207-modda. Daromadlarga (foydaga) soliq solishning samarali stavkasi
Chet el kompaniyasi mansub bo‘lgan davlat (hudud) qonun hujjatlariga muvofiq chet el kompaniyasi va uning alohida bo‘linmalari tomonidan hisoblab chiqarilgan daromad (foyda) solig‘i hamda bunday daromadlarning to‘lov manbaida ushbu kompaniya daromadlaridan (foydasidan) ushlab qolingan daromad (foyda) solig‘i summasining chet el kompaniyasining uning alohida bo‘linmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasiga nisbati chet el kompaniyasining daromadlariga (foydasiga) soliq solishning samarali stavkasi hisoblanadi.
Daromad (foyda) solig‘i summasini hisob-kitob qilish chog‘ida soliq to‘lovchi chet el kompaniyasining uning alohida bo‘linmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasini hisob-kitob qilish chog‘ida inobatga olingan daromadlar (foyda) jumlasiga kiruvchi va chet el tashkilotining chet el kompaniyasi mansub bo‘lgan davlat (hudud) qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilishi va (yoki) chet el kompaniyasining uning alohida bo‘linmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasi hisoblab chiqarilgan davrdan farq qiluvchi boshqa davrlarda ushlab qolinishi lozim bo‘lgan soliqlar summasiga tuzatish kiritishga haqli.
Agar soliq davri yakunlari bo‘yicha chet el kompaniyasida daromadlar mavjud bo‘lmasa yoki daromadining (foydasining) umumiy summasi manfiy yoxud nolga teng bo‘lsa, samarali soliq stavkasini hisob-kitob qilish amalga oshirilmaydi, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi esa ushbu Kodeksning 204-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni qanoatlantiruvchi deb e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |