Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
67-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan
guruhi masʼul ishtirokchisining huquqlari va majburiyatlari (1-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlardan tashqari, ushbu moddada belgilangan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. (2-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati munosabati bilan yuzaga keladigan munosabatlarda foyda soligʻini toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. (3-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega: 1) soliq organlariga va ularning mansabdor shaxslariga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab chiqarish va toʻlash yuzasidan har qanday tushuntirishlarni taqdim etish; 2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi toʻlanishi munosabati bilan bunday guruhning istalgan ishtirokchisi va uning alohida boʻlinmalari joylashgan yerda oʻtkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlari hamda soliq auditi oʻtkazilayotganda ishtirok etish; 3) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi toʻlanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlari hujjatlarining va soliq tekshiruvlarining natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan chiqarilgan qarorlarning koʻchirma nusxalarini olish. Shuningdek foyda soligʻini (boʻnak toʻlovlarini) toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomalarni hamda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyati bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni olish; 4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlash munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati qoʻshimcha tadbirlarining materiallari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish; 5) soliq organlaridan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olish; 6) soliq organlarining va boshqa vakolatli organlarning hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, shu jumladan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini hisoblab chiqarishda ular tomonidan majburiyatlarning bajarilishi (huquqlarning amalga oshirilishi) munosabati bilan soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ayrim ishtirokchilari manfaatlarini koʻzlab belgilangan tartibda shikoyat qilish; 7) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha ortiqcha toʻlangan foyda soligʻini hisobga olish (qaytarish) toʻgʻrisidagi ariza bilan soliq organiga murojaat etish. (4-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi: 1) soliq organiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazish uchun soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani, ushbu shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi qarorni yoki bildirish xatini taqdim etishi; 2) ushbu Kodeksning XII boʻlimida belgilangan tartibda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha soliq hisobini yuritishi, foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab chiqarishi va toʻlashi; 3) soliq organiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini, shuningdek mazkur guruhning boshqa ishtirokchilaridan olingan hujjatlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi; 4) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati tugatilgan taqdirda, ushbu guruh ishtirokchilariga foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab chiqarish va toʻlash hamda tegishli hisobot hamda soliq davrlari uchun soliq hisobotini tuzish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda taqdim etishi. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs chiqib ketganda bunday maʼlumotlar ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning boshqa ishtirokchilariga va konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan yuridik shaxslarga xuddi shunday tartibda taqdim etiladi; 5) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlovchining majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga keladigan soliq qarzini uzishi; 6) soliqlarni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma olinganligi haqida u olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarini xabardor qilishi; 7) soliq organlari tomonidan soliq nazorati amalga oshirilishi hamda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlovchining majburiyatlari bajarilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, izohlarni va boshqa axborotni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilaridan talab qilib olishi; 8) ushbu konsolidatsiyalashgan guruhni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazgan soliq organi tomonidan soliq nazorati tadbirlari doirasida talab qilingan, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha boshlangʻich hujjatlarni, soliq hisobi registrlarini va boshqa axborotni taqdim etishi shart. (5-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs chiqib ketgan taqdirda shu konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisi: 1) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining foyda soligʻi boʻyicha yuridik shaxslar konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan soliq davri boshlanishidan soliq hisobiga tegishli oʻzgartishlar kiritishi; 2) tugagan hisobot davrlari boʻyicha foyda soligʻi yuzasidan boʻnak va joriy toʻlovlarni qaytadan hisoblashni amalga oshirishi va hisobda turgan joyidagi soliq organiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga doir aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart. (6-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi oʻziga berilgan vakolatlar doirasida soliq toʻlovchining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqlariga ega boʻladi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling