Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
foydasini soliq solishda hisobga olish tartibi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
foydasini soliq solishda hisobga olish tartibi
(1-q.) Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu Kodeksning XI boʻlimiga muvofiq hisob-kitob qilingan foydasi (zarari) summasi ushbu Kodeksning maqsadida mazkur kompaniyaning foydasi (zarari) deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini hisoblab chiqarishda ushbu Kodeksning XI boʻlimida nazarda tutilgan, xususan, ushbu chet el kompaniyasi doimiy joylashgan davlat (hudud) bilan xalqaro bitim mavjudligidan kelib chiqadigan xususiyatlar hisobga olinadi. (3-q.) Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi bunday kompaniya mansub boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq moliyaviy hisobot tuziladigan yildan keyingi kalendar yilda ushbu chet el kompaniyasi tomonidan toʻlangan dividendlar miqdoriga, ushbu moliyaviy hisobot tuziladigan moliyaviy yil davomida toʻlangan oraliq dividendlar hisobga olingan holda kamayadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisoboti u mansub boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq tuzilmasa, ushbu band maqsadida kalendar yil qoʻllaniladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (5-q.) Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari toʻlov manbai boʻlgan dividendlar tarzidagi daromadlar, agar ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini nazorat qiladigan shaxs bunday daromadlarga nisbatan haqiqatda huquqqa ega boʻlsa va bunday daromadlar hisobidan soliq toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa yoxud ularni ushbu Kodeksga muvofiq mustaqil ravishda toʻlagan boʻlsa, hisobga olinmaydi. (6-q.) Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasi boʻlsa, uning foydasi ushbu chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari va (yoki) uning taʼsis hujjatlariga muvofiq benefitsiarlar deb eʼtirof etilgan boshqa shunday shaxslar foydasiga taqsimlangan foyda miqdoriga kamayadi. (7-q.) Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan taqsimlanmagan foydasi, ushbu kompaniyani nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etiladigan soliq toʻlovchi tomonidan olingan daromadlarga tenglashtiriladi. Bunday daromadlar nazorat qiluvchi shaxslarda nazorat qiluvchi shaxs yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligiga bogʻliq ravishda foyda soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda inobatga olinadi. (8-q.) Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining taqsimlanmagan foydasi nazorat qiluvchi shaxsda soliq bazasini aniqlashda nazorat qiluvchi shaxsning ushbu kompaniyada foydani taqsimlash haqidagi qaror qabul qilingan sanadagi holatga koʻra ishtirok etishi ulushiga muvofiq boʻlgan ulushda hisobga olinadi. (9-q.) Agar foydani taqsimlash haqidagi qaror bunday kompaniya mansub boʻlgan davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davr oxiriga toʻgʻri keladigan yilning 31-dekabriga qadar qabul qilinmagan boʻlsa, mazkur foyda nazorat qiluvchi shaxsning tegishli davrning oxiridagi ishtirok etishi ulushiga toʻgʻri keladigan ulushda hisobga olinadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (10-q.) Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydadagi ulushini mazkur usulda aniqlash imkoni boʻlmasa, uning foydasi nazorat qiluvchi shaxsda soliq bazasini aniqlashda haqiqatda shunday foydaga (daromadga) doir huquqqa ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida ushbu foyda taqsimlangan taqdirda u huquqqa ega boʻlgan (ega boʻladigan) foyda summasidan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. (11-q.) Agar nazorat qiluvchi shaxs nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida uning nazorat qiluvchi shaxslari boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan eʼtirof etiladigan yuridik shaxslar orqali bilvosita ishtirok etsa, u holda ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining mazkur nazorat qiluvchi shaxsda hisobga olinadigan foydasi boshqa nazorat qiluvchi shaxslarda hisobga olinishi lozim boʻlgan foyda summasiga kamayadi. Bunday kamaytirish mazkur nazorat qiluvchi shaxsning bilvosita ishtiroki nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida qaysi yuridik shaxs orqali amalga oshirilayotgan boʻlsa, nazorat qiluvchi shaxsning ana shu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushiga mutanosib ulushda amalga oshiriladi. (12-q.) Agar bunda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinishi lozim boʻlgan foydasining summasi nolga teng boʻlsa, soliq toʻlovchi uni foyda soligʻi (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi) boʻyicha soliq deklaratsiyasida aks ettirmaydi. (13-q.) Nazorat qiluvchi shaxs quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etadi, bunda ushbu soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlashda mazkur shaxs tomonidan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi hisobga olinadi: 1) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq hisoboti taqdim etilgan soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlashda foyda hisobga olingan davr uchun moliyaviy hisoboti yoki moliyaviy hisobot mavjud boʻlmagan taqdirda boshqa hujjatlar; 2) agar ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi mansub boʻlgan davlatning (hududning) qonunchiligiga yoki taʼsis (korporativ) hujjatlariga muvofiq bu moliyaviy hisobotning auditini majburiy ravishda oʻtkazish belgilangan boʻlsa yoki audit chet el tashkiloti tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisoboti boʻyicha auditorlik xulosasi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) (14-q.) Ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida koʻrsatilgan, chet tilida tuzilgan hujjatlar (ularning nusxalari) davlat tiliga tarjima qilingan boʻlishi kerak. (15-q.) Agar moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik xulosasini soliq hisobotini taqdim etish bilan bir vaqtda taqdim etish mumkin boʻlmasa, moliyaviy hisobot nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi bildirishnomada moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik xulosasi tuzilgan sana sifatida aks etgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etiladi. (16-q.) Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar uning ushbu Kodeksning XI boʻlimiga muvofiq hisob-kitob qilingan miqdori uch yuz million soʻmdan ortiqni tashkil etsa, tegishli soliq boʻyicha soliq davri uchun soliq bazasini ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq aniqlashda hisobga olinadi. (17-q.) Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi moliya yili yakunlari boʻyicha foydani (toʻliq yoki qisman) oʻz davlati (hududi) qonunchiligida ushbu foydani ustav kapitalini koʻpaytirish uchun yoʻnaltirish majburiyati belgilanganligi tufayli ishtirokchilar (paychilar, ishonchli vakillar yoki boshqa shaxslar) oʻrtasida taqsimlay olmasa, bunday foyda nazorat qiluvchi shaxsda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling