1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.02.00 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i / 07.10.02.02 Jismoniy shaxslarning yillik jami daromadi]
368-modda. Jami daromad
Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jami daromad soliq to‘lovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan;
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun — O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan.
Do'stlaringiz bilan baham: |