O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) toshkent-2020


Download 454.38 Kb.
bet97/395
Sana09.01.2022
Hajmi454.38 Kb.
#261488
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   395
Bog'liq
O'ZR SOLIQ KODEKSI

107-modda. Mol-mulk garovi

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliqlarni to‘lash majburiyati mol-mulk garovi bilan ta’minlanishi mumkin.

Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qo‘yuvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Soliq to‘lovchining o‘zi yoki uchinchi shaxs garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin.

Soliq to‘lovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni to‘lash bo‘yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda, soliq organi ushbu majburiyatning garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymati hisobidan bajarilishini fuqarolik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga nisbatan garov belgilanishi mumkin bo‘lgan mol-mulk, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, garov predmeti bo‘lishi mumkin.

Boshqa shartnoma bo‘yicha garov predmeti soliq organi va garovga qo‘yuvchi o‘rtasidagi shartnoma bo‘yicha garov predmeti bo‘lishi mumkin emas.

Garov chog‘ida mol-mulk garovga qo‘yuvchida qolishi yoxud garovga qo‘yuvchining mablag‘lari hisobiga soliq organiga (garovga oluvchiga), garovga qo‘yilgan mol-mulkning but saqlanishini ta’minlash majburiyati unga yuklangan holda, topshirilishi mumkin.

Garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan biron-bir bitimni, shu jumladan soliq qarzi summalarini uzish maqsadida bitimlarni tuzish faqat garovga oluvchi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.

Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash usuli sifatida garov belgilashda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan, agar soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, fuqarolik qonun hujjatlarining qoidalari qo‘llaniladi.


Download 454.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling