Kаrimоv I. А. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining BMT 48-sеssiyasidа so’zlаgаn nutqi. – T.: “O’zbеkistоn”,
16
2006 yil iyun oyida YeXHTning Doimiy kengashi tomonidan Toshkent
shahrida shu vaqtgacha faoliyat yuritgan YeXHT Markazi o'rniga YeXHTning
O’zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi idorasi ta'sis etildi. 2006 yil iyul
oyida O’zbekiston Respublikasi hukumati va YeXHT o'rtasida YeXHTning
O’zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi lavozimini ta'sis etish to'g’risida
Memorandum imzolandi.
Imzolangan Memorandum doirasida respublika vazirlik va idoralari bilan
hamkorlikda 2007 yil 18 ta, 2008 yil 15 ta loyiha amalga oshirildi. 2009 yilda 14 ta
loyiha hayotga tatbiq etilgan.
1992 yil sentyabr oyidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Jahon bankining
teng huquqli a'zosi hisoblanadi. 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasining
“Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro taraqqiyot
assosiasiasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo'yicha
ko'p tomonlama agentlikda O’zbekiston Respublikasining a'zoligi to'g’risida”gi
qonuni kuchga kirdi. Hozir Toshkentda Jahon bankning vakolatxonasi faoliyat
yuritmoqda.
Jahon bankining XRTB yo'nalishi bo'yicha mamlakatga 2008-2011 yillarga
mo'ljallangan iqtisodiy yordam strategiyasi amalga oshirildi. Ushbu strategiya
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007 yil avgust oyida
tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining aholining turmush tarzini yaxshilash
bo'yicha 2007-2010 yillarga mo'ljallangan Dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Jahon bankining mamlakatga ko'mak berish bo'yicha 2008-2011 yillarga
mo'ljallangan Strategiyasi doirasida davlatning ustuvor yo'nalishlarini qo'llab-
quvvatlash uchun amalga oshirilgan dasturlar to'plami asosiy 4 yo'nalishga
qaratilgan:
1) iqtisodiy o'sish uchun sharoitni yaxshilash;
2) qishloqlarda iqtisodiy o'sish imkoniyatlarini oshirish;
3) aholiga xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirish;
17
4) atrof-muhitni boshqarish hamda global ommaviy ehtiyojlarning taqdim
etilishi.
O’zbekiston 1992 yil iyul oyida Jahon Bankiga a'zo bo'lgandan buyon, 16
loyihani moliyalashtirish uchun XRTB va XRA dan 717 million AQSh dollari
hajmida mablag’ jalb qildi.
2008-2010 yillarda 300 mln AQSh dollari miqdorida kredit resurslari berildi
1
.
O’zbekiston Respublikasi 1995 yil avgust oyidan buyon
Osiyo taraqqiyot
Do'stlaringiz bilan baham: