Ozbekiston respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan zamonavij iqtisodij-siyosij va madanij hamkorlik
O’zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik Tashkiloti (ShHT)
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan zamonavij iqtisodij-siyosij va madanij hamkorlikni rivozhlantirishdagi xizmatlari yuneso va yunisef misolida 1992-2013 jillar
O’zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik Tashkiloti (ShHT)
faoliyatidagi ishtiroki Shanxay hamkorlik tashkilotini tashkil etish to'g’risidagi Deklaratsiya 2001 yilning 15 iyunida Shanxay shahrida imzolangan. O’zbekiston Tashkilotning ta'sischilaridan biri hisoblanib, boshqa davlatlar bilan teng ravishda ShHT doirasidagi hamkorlikning istiqboldagi strategiyasini aniqlaydi. ShHT Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mutahkamlash bo'yicha ko'ptomonlama hamkorlik mexanizmi, ochiq va konstruktiv muloqotning, shuningdek turli yo'nalishlarda hamkorlik rivojining maydoni hisoblanadi.
1 Murоdоv Х., Muхаmmаdiеv N, Jаmоlоv G. O’zbеkistоn Jаhоn Hаmjаmiyati sаfidа. – T.: G’.G’ulоm nоmidаgi Аdаbiyot vа sаn’аt nаshriyoti, 2000 y. – B. 39.
20
O’zbekiston ShHT Xartiyasiga zid bo'lmagan Tashkilot doirasidagi barcha asosiy tadbirlarda ishtirok etadi. Tashkilotning asosiy maqsadlari – mintaqada xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, xalqaro terrorizm, separatizm, ekstremizm va uning barcha ko'rinishlariga qarshi kurashish, shuningdek giyohvandlik moddalari va ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishiga qarshi kurashish; ko'ptomonlama o'zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni kengaytirish; gumanitar, ijtimoiy va madaniy sohalarda ko'ptomonlama hamkorlikni amalga oshirishdir. O’zbekiston Tashkilot doirasida o'zaro xarakatlarni to'plash zaruriyati har bir a'zo-davlatning manfaatlariga birday javob beradigan yo'nalishlarda olib borish tarafdoridir, ya'ni – mintaqada barqarorlikni ta'minlash, o'zaro iqtisodiy aloqalar, iqtisodiyotning barqaror o'sib borishi va a'zo mamlakatlarda turmush darajasini oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratishdir. O’zbekiston uchun investitsion hamkorlikni faollashtirish, transport aloqalarini, telekommunikatsiyani rivojlantirish, joylarda yashaydigan aholiga qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish va boshqa ijtimoiy muammolarni bartaraf etish muhim hisoblanadi. 2008 yilning 28 avgustida Dushanbeda o'tkazilgan ShHT sammitida davlatimiz Rahbari o'zining nutqida hamkorlikning boshqa yo'nalishlari bilan bir qatorda ShHT a'zo-davlatlarinig ulkan iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga, yirik ko'lamdagi loyihalarga, jumladan, transport-kommunikatsion aloqalarni ta'minlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy xalqaro logistik markazlarni, savdo va turizmni shakllantirish, yangi korxonalarni barpo etish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga yetarlicha e'tibor qaratilmayotganligiga e'tiborni qaratdi. Prezidentimiz Jahon banki, Osiyo taraqqiyoti banki va arab dunyosida yirik moliya instituti bo'lgan Islom taraqqiyoti banki kabi moliya markazlarining mintaqaviy asosda ShHT a'zo-davlatlari bilan faol hamkorlik imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligini ta'kidladi 1 . 1 Tаrаqqiyot vа hаmkоrlik yo’llаridа. O’zbеkistоn tаshqi siyosаti vа diplоmаtiyasi. –T.:“O’zbеkistоn”,1993 y.- B.20 21
Shu o'rinda, Prezident Islom Karimov aytib o'tganidek, ShHT doirasida Tashkilotning Hindiston, Eron, Pokiston va Mongoliya kabi kuzatuvchi davlatlarining ulkan resurslari va bozorlaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. “Aytish kerakki, bu yerda bizning barcha mamlakatlarimiz uchun haqiqatdan ham ulkan imkoniyatlar yuzaga kelmoqda” 1 , ta'kidladi Islom Karimov. 2009 yilning 15-16 iyun kunlarida Yekaterinburgda o'tgan ShHT sammitida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Tashkilot doirasida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlikni kelgusida kengaytirish va mustahkamlash bo'yicha katta ishlar amalga oshirilganligini, Tashkilot oldida turgan muhim dasturlardagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo'yicha salmoqli qadamlar tashlanganligini ta'kidladi 2 .
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling