BMTning ixtisoslashgan muassasalari
BMTning ixtisoslashgan muassasalari maxsus sohalardagi hamkorlikni
ta’minlovchi hukumatlararo universal tashkilotlardir. Ular quyidagi xususiyatlarga
egadirlar:
•
birinchidan, bunday tashkilotlarni ta’sis etuvchi shartnomalar hukumatlararo
xarakterga ega;
•
ikkinchidan, ta’sis hujjatlari doirasidagi keng xalqaro javobgarlikka ega
bo‘ladilar;
•
uchinchidan, maxsus: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, insonparvarlik va boshqa
sohalarda hamkorlikni ta’minlaydilar;
•
to‘rtinchidan, BMT bilan yakin aloqadadirlar.
Hozirgi kunda BMTning 16 ta ixtisoslashgan muassasalari mavjud. Ularni
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
•
birinchi, ijtimoiy xususiyatli tashkilot (MOT, VOZ);
•
ikkinchi, madaniy va insonparvarlik tashkilotlari (UNESCO)
•
uchinchi, iqtisodiy tashkilot (UNIDO);
•
To‘rtinchi, moliyaviy tashkilotlar (MBRR, MVF, MAP, MFK);
•
beshinchi, qishloq ho’jaligi sohasidagi tashkilotlar (FAO I-FAD);
•
oltinchi, aloqa va transport sohasidagi tashkilotlar (IKAO, IMO, VPS,
MSE);
•
yettinchi, metereologiya sohasidagi tashkilot (VMO).
O‘zbekiston Respublikasi BMTdan tashqari uning barcha asosiy ixtisoslashgan
muassasalari a’zosidir.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |