Ozbekiston respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan zamonavij iqtisodij-siyosij va madanij hamkorlik


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/90
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#231690
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90
Bog'liq
ozbekiston respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan zamonavij iqtisodij-siyosij va madanij hamkorlikni rivozhlantirishdagi xizmatlari yuneso va yunisef misolida 1992-2013 jillar

Jahon  metereologiya  tashkiloti  1947  yilda  tashkil  etilgan,  qarorgoxi 

Jenevada.  Xalqaro  metereologiya  tashkilotining  asosiy  maqsadi  metereologiya 

bo‘yicha  xalqaro  hamkorlikni  tashkil  etish,  metereologiya  xizmatining 

mukammallashib  borishini  ta’minlash  va  uning  yutuqlaridan  aviatsiya,  qishloq 

ho’jaligi,  kemalar  qatnovida  va  boshqa  sohalarda  foydalanishdir.  Uning  tezkor 

dasturi asosini bugun dunyo ob-havo xizmati tashkil etadi

1



MADANIY-GUMANITAR SOHADAGI XALQARO HAMKORLIKLAR 



                                                

1

 Lаfаsоv M. O’zbеkistоn Rеspublikаsining хаlqаrо аlоqаlаri. – T., 1995 y. – B. 23. 



 


31 

 

Boy  tarixiy,  madaniy  va  manaviy  merosga  ega  bo’lgan  O’zbekistonda  horijiy 



mamlakatlar  bilan  madaniy-gumanitar  sohadagi  hamkorlikni  rivojlantirish  va 

mustahkamlashga  katta  etibor  beriladi.  Mazkur  sohadagi  xalqaro  hamkorlik 

madaniyat,  sanat,  ta’lim,  ilm-fan,  turizm,  tibbiyot,  sport  va  boshqa  yo’nalishlarni 

qamrab oladi. 

Tegishli  hukumatlararo  va  idoralararo  kelishuvlar  asosida  ikki  tomonlama 

madaniy,  ilmiy-texnik  va  gumanitar  hamkorlik  dasturlari  tuzilib,  amalga 

oshirilmoqda.  O’zbekiston  vakillari  madaniy-gumanitar  sohadagi  nufuzli  xalqaro 

ko’rgazmalar,  festivallar,  tanlovlar,  anjuman  va  forumlarda  ishtirok  etib 

kelmoqdalar.  

      O’zbekistonda  ham  “Asrlar  sadosi”  ananaviy  madaniyat  festivali,  Zamonaviy 

sanat Toshkent biennalisi, Toshkent xalqaro fotobiennalisi, “Theatre.UZ” Xalqaro 

teatr  festivali  kabi  xalqaro  madaniy  tadbirlar  tashkil  etilmoqda.  2011  yil  oktyabr 

oyida birinchi Zamonaviy kino Toshkent xalqaro festivali bo’lib o’tdi. 

O’zbekiston  jozibador  turistik  yo’nalish  bo’lib,  ko’plab  horijiy  sayyohlarni 

o’ziga jalb qilib kelmoqda. Respublika xududida turli davr va sivilizatsiyalarga oid 

4000  dan  ziyod  memorlik  va  sanat  obidalari  mavjud.  Ularning  bir  qatori 

UNESCOning butunjahon madaniy merosi ro’yhatiga kiritilgan.  

Turistik  salohiyatni  yuksaltirish  va  mamlakatga  tashrif  buyuruvchi  horijiy 

sayyohlar  sonini  oshirish  maqsadida  “Uzbekturizm”  Milliy  kompaniyasi  TIV  va 

chet  ellardagi  vakolatxonalar  bilan  hamkorlikda  horijiy  turistik  idoralar, 

turoperatorlar  va  ixtisoslashgan  ommaviy  axborot  vositalari  uchun  Uzbekistonga 

maxsus  tanishuv  safarlarini  (mega-info-tourlarni)  amalga  oshirmoqda.  Mazkur 

loyiha 2011-2015 yillarga mo’ljallangan bo’lib, uning doirasida yilning mart, iyun, 

avgust va noyabr oylarida horijiy turoperatorlar va OAV vakillari O’zbekistondagi 

diqqatga  sazovor  tarixiy-madaniy  obidalar  va  viloyatlardagi  mavjud  turistik 

salohiyat bilan yaqindan tanishadilar. 

  O’zbekistonda  sport  sohasidagi  xalqaro  hamkorlikni  rivojlantirish  va 

respublika  sportchilarining  xalqaro  olimpiyadalar,  turnirlar  va  musobaqalarda 




32 

 

muvaffaqiyatli  ishtirok  etishini  taminlash  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 



Mustaqillik yillarida O’zbekiston vakillari Olimpiya o’yinlari, Osiyo chempiyonati 

va  kuboklari,  Osiyo  o’yinlari  va  boshqa  yirik  xalqaro  musobaqalarda  yuzlab 

sovrinlarni qo’lga kiritib kelmoqda. 

   Hozirda 30 dan ortiq sport turlari bo’yicha O’zbekiston milliy federatsiyalari 

xalqaro  federatsiyalar  tarkibiga  kiradi  va  turli  darajadagi  xalqaro  musobaqalarda 

ishtirok etish huquqiga ega.  

    O’zbek  milliy  sporti  –  Kurashni  horijda  rivojlantirish  va  ommalashtirishga 

alohida  etibor  berilmoqda.  Xalqaro  kurash  uyushmasi  tomonidan  mazkur  sport 

turini Olimpiya o’yinlari rasmiy musobaqalar dasturiga kiritilgan. 

         Evropa,  Osiyo,  Afrika,  Okeaniya  va  Amerika  kontinental  kurash 

federatsiyalari,  117  mamlakatda  milliy  kurash  federatsiyalari  faoliyat  olib 

bormoqda.  

          Hozirgi  kunga  qadar  15  ta  kurash  bo’yicha  jahon  chempiyonati  hamda  300 

dan  ortiq  xalqaro  musobaqalar  turli  mamlakatlarda  o’tkazildi.  2003  yilda  kurash 

Osiyo 

Olimpiya 



Kengashi 

rasmiy 


sport 

turi 


sifatida 

etirof 


etildi.  

           Ommabop  sport  turi  –  futbol  ham  O’zbekistonda  jadal  ravishda  rivojlanib 

bormoqda.  2011  yil  Qatar  poytaxti  Doxada  bo’lib  o’tgan  Osiyo  Kubogi  uchun 

musobaqalarda  futbol  bo’yicha  O’zbekiston  terma  jamoasi  faxrli  4  o’rinni 

egallashga  muyassar  bo’ldi.  FIFA  qaroriga  binoan,  muhim  xalqaro  sport 

tadbirlaridan  biri  –  yosh  ayollar  futbol  jamoalari  o’rtasida  Jahon  chempiyonati 

2012 yilda Toshkent shahrida bo’lib o’tdi. 


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling