Ozbekiston respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan zamonavij iqtisodij-siyosij va madanij hamkorlik


Yevro-Atlantika hamkorlik kengashi (EAHK) va


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/90
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#231690
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
Bog'liq
ozbekiston respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan zamonavij iqtisodij-siyosij va madanij hamkorlikni rivozhlantirishdagi xizmatlari yuneso va yunisef misolida 1992-2013 jillar

Yevro-Atlantika hamkorlik kengashi (EAHK) va  

«Tinchlik yo'lida hamkorlik» (TYH) dasturi doirasida O'zbekiston va 

Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) hamkorligi to'g'risida 

O'zbekiston  va  NATO  o'rtasidagi  hamkorlik  1994  yil  13  iyulda  tasdiqlangan 

NATOning  «Tinchlik  yo'lida  hamkorlik»  dasturining  Doiraviy  bitimiga  muvofiq 

hamda  1996  yildan  boshlab  har  yil  ishlab  chiqariladigan  hamkorlikning  muhim 

sohalarini  qamrab  oladigan  (harbiy  ta'lim,  mudofaa  siyosati,  terrorizmga  qarshi 

kurash,  ilmiy  izlanishlar,  favqulodda  holatlarda  fuqarolar  muhofazasini 

ta'minlashni  rejalashtirish)  sherikchilik  bo'yicha  individual  dasturlar  doirasida 

amalga oshirib kelinmoqda. 

O'zbekiston  va  NATOning  YeAHK  doirasidagi  maxsus  yig'ilishlarida, 

jumladan  YeAHKning  tashqi  ishlar  va  mudofaa  vazirlari,  elchilar,  siyosiy 

qo'mitalar,  oliy  harbiy-siyosiy  qo'mitalar,  «Tinchlik  yo'lidagi  fan»  bo'yicha 



19 

 

Qo'mitasi  va  fuqarolar  muhofazasi  bo'yicha  Qo'mitasi  yig'ilishlarida  ishtirok  etib 



kelmoqda

1



Xalqaro  ilmiy-texnikaviy  hamkorlikni  rivojlantirishda  NATOga  a'zo 

mamlakatlar bilan hamkorik, ya'ni NATOning Fan qo'mitasi alohida ahamiyat kasb 

etadi. So'nggi yillardagi O'zbekistonning NATOga a'zo davlatlar bilan hamkorligi 

tajribasi  uning  juda  samarali  ekanligini  ko'rsatmoqda.  Hozirgi  paytda 

O'zbekistonda  NATO  bilan  informatsion  texnologiyalar,  tibbiyot  va  boshqa  qator 

loyihalar  amalga  oshirilmoqda.  2007  yil  may  va  2008  yil  oktyabr  oylarida 

NATOning 

Fan 


qo'mitasi 

raisi 


K.Uspelerning 

O'zbekistonga 

tashrifi 

hamkorlikning yanada yangi bosqichlarga ko'tarilishiga turtki bo'ldi. 

2008  yil  3  aprelda  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  NATO 

Bosh  kotibi  Ya.Sxefferning  taklifiga  binoan  NATO/EAHKning  Buxarest 

shahridagi  sammitida  ishtirok  etdi  va  Afg'onistonda  barqarorlikni  ta'minlash 

maqsadida «6+3» Guruhini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. 

O'zbekiston  va  NATO  o'rtasidagi  ikki  tоmonlama  aloqalarni  rivojlanish 

masalalarini muhokama kilish maqsadida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari 

bo'yicha NATO Bosh kotibining maxsus vakili R.Simmons respublikaga bir necha 

bor tashrif buyurgan. 




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling