O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Tomonlarning majburiyatlarilari va ma’suliyati


Download 0.57 Mb.
bet60/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   112

Tomonlarning majburiyatlarilari va ma’suliyati


O‘zbekiston Respublikasida 1998- yilning 29- oktyabrida «Lizing to‘g‘rishida»gi qonun qabul qilindi Qonun bir necha bandlari o‘yicha FK lizing munosabatlarini tartibga solish umumiy tizimiga «mos» kelmagani uchun u adabiyotda salbiy baho oldi. Shu bois, 2002- yilning 29- yanvarida qonunga jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi.
Masalan, qonunning birinchi taxriridagi (1998- yilning 29- oktyabri) 10- moddaning 1-bandiga ko‘ra, «lizing shartnomasi ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari, xalqaro lizing shartnomasidan tashqari, fuqarolik qonunchiligi me’yorlari bilan tartibga solinadi». «Xalqaro lizing shartnomasi ishtirokchilarining huquqi va majburiyatlari esa «O‘zbekiston Respublikasi UNIDRUAning xalqaro moliyaviy lizingi haqidagi Konvensiyasiga qo‘silishi to‘g‘rishida»gi FK ga muvofiq, xalqaro huquqning tartibga solishga oid me’yorlariga zid kelmagan milliy huquqi me’yorlari bilan tartibga solinadi . Bevosita ta’rifga amal qilsak, qonun xalqaro shartnomalarni lizing (ichki lizing) shartnomalarini tartibga soluvchilar qatoriga kiritmagan va Konvensiyani xalqaro lizingga nisbatan ishlatilishi «cheklagan».
Qonunning bu qoidalari ma’noga ega emas edi, chunki xalqaro shartnoma, jumladan UNIDRUA Konvensiyasi, O‘zbekiston Respublikasiqonuni bu borada nimani nazarda tutganidan qat’iy nazar, munosabatlar uning ta’siri ostiga tushgan barcha hollarda ishlatiladi. Shuning uchun qonunning birinchi taxririda Konvensiyaga ishoralar olib tashlangan edi.


    1. Xalqaro lizing haqidagi MDH Konvensiyasi


1998- yildagi xalqaro lizing haqidagi MDH Konvensiyasi. MDH doirasida 1998- yilda xalqaro lizing haqida Konvetsiya qabul qilindi. Konvensiyaning kirish so‘zida aytilishicha, u MDH iqtisodiy Ittifoqini tashkil qilish shartnomasi bandlari va 1988- yildagi xalqaro moliyaviy lizing haqidagi UNIDRUA Konvensiyasi asosan ishlab chiqildi. Konvensiyadan faqat lizing loyixalarni, Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan, hamida ikki davlatning lizing kompaniyalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari amalga oshirganda foydalaniladi. MDH Konvensiyasi lizingni (moliyaviy ijarani) investitsiya- tadbirkorlik faoliyati deb ta’riflaydi.
Konvensiyada lizingning bir nechha turini ajratishadi – tezkor, qaytarma, kompensastiyali, barter, shuningdek tomonlarning majburiyatlari batafsil
belgilangan. UNIDRUA Konvensiyasidan farqliroq, MDH Konvensiyasi yuk yetkazib beruvchining lizing predmeti bo‘lgan narsani topshirishga oid majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq, lizing predmetini lizing oluvchi tomonidan qabul qilishga oid majburiyatlari bilan bog‘liq. Tavakkalchilikning o‘tishi va boshqalar bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi. Lizing asbob-uskunasini yetkazib berish majburiyatlarini (7,8- moddalar) belgilash vaqtida, shuningdek, tavakkalchilik o‘tish vaqtida (9-modda) tovarlarning xalqaro savdo-sotiq shartnomalari haqidagi Vena Konvensiyasining ta’siri kuchlidir.
Konvensiya bir qator kollizion me’yorlardan iborat:

  1. lizing shartnomasi shakli, tomonlarining huquqi va majburiyatlari ushbu shartnoma tuzilayotgan davlatning milliy qonunchiligi va Konvensiya bilan belgilanadi;

  2. lizing shartnomasiga yo‘llanishi kerak bo‘lgan huquqga nisbatan tomonlar o‘rtasida kelishuv mavjud bo‘lmasa, lizing beruvchi tomon ta’sis etilgan , joylashgan yoki faoliyatining asosiy joyi hisoblangan davlat huquqi ishlatiladi (6-modda). Ko‘rinib turibdiki, kollizion me’yorlar yaxshi ta’riflanmagan: tomonlarning huquqlari va majburiyatlariga qo‘llanishi mumkin bo‘lgan huquqini belgilash chog‘ida turli kollizion bog‘lashlar o‘rtasida raqobat yuzaga keladi. Bir tomondan, shartnoma tuzilgan joy qonunchiligi, boshqa tomondan – iroda avtonomiyasi, u bo‘lmaganda – lizing beruvchi huquqi.

MDH Kovensiyasi kuchga kirgandan so‘ng u UNIDRUA Konvensiyasi bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin. Konvensiyalarning bandlariga ko‘ra ular boshqa xalqaro shartnomalar amallarini bajaradilar (mos ravishda, 16 va 17-modda). Agar Konvensiyalar ta’siri sohasi ustma-ust tushib qolsa, birinchi navbatda UNIDRUA Konvensiyasi ishlatish lozim, chunki MDH Konvensiyasiga kirish so‘zida aytilishicha, u UNIDRUA Konvensiyasi qoidalaridan kelib chiqadi.



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling