O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) toshkent-2020


Soliq solinadigan obyektning nomi


Download 454.38 Kb.
bet395/395
Sana09.01.2022
Hajmi454.38 Kb.
#261488
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   395
Bog'liq
O'ZR SOLIQ KODEKSI

Soliq solinadigan obyektning nomi

Soliq stavkalari, foizlarda

1. Asosiy va birga qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun




Energiya manbalari:




Tabiiy gaz

30

Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz, realizatsiya qilingan hajmi bo‘yicha

9

Yer ostiga joylashtirilgan gaz

2,6

Gaz kondensati

20

Neft

20

Tosh ko‘mir

4

Qo‘ng‘ir ko‘mir

4

Yonuvchi slanslar

4

Rangli, nodir va radioaktiv metallar:




Tozalangan mis

10

Molibdenli sanoat mahsuloti

10

Reniy

10

Konsentratlangan qo‘rg‘oshin

8

Metall rux

10

Volfram konsentrati

10,4

Uran

10

Selen

10

Tellur

10

Indiy

10

Vismut

10

Asl metallar:




Oltin

10

Kumush

10

Palladiy

10

Platina

10

Osmiy

10

Nodir tosh xomashyosi:




Qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb-ziynat uchun toshlar xomashyosi

24

Feruza, listvenit, rodonit, zmeyevik, marmar yo‘l-yo‘l aqiq, kaxolong, yashma, xalsedon, aqiq, gematit

24

Qora metallar:




Temir

5

Titan-magnetitli rudalar

4

Marganets rudalari

4

Kon-kimyo xomashyosi:




Tosh tuz (ovqatga ishlatiladigan)

3,5, biroq 10000 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Kaliy tuzi

3,5

Sulfat tuzi

3,5

Fosforitlar (donasimon)

5

Karbonat xomashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar)

3,5

Ohaktoshlar (soda uchun va Biox texnologiyasi bo‘yicha sanoat chiqindilarini tozalash)

3,5

Mineral (loysimon, temirokisli, karbonatli) pigmentlar

5,5

Yod

4,8

Qishloq xo‘jaligi ruda xomashyosi (glaukonit, bentonitli gil, urug‘simon va tabiiy foydalaniladigan hamda jelvakli fosforitlar)

3,5

Kon-ruda xomashyosi:




Eruvchan shpat

21,2

Tabiiy grafit

8

Birlamchi kaolin (konsentrat), realizatsiya qilingan hajmi bo‘yicha

7,9

Ikkilamchi kaolin, realizatsiya qilingan hajmiga doir

7,9

Dala shpati xomashyosi (pegmatit, dala shpati, felzit, leykokratli granit, kvars-dala shpati xom- ashyosi)

6,5

Kvars qumlari (shisha)

3

Qumtosh (shisha)

5

Bentonitli loy (burg‘ulangan eritmalar)

4,8

Talk va talk toshi

4

Talkli magnezit

4

Vollastonit

4

Asbest

4

Mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt

4

Barit konsentrati

4

O‘tga chidamli, qiyin eruvchan gillar

4

Ohaktoshlar, dolomitlar (shisha, metallurgiya uchun, o‘tga chidamli), flyus ohaktosh

5, biroq 11500 so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Kvars va kvarsit (shisha, texnik kremniy, silikomargans, dinalar ishlab chiqarish uchun)

6,5

Qoliplash xomashyosi (qumlar, loylar)

4

Vermikulit

4

Mineral paxta uchun xomashyo (dolomit, tog‘ jinslari)

5

Hayvonlar va qushlarni oziqlantirish uchun ohaktosh qobig‘i

5

Serpentinit (o‘tga chidamli xomashyo)

5

Qurilish materiallari:




Sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktoshdan tashqari sement xomashyosi (mergeli, loylar, slanslar, lyossimon jinslar, qumoqsimon, loysimon chig‘anoqlar, kaolin, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, bazaltlar, diabazlar, andezibazaltlar, gliyejlar, temir tarkibli qo‘shimchalar, magnetit — gematitli jinslar, kvars qumi va h.k.)

10

Sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh

45000

so‘m/tonna*



Ohak ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh

5

Tabiiy bezaktoshdan bloklar (ohaktosh, ohaktosh-chig‘anliq, ravertin simon ohaktoshlar, mramor, granit, granodiorit, granosiyenit, nefelinli siyenit, gabbro, granosiyenitporfir, kvars porfirdagi ignimbritlar, liparito-datsitlar, vulqon tufi, vulqon jinslari, qumtosh)

5, biroq 20000 so‘m/kub.mdan kam bo‘lmagan

Marmar ushog‘i

5, biroq 17000so‘m/kub.mdan kam bo‘lmagan

Keramzit xomashyosi (bentonit va loy jinslari)

5

G‘isht-cherepitsa xomashyosi (qumoqsimon, lyossimon jinslar, lyosslar, zichlovchi sifatida qumlar va boshqalar)

5, biroq 7000 so‘m/kub.mdan kam bo‘lmagan

Gips toshi, gips va angidrid, ganch

5, biroq 9500so‘m/kub.m
dan kam bo‘lmagan

Arralanadigan, xarsangtosh va shag‘al uchun toshlar

5, biroq 7000so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Sohilni himoya qilish ishlari uchun xomashyo (ohaktoshlar, porfiritlar, granitlar)

5, biroq 10000so‘m/kub.mdan kam bo‘lmagan

Qurilish qumlari

5, biroq 8500so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Tosh-shag‘al aralashmasi

5, biroq 7500so‘m/kub.mdan kam bo‘lmagan

Qumtoshlar

5

Ohaktosh-chig‘anoq

5, biroq 12500so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Qurilish mayda toshlar (karbonat jinslari)

5, biroq 10000so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Qurilish mayda toshlar (granitlar, porfiritlar va slanets jinslari)

5, biroq 10000so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan

Farfor xomashyosi (farfor toshi, loyli oq quyuqlashuvchi slanets)

5

To‘g‘on qurish uchun xomashyo (tosh-shag‘al materiallari,lyossimon jinslar, qum, bentonitli loy, ohaktoshlar)

5

Boshqa keng tarqalgan foydali qazilmalar (mergellar, argelitlar, amvritlar va boshqalar)

5

2. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar

Asosiy foydali qazilmani qazib olganlik uchun stavkaning 30 %i

* Sement ishlab chiqaruvchi zavodlar, shuningdek sement xomashyosi – ohaktoshni realizatsiya qiladigan yer qa’ridan foydalanuvchilar belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘laydi. Sement ishlab chiqarish uchun ko‘mirdan foydalanuvchi zavodlar uchun soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

Asl, rangli, noyob va radioaktiv metallarni qazib olishni amalga oshiruvchi alohida soliq to‘lovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oshirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.



453-modda. Soliq davri. Hisobot davri

Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.

Quyidagilar hisobot davridir:

yuridik shaxslar uchun — bir oy;

jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.

[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.05.00 Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus to‘lovlar / 07.10.05.04 Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi]

454-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi

Soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda soliq hisoblab chiqariladi.

Foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam bo‘lmagan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Soliq hisoboti soliq hisobida turgan joydagi, noruda foydali qazilmalar bo‘yicha esa — qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:

yuridik shaxslar tomonidan — ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;

jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay.

Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:

yuridik shaxslar tomonidan — har oyda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay;

jismoniy shaxslar tomonidan — soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay.

XIX BO‘LIM.
YIG‘IMLAR

65-bob. Avtotransport yig‘imlari


455-modda. Avtotransport yig‘imlarining turlari

Avtotransport yig‘imlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im;

chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im.



456-modda. Soliq to‘lovchilari

Avtotransport vositalarini sotib oluvchi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari hamda norezidentlari avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘imni soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti yig‘imi soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

Avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchilar mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘imni soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.



457-modda. Soliq solish obyekti

Quyidagilar yig‘imlar solish obyektidir:

avtotransport vositalarini sotib olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish;

chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti.



458-modda. Soliq bazasi

Soliq bazasi quyidagilardir:

sotib olingan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari dvigatelining ot kuchidagi quvvati yoki avtotransport vositalarining qiymati;

O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzitida — chet davlatlarning avtotransport vositalari.



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.00.00 Majburiy to‘lovlar, ajratmalar va yig‘imlar / 07.16.07.00 Majburiy to‘lovlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar]

459-modda. Soliq imtiyozlari

Avtotransport vositalarini sotib olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘imni to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qo‘l bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani sotib oluvchi barcha guruhlardagi nogironligi bo‘lgan shaxslar;

2) yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar;

3) faoliyatining asosiy turi yo‘lovchilar tashish bo‘lgan, qonun hujjatlariga muvofiq yo‘lovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega bo‘lgan avtomobil transporti korxonalari – yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari bo‘yicha (yengil avtomobillar va yo‘nalishli taksilardan tashqari);

4) yuridik shaxslar — qirq tonnadan ortiq yuk ko‘taradigan, sotib olingan kon avtosamosvallari bo‘yicha;

5) homiylik (beg‘araz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek budjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;

6) yuridik shaxslar — avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul o‘tkazish chog‘ida;

7) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;

8) avtotransport vositalarini ushbu moddaning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar.



460-modda. Yig‘imlarni to‘lash tartibi

Avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im ular O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda quyidagi hollarda undiriladi:

1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;

2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki dividendlar sifatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olinganda;

3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun sotib olinganda, bundan ushbu Kodeks 459-moddasining 8-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yig‘im taraflarning yozma kelishuviga ko‘ra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan taqdirda, yig‘im lizing oluvchidan undiriladi. Lizing shartnomasining muddati tugaganidan so‘ng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti bo‘lgan avtotransport vositasi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganida takroran yig‘im undirilmaydi;

4) avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda.

Mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari sotib olinganda, yig‘im qonun hujjatlarida belgilangan tartibda avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanadi.

Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi.


XX BO‘LIM.
AYLANMADAN OLINADIGAN SOLIQ

66-bob. Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash


461-modda. Soliq to‘lovchilar

Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi:

1) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (bundan buyon ushbu bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi);

2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.

Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

1) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga;

2) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;

3) yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda ellik gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;

4) benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;

5) lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;

6) oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha;

7) bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;

8) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga.

462-modda. Aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari

Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lash o‘rniga aylanmadan olinadigan soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) to‘lashni nazarda tutadigan maxsus soliq rejimini tanlashga haqli.

Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliq to‘lashga navbatdagi soliq davridan boshlab o‘tishga haqli. Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tish uchun soliq to‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tishi to‘g‘risida soliq hisobida turgan joyidagi soliq organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda, biroq aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tilayotgan navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qiladi.

Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 2-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshganda, agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliqning oshib ketgan summasidan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tadi.

Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 2-bandida ko‘rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash o‘rniga qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishga haqli. Soliq solish tartibini tanlash uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari yuz million so‘mdan oshgan sanadan besh kundan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda bildirishnoma yuboradi.

Bildirishnoma ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etilmaganda yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq to‘laydi.

Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida tanlangan soliq solish tartibini ko‘rsatish orqali aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tartibini tanlash huquqiga ega.

Yuridik shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashni ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun va bir vaqtning o‘zida aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashni rad etishga doir ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab ixtiyoriy ravishda rad etishga haqli.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy ravishda o‘tgan soliq to‘lovchilar, basharti joriy soliq davri yakunlari bo‘yicha tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadlari bir milliard so‘mdan oshmagan bo‘lsa, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga kamida o‘n ikki oydan keyin qayta o‘tishga haqli.

Soliq davri davomida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bunday oshish ro‘y bergan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi ro‘yxatdan o‘tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga bo‘lingan va ro‘yxatdan o‘tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar bo‘lgan kunlar soniga ko‘paytirilganda bir milliard so‘mga teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar ro‘yxatdan o‘tilgan yildan keyingi yildan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

Vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi soliq to‘lovchilar, shu jumladan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provaydyerlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni realizatsiya qilish bo‘yicha umumiy aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.

Bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shaxslar, ularni samarasiz foydalanayotganligi bo‘yicha xulosa kiritilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

Qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari bo‘lgan yuridik shaxslar, investitsion loyihaning amalga oshirilmaganligi to‘g‘risida xulosa berishga vakolati bo‘lgan vakolatli organning xulosasi chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan obyektlar qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno) bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir shartnoma rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

Soliqni to‘lash soliq to‘lovchini quyidagilardan ozod etmaydi:

ushbu Kodeks bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini bajarishdan;

agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, hisobvaraq-faktura taqdim etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.



463-modda. Soliq solish obyekti

Ushbu Kodeksning 43-bobiga muvofiq aniqlanadigan jami daromad soliq solish obyektidir, bundan ushbu Kodeksning 304-moddasiga muvofiq, ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chog‘ida inobatga olinmaydigan daromadlar mustasno.

Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda quyidagilar tushuniladi:

qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan xizmatlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan mulk huquqi buyurtmachining o‘zida saqlanib qolgan taqdirda, o‘z kuchlari bilan bajarilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar bajarilgan hamda tasdiqlangan xizmatlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi daromadi sifatida belgilanadi;

mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi;

vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun — ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq summasi;

tovarlarni (xizmatlarni) tekin beruvchi yuridik shaxslar uchun — agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi yoki ularni olish bahosi (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda). Mazkur norma ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga bepul beriladigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi;

notijorat tashkilotlarining ushbu Kodeks 318-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilmagan daromadlari.

Soliq solish obyekti bo‘lib quyidagilar ham hisoblanadi:

1) tovarlarni (xizmatlarni) quyidagilarga:

a) ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchi chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud uning yuridik shaxsdagi ulushi kamaytirilganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan uning ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning qismi) qaytarib sotib olinganda ushbu ishtirokchiga berish;

b) yuridik shaxs bo‘lgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olinganda aksiyadorga berish;

v) yuridik shaxs tugatilganda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;

2) tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxs mehnatiga haq to‘lash hisobidan yoki dividend to‘lash hisobidan berish;

3) tovarlarni yoki boshqa mol-mulkni qayta ishlab berish uchun berish, agar tovarlar va (yoki) mulk qayta ishlash mahsuloti sifatida shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan bo‘lsa;

4) ko‘p marta aylanadigan, sotuvchiga qaytarilishi shart bo‘lgan idishlarni, agar idish mahsulotni shunday idishda yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilmagan bo‘lsa, berish.

Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini taqdim etuvchi vauchyerlarni realizatsiya qilish yoki bepul berish mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi.

Uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha daromadlar ushbu Kodeksning 303-moddasida nazarda tutilgan tartibda jami daromad tarkibiga kiritiladi.

Balansning valyuta hisobvaraqlarini qayta baholash chog‘ida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar o‘rtasidagi saldo soliq solish obyekti deb e’tirof etiladi. Kursdagi salbiy farqning summasi kursdagi ijobiy farq summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda oshib ketgan summa aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda soliq bazasini kamaytirmaydi.

Soliq to‘lovchilar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoxud qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lash davrida aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tguniga qadar olingan daromadlar jami daromadga kiritilmaydi.



464-modda. Soliq bazasi

Ushbu Kodeksning 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan jami daromad soliq bazasi deb e’tirof etiladi, bundan quyidagilar mustasno:

1) O‘zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha daromadlar;

2) soliq agentida soliq solinishi lozim bo‘lgan dividendlar;

3) qaytariladigan ko‘p marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan bo‘lsa;

4) amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qo‘shimcha baholashda olingan, oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha summa hisobidan olingan daromadlar;

5) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular shakllangan davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar bo‘yicha qayta hisob-kitob o‘tkazilganligi inobatga olingan holda soliq solinadi;

6) tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar, agar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar umumiy daromadning 15 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etsa.

Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi:

1) brokerlik tashkilotlari uchun — bitim summasidan birjaga o‘tkaziladigan vositachilik yig‘imi summasiga;

2) komissiya shartnomasi bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun — tovarlarni import qilishda to‘langan bojxona to‘lovlari summasiga realizatsiya qilingan tovar ulushida;

3) turizm faoliyati subyektlari uchun — turistik xizmatlarni onlayn bronlashtirish va sotish uchun yaratilgan dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga.



465-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasi bo‘lib ushbu Kodeks 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqilgan, uning tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan jami daromadi hisoblanadi.

Jismoniy shaxs o‘z tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni tuzishda o‘zining yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat ko‘rsatayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish holatining o‘zidan yaqqol kelib chiqmasa, ko‘rsatishi shart.

Soliq solishda yakka tartibdagi tadbirkorning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan, uning tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari hisobga olinmaydi.



466-modda. Daromadlarga tuzatish kiritish

Hisobot soliq davrida soliq bazasini ko‘paytirish yoki kamaytirish daromadlarga tuzatish kiritish deb e’tirof etiladi.

Daromadlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:

1) tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;

2) bitim shartlari o‘zgarganda;

3) narxlar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovlardan foydalanganda;

4) ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan daromadlarga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.

Ushbu moddaga muvofiq daromadlarga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (xizmatlarni) sotuvchi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadga tuzatish kiritishni ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi.

Daromadlarga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish ko‘rsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.

Daromadlarga tuzatish kiritish soliq to‘lovchi umumbelgilangan soliq solish tartibidan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tgan hollarda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritiladigan daromadlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash hollari mustasno.

467-modda. Soliq stavkalari

Coliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:



T/r

Soliq to‘lovchilar

Soliq stavkalari, foizlarda

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq to‘lovchilar, bundan 2 — 14-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno

4

2.

Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (bojxona brokyerlari)

5

3.

Lombardlar

25

4.

Konsert-tomosha ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan yuridik shaxslar

5

5.

Brokerlik idoralari (6-bandda ko‘rsatilganlar bundan mustasno), shuningdek vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga doir boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar, shu jumladan telekommunikatsiya operatorlari va (yoki) provaydyerlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar

25

6.

Sug‘urta agentlari, shuningdek sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar bozori va tovar-xomashyo birjalarida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar

13

7.

Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga berish hisoblangan yuridik shaxslar (lizing kompaniyalari bundan mustasno)

8

8.

Umum�y ovqatlanish korxonalari




joylashgan joyiga qarab:




aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda

8

boshqa aholi punktlarida

6

borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda

4

shundan




umumta’lim maktablari, maktab-internatlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlariga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari

Joylashgan joyiga qarab belgilangan soliq stavkasining 75%i

9.

Chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchilar




9.1.

joylashgan joyiga qarab:




aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda

4

boshqa aholi punktlarida

2

borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda

1

9.2.

joylashgan joyidan qat’i nazar:




alkogolli mahsulotlar, tamaki mahsulotlari, benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi bo‘yicha

4

10.

Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari (11-bandda ko‘rsatilganlaridan tashqari)

4

11.

Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari:




aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda

3

boshqa aholi punktlarida

2

borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda

1

12.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari

tovar aylanmasining 4%i

yoki yalpi daromadning 25%i



13.

Elektron tijorat subyektlarining Milliy reyestriga kiritilgan soliq to‘lovchilar

2

14.

Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va “O‘zbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi bo‘lgan va umumiy sonida nogironlar, urush va 1941 — 1945-yillar mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam bo‘lmagan va nogironlar, urush va 1941 — 1945-yillar mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilar

0

468-modda. Alohida-alohida hisob yuritish

Turli soliq solish obyektlari va (yoki) soliq stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar bunday faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliqni to‘lashi shart.

Ushbu modda birinchi qismining qoidalari chakana savdo sohasidagi mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega soliq to‘lovchilarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Ushbu Kodeks 297-moddasi uchinchi qismining 4, 5, 6, 10, 11, 12, 13, 14, 17, 18, 21, 22, 23, 25 va 27-bandlarida ko‘rsatilgan daromadlarga, shuningdek foizlar tarzidagi daromadlarga soliq to‘lovchining hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha umumiy jami daromadlaridagi ulushi ustunlik qiladigan faoliyat turi uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha soliq solinadi.

Hisobot (soliq) davrida ushbu Kodeks 467-moddasining 2 — 14-bandlarida ko‘rsatilgan faoliyat turlari mavjud bo‘lmaganda, ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlarga ushbu Kodeks 467-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.

469-modda. Soliq davri. Hisobot davri

Kalendar yil soliq davridir.

Yil choragi hisobot davridir.

470-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi

Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil aniqlanadi.

Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.

Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:

1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;

2) soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay;

Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliqni to‘lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

XXI BO‘LIM.
SOLIQ TO‘LOVCHILARNING AYRIM TOIFALARIGA SOLIQ SOLISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

67-bob. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari


471-modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish shartlari

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari deganda chet davlatning fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliq imtiyozlardan foydalanishga haqli.

472-modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar tomonidan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi

Ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda qo‘llaniladi:

1) yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan hududlarga joylashtirilganda;

2) chet ellik investorlar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari O‘zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda;

3) yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) chet ellik ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foiz, aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa kamida 15 foiz bo‘lganda;

4) chet el investitsiyalari erkin ayirboshlanadigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda;

5) ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilganligi natijasida ularning qo‘llanilishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida 50 foizi ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida reinvestitsiyaga yo‘naltirilganda.

Ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat o‘tganidan keyin bir yil o‘tmasidan oldin faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini o‘z mamlakatiga o‘tkazish va kapitalini xorijga olib chiqib ketish faqat berilgan soliq imtiyozlari summalarining o‘rni budjetga qoplanganidan keyin amalga oshiriladi.

Ushbu bobda nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan davr uchun soliqlar ushbu Kodeksning VIII bo‘limida nazarda tutilgan penyalar qo‘llanilgan holda, umumbelgilangan tartibda to‘lanadi.

68-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari


473-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig‘idan, yer solig‘idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi o‘rtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investitsiya kiritish to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqa soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan ushbu Kodeksga muvofiq foydalaniladilar.



474-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi

Ushbu Kodeks 473-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining guvohnomasi olingan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.

Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda tadbirkorlik subyekti maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalardan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan oyning birinchi kunidan e’tiboran foydalanishga haqli emas.

Agar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiyalar hajmini soliq imtiyozlarining uzoqroq amal qilish muddatini nazarda tutadigan miqdorgacha oshirsa, u investitsiyalarning haqiqiy hajmiga muvofiq soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirishga haqli. Bunda, agar investitsiyalar hajmining oshishi imtiyozlarning avvalgi amal qilish muddati tugaganidan keyin amalga oshirilsa, soliq imtiyozlari imtiyozlarning uzoqroq amal qilish muddatiga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran qo‘llaniladi.


69-bob. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari


475-modda. Umumiy qoidalar

Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma bo‘lib, bu shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun mutlaq huquqlar beradi.

Mahsulot taqsimotiga oid bitimda quyidagilar nazarda tutiladi:

hisob yuritish va hisobot berish tartibi;

soliq solish va boshqa to‘lovlarni to‘lash shartlari;

chet ellik investorning ulushini olib chiqish tartibi.



476-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Chet ellik investor, bundan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati mobaynida ushbu Kodeksning 17-moddasida nazarda tutilgan soliqlarni to‘laydi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar, agar mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.

Chet ellik investorga soliq solish quyidagi o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi:

1) foyda solig‘i mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarish chog‘ida olingan daromad bo‘yicha va faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha olingan daromad bo‘yicha alohida-alohida to‘lanadi. Bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli bo‘lgan, chegirmalar qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymati mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarish chog‘ida olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i solish obyektidir;

2) mineral xomashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq belgilanadigan va pul shaklida yoki kavlab olingan mineral xomashyoning bir qismi tarzida to‘lanadigan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.

Agar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajaruvchi operator soliq majburiyatlarini bajaruvchi bo‘ladi. Bunda litsenziya olgan investor bir oylik muddatda soliq organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini bajaruvchi bo‘lib ish yuritadigan ishtirokchi to‘g‘risida xabardor etishi shart.

70-bob. Advokatlar hay’atlariga, advokatlik firmalariga, advokatlik byurolariga va advokatlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari


477-modda. Advokatlarga soliq solish

Advokatlar hay’ati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari faoliyatning notijorat tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq qismi bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno:

bojxona to‘lovlari;

ijtimoiy soliq;

avtotransport yig‘imi;

to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar.

Advokatlar hay’ati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) soliqlar va yig‘imlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.

478-modda. Advokatlar daromadlariga soliq solish

Advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun olinadigan gonorarlar summalariga ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur Kodeksning XIII bo‘limida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi.

Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solish obyektidir.

Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun olingan summa bilan advokatlar hay’atlarini, advokatlik firmalarini va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Soliq bazasi advokatning daromadidan uning daromadida hisobga olinadigan ijtimoiy to‘lov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.08.00 Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.04 Notariuslarni soliqqa tortish]

71-bob. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari


479-modda. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga soliq solish

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ushbu bobda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliqlarni to‘lovchilar hisoblanadi.

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar mehnatga haq to‘lash tarzida olinadigan daromadlar bo‘yicha belgilangan stavkalar bo‘yicha ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘laydi.

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius zimmasiga xodimlarning mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lash majburiyati yuklatiladi.

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

480-modda. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning foydasiga soliq solish

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar foyda solig‘ini ushbu Kodeksda belgilangan stavka bo‘yicha to‘laydi. Bunda foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lash yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi ushbu Kodeksning 43-bobida nazarda tutilgan daromadlarning barcha turlari notariuslarning daromadlari deb e’tirof etiladi.

Notarial faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Bunda chegirilmaydigan xarajatlar ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq aniqlanadi.



Foyda solig‘i to‘langanidan keyin xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning tasarrufida qolgan foyda soliq solish maqsadida dividendlarga tenglashtiriladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 02/19/SK/4256-son; 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)


Download 454.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   387   388   389   390   391   392   393   394   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling