Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
68-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan
guruhi faoliyatini tugatish (1-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi quyidagi holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlgan taqdirda faoliyatini tugatadi: 1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati tugaganda; 2) taraflarning kelishuviga koʻra soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinganda; 3) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirganda; 4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani uning ishtirokchilari tarkibi oʻzgarishi munosabati bilan oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim belgilangan muddatlarda soliq organiga taqdim etilmaganda; 5) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi qayta tashkil etilganda (bundan qayta oʻzgartirish mustasno) yoki tugatilganda; 6) qonunchilikka muvofiq soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga nisbatan nochorlik (bankrotlik) toʻgʻrisida ish yuritish qoʻzgʻatilganda; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 7) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelmaganda; 8) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga majburiy oʻzgartishlarni kiritishdan boʻyin tovlaganda. (2-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) ushbu Kodeks 62- moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan shartlarning buzilishiga olib kelmaydigan xarid qilish yoki sotish soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyatini tugatishga sabab boʻlmaydi. (3-q.) Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan holat mavjud boʻlganda, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu guruhni tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazgan soliq organiga uning faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi, konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari boʻlgan barcha yuridik shaxslarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan qarorni yuborishi shart. Bunday qaror koʻrsatilgan soliq organiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yuboriladi. (4-q.) Ushbu modda birinchi qismining 1, 3-7-bandlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu guruhni tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazgan soliq organiga bunday holatlar yuzaga kelgan sanani koʻrsatgan holda bildirish xati yuborishi shart. Bunday bildirish ixtiyoriy shaklda tuziladi va mazkur soliq organiga tegishli holat yuzaga kelgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yuboriladi. (5-q.) Soliq organi ushbu moddaning uchinchi yoki toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar olingan sanadan eʼtiboran besh kun ichida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyati tugatilganligi haqidagi axborotni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslar joylashgan yerdagi soliq organlariga yuboradi. (6-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan yildan keyingi kalendar yilning birinchi kunidan eʼtiboran faoliyatini tugatadi. (7-q.) Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi foyda soligʻi boʻyicha sudning koʻrsatilgan qarori qonuniy kuchga kirgan soliq davrining birinchi kunidan eʼtiboran faoliyatini tugatadi. (8-q.) Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi foyda soligʻi boʻyicha ushbu Kodeksning 65-moddasida belgilangan shart qaysi soliq davrida buzilgan boʻlsa, oʻsha soliq davrining birinchi kunidan eʼtiboran faoliyatini tugatadi. (9-q.) Ushbu modda birinchi qismining 5, 6 yoki 7-bandlarida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tegishli holat yuzaga kelgan kalendar yilning birinchi kunidan eʼtiboran faoliyatini tugatadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling