Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Chet el kompaniyalarida ishtirok etish
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
209-modda. Chet el kompaniyalarida ishtirok etish
toʻgʻrisidagi va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalar (1-q.) Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari boʻlgan soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq organini quyidagilar toʻgʻrisida xabardor qiladi: chet el yuridik shaxsi faoliyatida oʻzining ishtirok etishi toʻgʻrisida (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini taʼsis etish haqida); chet el kompaniyalarining nazorat qiluvchi shaxslari hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalar haqida. (2-q.) Chet el yuridik shaxslari faoliyatida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnoma shunday chet el yuridik shaxsida bunday xabarnomani taqdim etish uchun asos boʻlgan ishtirok etish yuzaga kelgan (ulush oʻzgargan) sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etiladi. (3-q.) Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi xabarnoma nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining ulushi ushbu Kodeksning 208-moddasiga muvofiq nazorat qiluvchi shaxsda hisobga olinishi kerak boʻlgan soliq davridan keyingi yilning 20-martidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etiladi. (4-q.) Agar chet el tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnoma taqdim etilganidan keyin bunday xabarnomani taqdim etish uchun asoslar oʻzgarmagan boʻlsa, takroriy xabarnomalar taqdim etilmaydi. (5-q.) Chet el tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish tugatilgan taqdirda, soliq toʻlovchi ishtirok etish tugatilgan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda soliq organini bu haqda xabardor qiladi. (6-q.) Soliq toʻlovchilar chet el yuridik shaxslari faoliyatida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarni va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarni oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga taqdim etadi. (7-q.) Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnomalar va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalar soliq organiga elektron shaklda taqdim etiladi. Jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar mazkur xabarnomalarni qogʻozda taqdim etishga haqlidir. (8-q.) Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnomaning va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomaning shakli, shuningdek ularni toʻldirish hamda taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (9-q.) Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi axborotni oʻz ichiga olishi kerak: 1) xabarnomani taqdim etish uchun asoslar yuzaga kelgan sana; 2) soliq toʻlovchi undagi ishtiroki haqida (uning taʼsis etilganligi haqida) xabarnoma taqdim etgan chet el yuridik shaxsining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) nomi; 3) roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) chet el yuridik shaxsiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami, ushbu chet el yuridik shaxsining roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) soliq toʻlovchi sifatidagi kodi - ular mavjud boʻlgan taqdirda; 4) soliq toʻlovchining chet el yuridik shaxsida ishtirok etish ulushi, basharti bilvosita ishtirok etish mavjud boʻlsa, soliq toʻlovchining chet el yuridik shaxsida ishtirok etish tartibini quyidagi axborotni koʻrsatgan holda ochib berish: a) chet el yuridik shaxsi faoliyatida bilvosita ishtirok etish amalga oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxsga nisbatan - ushbu qismning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan axborot; b) chet el yuridik shaxsi faoliyatida bilvosita ishtirok etish amalga oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxs faoliyatida ishtirok etish ulushi; 5) chet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ishtirok etishning yakunlanish sanasi. (10-q.) Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi axborotni oʻz ichiga olishi kerak: 1) xabarnoma taqdim etilayotgan davr; 2) chet el yuridik shaxsining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) nomi; 3) roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) chet el yuridik shaxsiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami, roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) ushbu chet el yuridik shaxsining soliq toʻlovchi sifatidagi kodi (kodlari) - ular mavjud boʻlgan taqdirda; 4) chet el yuridik shaxsining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) u joylashgan davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisoboti tuziladigan davrning oxirgi kuni boʻlgan sana; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 5) chet el yuridik shaxsi mansub boʻlgan davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuzilgan sana, shuningdek u mansub boʻlgan davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq foydadan (daromaddan) olinadigan soliq boʻyicha soliq davrining tugallanish sanasi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 6) chet el yuridik shaxsining moliya yili uchun moliyaviy hisoboti boʻyicha auditorlik xulosasi tuzilgan sana (ushbu yuridik shaxs mansub boʻlgan davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq audit majburiy ravishda oʻtkazilgan taqdirda); (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 7) chet el yuridik shaxsida soliq toʻlovchining ishtirok etishi ulushi, bilvosita ishtirok etish mavjud boʻlganda chet el yuridik shaxsida soliq toʻlovchining ishtirok etish tartibini quyidagi axborotni koʻrsatgan holda ochib berish: a) bilvosita ishtirok etish oʻzi orqali amalga oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxsga nisbatan - ushbu qismning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan axborot; b) bilvosita ishtirok etish amalga oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxs faoliyatida ishtirok etish ulushi; 8) soliq toʻlovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etish uchun asoslarning tavsifi; 9) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilish uchun asoslarning tavsifi. (11-q.) Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisida taqdim etilgan xabarnomadagi yoki nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomadagi maʼlumotlarning toʻliq emasligi, ularni toʻldirishda yoʻl qoʻyilgan noaniqliklar yoxud xatolar aniqlanganda soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan xabarnomani taqdim etishga haqli. (12-q.) Soliq organida soliq toʻlovchi chet el kompaniyasining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) nazorat qiluvchi shaxsi ekanligi, lekin soliq organiga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xabarnomani yubormaganligi haqida axborot mavjud boʻlganda, soliq organi zarur tushuntirishlarni taqdim etish yoki ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xabarnomani topshirish haqidagi talabnomani ushbu soliq toʻlovchiga yuboradi. (13-q.) Talabnoma soliq toʻlovchiga, xususan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq soliq maqsadida axborot almashish doirasida chet davlatlarning vakolatli organlaridan axborot olishda, shu jumladan ushbu Kodeksning 40-moddasi birinchi qismida koʻrsatilmagan hollarda yuboriladi. Mazkur talabnoma olingan sanadan eʼtiboran yigirma kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan bajarilishi lozim. (14-q.) Soliq organining talabnomasi quyidagi axborotni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak: 1) xabar yuborilayotgan soliq toʻlovchining nomi; 2) soliq organida soliq toʻlovchi qaysi chet el yuridik shaxslarini nazorat qiluvchi shaxs ekanligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi axborot mavjud boʻlsa, oʻsha chet el yuridik shaxslarining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalarining) nomi; 3) roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) chet el yuridik shaxsiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami, ushbu chet el yuridik shaxsining roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatdagi (hududdagi) soliq toʻlovchi sifatidagi kodi (kodlari) - ular mavjud boʻlgan taqdirda; 4) soliq toʻlovchini chet el yuridik shaxsning (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etish uchun soliq organida mavjud asoslarning tavsifi. (15-q.) Soliq toʻlovchi soliq organiga yuborilgan talabnomada bayon etilgan faktlarga taalluqli tushuntirishlarni taqdim etib, tushuntirishlar bilan bir vaqtda uni chet el yuridik shaxsini nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etish uchun asoslar mavjud emasligi haqida dalolat beruvchi hujjatlarni qoʻshimcha ravishda taqdim etishga haqli. (16-q.) Soliq organi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlarni va hujjatlarni koʻrib chiqishi shart. (17-q.) Agar taqdim etilgan tushuntirishlar va hujjatlar koʻrib chiqilganidan keyin yoxud ular mavjud boʻlmagan taqdirda soliq organi soliq toʻlovchini chet el yuridik shaxsini (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasini) nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etish uchun asoslarni aniqlasa, soliq organining mansabdor shaxsi ushbu soliq toʻlovchiga bunday shaxsni nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etish uchun shunday shaxs tomonidan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomani yuboradi. Mazkur xabarnoma ushbu modda oʻninchi qismining 8-bandida nazarda tutilgan axborotni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak. (18-q.) Oʻziga xabarnoma yuborilgan shaxs mazkur xabarnoma yuzasidan u olingan sanadan eʼtiboran uch oy ichida sudga shikoyat qilishga haqli. Bunda mazkur shaxs tegishli ariza sudga berilgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida ushbu fakt haqida soliq organini xabardor qiladi. (19-q.) Oʻziga xabarnoma yuborilgan shaxs xabarnoma yuzasidan nizolashish haqidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar ushbu Kodeksning maqsadida chet el yuridik shaxsini (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasini) nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etilishi mumkin emas. (20-q.) Agar shaxs oʻzi nazorat qiladigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisida oʻz manziliga yuborilgan xabarnoma ustidan shikoyat bermagan boʻlsa, mazkur xabarnoma olingan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtgach ushbu shaxs oʻzini chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etgan hisoblanadi. Bunda mazkur shaxs uchun ushbu Kodeksning nazorat qilinadigan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan qoidalari tatbiq etiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling