О‘zbekiston Respublikasining Standartlashtirish tо‘g‘risidagi qonun taxlili


Download 1.22 Mb.
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1494794
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
О‘zbekiston Respublikasining Standartlashtirish tо‘g‘risidagi

Standartlashtirish tizimi

Standartlashtirish tizimi

  • О‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini о‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat kо‘rsatadi.
  • Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
  • xalq xо‘jaligi tarmoqlarida — О‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («О‘zstandart» agentligi);
  • qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda — О‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qо‘mitasi;
  • tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida — О‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi;
  • tibbiyot uchun mо‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan tibbiyot uchun mо‘ljallangan buyumlar, tibbiy texnika buyumlari, dori vositalari sohasida, shuningdek О‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan import bо‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar mavjudligini aniqlash masalalarida — О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
  • mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida — О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi.
  • Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari о‘z vakolatlari doirasida standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi.

Standartlashtirish ishlarini о‘tkazish

Standartlashtirish ishlarini о‘tkazish

  • «О‘zstandart» agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini о‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.
  • «О‘zstandart» agentligi, О‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qо‘mitasi, О‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi, О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi standartlashtirish ishlarini bajarishni о‘z vakolatlari doirasida boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidir.
  • Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, О‘zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar.
  • Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling