xizmat ko’rsatish bilan ta’minlash. Mingyillik Rivojlanishning 6 maqsadi: yuqumli
UNICEF OIV/OITSning bolalarga zararli ta’siri haqida ma’lumotni yetkazish
bo’yicha "Bolalar uchun birlashing – OITS ga qarshi birlashing " deb nomlanuvchi
5 yillik kompaniyasini o’tkazyapti. Kompaniya 5 komponentdan iborat: OIVning
onadan bolaga yuqishi profilaktikasi; OIV/OITSdan azob chekayotgan bolalar
himoyasini ta’minlash, zaif bolalarni parvarish va himoya qilish; o’smirlarni
profilaktika qilish va pediatrlik muolajalarini olish dasturlariga ko’mak berish.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun UNICEF e’tiborini quyidagilarga jalb
62
• Axloqni o’zgartirishga qaratilgan kommunikatsion strategiyalarni o’tkazish
orqali o’smirlarning zaif guruhlari va yoshlarga yo’naltirilgan "tengga teng’ ta’lim
berish.
• OIV/OITS bilan bog’liq bo’lgan va asosan o’smirlarning zaif guruhlari uchun
OIV/OITSni davolash va yordam ko’rsatish, parvarish, profilaktikasiga
yo’naltirilgan yoshlarga do’stona tibbiy xizmatlar
1
. Yoshlarga do’stona tibbiy
xizmatlar standartlari Farg’ona vodiysi va Toshkent shahrida o’tkaziladigan sinov
loyihalarining ijobiy natijalaridan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi
Hukumati tomonidan tasdiqlangan. Sinov loyihalari o’tkazilayotgan viloyatlar
xokimliklari o’smirlarning zaif guruhlari va kuratorlik tuzulmalari yaqinlashishi
uchun yaxshi imkoniyat yaratib bergan "OIV profilaktika siyosati"ni tasdiqladilar.
Shu vaqtda Sog’liqni saqlash viloyat bo’limlari bu o’smirlarning ixtisoslashtirilgan
yordam olishi uchun yo’naltirishda Yagona identifikasialangan kod tizimi
foydalanishga ruxsat beruvchi buyruqni berishdi.
• Mamlakatdagi besh zaif viloyatlarda tibbiy muassasalar salohiyatini oshirish
orqali onadan bolaga OIV yuqishi profilaktikasi. Asosiy urg’u onadan bolaga OIV
yuqishi perinatal tizim integratsiyasiga qaratilgan.
• O’zbekiston Hukumati 2007-2011 yillarga mo’ljallangan OIV/OITSga qarshi
kurash Milliy Strategiyasini qabul qildi. UNICEF yoshlar uchun profilaktika
komponentini qo’shgan holda umumiy kommunikatsion strategiya ishlab chiqishda
ko’mak berdi
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: