"Bolaga do’stona munosabatda bo’lish maktab tashabbusi" Bolalar
huquqi va ilk hayotiy ta’lim olish ko’nikmasi va bilim berishga asoslangan bolaga
urg’u berilgan interaktiv yuksalishni o’z ichiga oladi. Shu bilan birga UNICEF
umumta’lim maktablarida 1-9 sinflarga zamonaviy interaktiv o’qitishni ta’minlash
maqsadida o’qituvchilarning kasbiy malakasini oshirishga yordam beradi. Bu
loyiha mamlakatning sinov dasturi o’tkazilayotgan 5 ta viloyatida amalga
oshiriladi: Qoraqalpog’iston Respublikasida, Xorazm, Farg’ona, Toshent viloyati
vaToshkent shahrida va 600 ming bola taxsil oladigan 725 maktabni qamrab oladi.
Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun dasturlarni ishlab
chiqish orqali BDMM (Bolalarga do’stona munosabatda bo’lish maktablari)
paketining qismi doirasida davom etadi. UNICEF Xalq ta’limi vazirligi bilan
birgalikda Respublikaning 4 viloyatidagi umumta’lim maktablarida o’ziga xos
ehtiyojga ega bo’lgan 560 bolaning integratsiyasi bo’yicha ishlaydi. Inklyuziv
ta’lim qayta ko’rib chiqilgan Ta’lim to’g’risidagi qonunga ham kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |