Ozbekiston respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan zamonavij iqtisodij-siyosij va madanij hamkorlik
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan zamonavij iqtisodij-siyosij va madanij hamkorlikni rivozhlantirishdagi xizmatlari yuneso va yunisef misolida 1992-2013 jillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MADANIY-GUMANITAR SOHADAGI XALQARO HAMKORLIKLAR
Jahon metereologiya tashkiloti 1947 yilda tashkil etilgan, qarorgoxi
Jenevada. Xalqaro metereologiya tashkilotining asosiy maqsadi metereologiya bo‘yicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish, metereologiya xizmatining mukammallashib borishini ta’minlash va uning yutuqlaridan aviatsiya, qishloq ho’jaligi, kemalar qatnovida va boshqa sohalarda foydalanishdir. Uning tezkor dasturi asosini bugun dunyo ob-havo xizmati tashkil etadi 1 .
1 Lаfаsоv M. O’zbеkistоn Rеspublikаsining хаlqаrо аlоqаlаri. – T., 1995 y. – B. 23. 31
Boy tarixiy, madaniy va manaviy merosga ega bo’lgan O’zbekistonda horijiy mamlakatlar bilan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga katta etibor beriladi. Mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik madaniyat, sanat, ta’lim, ilm-fan, turizm, tibbiyot, sport va boshqa yo’nalishlarni qamrab oladi. Tegishli hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar asosida ikki tomonlama madaniy, ilmiy-texnik va gumanitar hamkorlik dasturlari tuzilib, amalga oshirilmoqda. O’zbekiston vakillari madaniy-gumanitar sohadagi nufuzli xalqaro ko’rgazmalar, festivallar, tanlovlar, anjuman va forumlarda ishtirok etib kelmoqdalar. O’zbekistonda ham “Asrlar sadosi” ananaviy madaniyat festivali, Zamonaviy sanat Toshkent biennalisi, Toshkent xalqaro fotobiennalisi, “Theatre.UZ” Xalqaro teatr festivali kabi xalqaro madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda. 2011 yil oktyabr oyida birinchi Zamonaviy kino Toshkent xalqaro festivali bo’lib o’tdi. O’zbekiston jozibador turistik yo’nalish bo’lib, ko’plab horijiy sayyohlarni o’ziga jalb qilib kelmoqda. Respublika xududida turli davr va sivilizatsiyalarga oid 4000 dan ziyod memorlik va sanat obidalari mavjud. Ularning bir qatori UNESCOning butunjahon madaniy merosi ro’yhatiga kiritilgan. Turistik salohiyatni yuksaltirish va mamlakatga tashrif buyuruvchi horijiy sayyohlar sonini oshirish maqsadida “Uzbekturizm” Milliy kompaniyasi TIV va chet ellardagi vakolatxonalar bilan hamkorlikda horijiy turistik idoralar, turoperatorlar va ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari uchun Uzbekistonga maxsus tanishuv safarlarini (mega-info-tourlarni) amalga oshirmoqda. Mazkur loyiha 2011-2015 yillarga mo’ljallangan bo’lib, uning doirasida yilning mart, iyun, avgust va noyabr oylarida horijiy turoperatorlar va OAV vakillari O’zbekistondagi diqqatga sazovor tarixiy-madaniy obidalar va viloyatlardagi mavjud turistik salohiyat bilan yaqindan tanishadilar. O’zbekistonda sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va respublika sportchilarining xalqaro olimpiyadalar, turnirlar va musobaqalarda 32
muvaffaqiyatli ishtirok etishini taminlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston vakillari Olimpiya o’yinlari, Osiyo chempiyonati va kuboklari, Osiyo o’yinlari va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda yuzlab sovrinlarni qo’lga kiritib kelmoqda. Hozirda 30 dan ortiq sport turlari bo’yicha O’zbekiston milliy federatsiyalari xalqaro federatsiyalar tarkibiga kiradi va turli darajadagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqiga ega. O’zbek milliy sporti – Kurashni horijda rivojlantirish va ommalashtirishga alohida etibor berilmoqda. Xalqaro kurash uyushmasi tomonidan mazkur sport turini Olimpiya o’yinlari rasmiy musobaqalar dasturiga kiritilgan. Evropa, Osiyo, Afrika, Okeaniya va Amerika kontinental kurash federatsiyalari, 117 mamlakatda milliy kurash federatsiyalari faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunga qadar 15 ta kurash bo’yicha jahon chempiyonati hamda 300 dan ortiq xalqaro musobaqalar turli mamlakatlarda o’tkazildi. 2003 yilda kurash Osiyo Olimpiya Kengashi rasmiy
sport turi
sifatida etirof
etildi. Ommabop sport turi – futbol ham O’zbekistonda jadal ravishda rivojlanib bormoqda. 2011 yil Qatar poytaxti Doxada bo’lib o’tgan Osiyo Kubogi uchun musobaqalarda futbol bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi faxrli 4 o’rinni egallashga muyassar bo’ldi. FIFA qaroriga binoan, muhim xalqaro sport tadbirlaridan biri – yosh ayollar futbol jamoalari o’rtasida Jahon chempiyonati 2012 yilda Toshkent shahrida bo’lib o’tdi.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling