O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) toshkent-2020
-modda. Soliq organlarining majburiyatlari
Download 454.38 Kb.
|
O'ZR SOLIQ KODEKSI
27-modda. Soliq organlarining majburiyatlari
Soliq organlari: soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishi; soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi; soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar, hisoblangan va to‘langan soliqlar to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlashi; soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berishi, shuningdek o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risida xabardor qilishi; soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida o‘z vaqtida e’lon qilishi; soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berishi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini va soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini tushuntirishi; soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishi; huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi; soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni o‘rganishi; davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z vaqtida tushishini nazorat qilishi; masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi faktlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi; o‘z vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi; soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini ta’minlashi; soliq to‘lovchining talabiga binoan soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatining bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi; ushbu Kodeksga muvofiq soliq qarzi summasini so‘zsiz undirishi; yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarini hisobga olishi, ularga soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasmiy ravishda ma’lum qilishi; soliq to‘lovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani berishi; soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart. Soliq organlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Download 454.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling