banki (OTB) a'zosi sanaladi. 1997 yildan buyon Toshkentda OTB vakolatxonasi
faoliyat yuritmoqda.
O’zbekiston OTBga a'zo bo'lgandan buyon, Bankdan 26 turdagi qarzlar
bo'yicha 1,1 mlrd AQSh dollari hamda texnik hamkorlik doirasida 35,5 mln AQSh
dollari olgan. Respublika OTBning mintaqaviy a'zolari orasida 15– yirik aksioner
va 14 – yirik kreditor hisoblanadi.
O’zbekistonda OTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dastur va
loyihalar 4 ta muhim sohalarga yo'naltirilgan. Bular:
-qishloq xo'jaligi;
-xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
- transport va bojxona tranziti sohalarida mintaqaviy hamkorlik;
- bolalikni himoya qilish va boshlang’ich ta'limni egallashga qaratilgan ijtimoiy
xizmatlarni takomillashtirish.
OTB rahbariyati bilan kelishilgan holda 2009-2011 yillarga mo'ljallangan
hamkorlik dasturi qabul qilingan. Dasturda umumiy hisobda 990 mln AQSh dollari
miqdoridagi 14 ta loyihani amalga oshirilgan. Shundan 470 mln AQSh dollari uzoq
muddatli imtiyozli kreditlar hisoblanadi.
2009 yilning 2-5 may kunlari Bali (Indoneziya) shahrida o'tkazilgan OTB
Boshqaruvchilari Kengashining 42-yig’ilishida, Kengashning 43-yig’ilishini 2010
yil 1-4 may kunlari Toshkent shahrida o'tkazishga qaror qilingan. Bu OTBning
Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi dastlabki Yillik yig’ilishi bo'lgan edi.
1
www.worldbank.org
18
Do'stlaringiz bilan baham: |