigatel orqali harakatga keltiriladigan avtomototransport vositalarini sotib oluvchi va (yoki) ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirishni amalga oshiruvchi shaxslar. (OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling