Oʻzbekiston respublikasi,"Qizil kitobiga"kiritilgan baliqlar turlari zoogeografiyasi bilan tanishish
Download 1.86 Mb.
|
1 2
Bog'liqOʻzbekiston res-WPS Office
Suyakli baliqlar (Osteichthyes) — umurtqali hayvonlar sinfi. Quyi devon davridan maʼlum. Uz. 0,7—1,1 sm dan 5—7 m gacha, baʼzan undan koʻproq; vazni 1,5 t gacha. Ichki skeleti birmuncha suyaklangan, baʼzi turlarida togʻaydan iborat. Tangachalari ganoid, kosmoid yoki suyakdan tuzilgan. Dum boʻlaklarini togʻay yoki suyak nurlar ushlab turadi. Jabralari toʻsiq bilan boʻlinmagan, jabra teshiklari jabra qopqoqlari bilan yopilgan. Ayrim turlarining suzgich pufagi ikkilamchi tarzda yoʻqolib ketgan. Urugʻlanishi, odatda, tashqi; ayrim turlari tirik tugʻad
Osmoregulyasiya jabralar va teri orqali ortiqcha suvning chiqarilishi orqali amalga oshadi. Dengiz Suyakli baliqlarda bu jarayon buyrak va jabralar orqali amalga oshadi. Osmoregulyasiya jarayonining keng diapozonga ega boʻlishi tufayli Suyakli baliqlar har xil shoʻrlangan suvlarda yashay oladi. Oʻtkinchi baliqlar dengizdan chuchuk suvga, chuchuk suvdan dengizga oʻtishi mumkin. Suyakli baliqlar parrak suzgichli va nur suzgichli kenja sinflarga boʻlinadigan 33 turkum 420 oila va 20000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston suv havzalarida Suyakli baliqlar ning 8 turkum, 14 oilaga mansub 48 turi tarqalgan. Suyakli baliqlar ning 18 turi, jumladan 3 ta Oʻrta Osiyo endemik turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Orol moʻylovdori (Barbus brachycephalus brachephalus) — karpisimonlar turkumiga va karplar oilasiga mansub baliq. Kalta boshli moʻylovdorning kichik turi[1]. Orol dengizi havzasida yashaydi. Oʻrta Osiyoning boshqa koʻl va daryolari uchraydi. Tanasi qayrilma, umumiy rangi kumushrang, orqa tomoni quyuq kulrang, qorin va juft qanotlari yorqin rangda. Uzunligi 111 sm gacha, vazni 23 kg gacha. Oʻtkinchi baliq. Aprel oyining oxiridan avgustgacha 17-22 °C haroratda urchiladi. Qimmatbaho tijorat baliqlaridan sanaladi. U yoʻq boʻlib ketish arafasida turibdi. Qozogʻiston va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Karaslar (Caras sius) — karpsimonlar oilasiga mansub chuchuk suv baliqlari urugʻi. Tanasining uz. 45 sm gacha, vazni 3 kg gacha. 2 turi, jumladan, Oʻzbekiston suv havzalarida kumushtovon karas (Carassius afi nus gibello Bloch) uchraydi. Tanasining shakli zogʻora baliqnikiga oʻxshaydi, lekin moʻylovining boʻlmasligi bilan undan farq qiladi. Yirik suyak tangachalar bilan qoplangan tanasining orqa tomoni och yashil yoki toʻq jigarrang , yon tomonlari tillarang tusda. Juft suzgichlari qizgʻish. Sekin oqadigan, tubi loyqa suv havzalarida uchraydi. Mayda suv hayvonlari, fitoplankton va oʻsimliklar bilan oziqlanadi. 2—4 yoshida voyaga yetadi. Bahor va yoz oylarida uchraydi. Suv oʻsimliklari orasiga 160—400 ming uvildiriq sochadi. Kumushtovon galasi, odatda, faqat urgʻochi baliqlardan iborat. Erkaklari nihoyatda kam uchraydi. Uvildirigʻini boshqa yaqin turlar otalantiradi. Uvildiriqdan urgʻochi baliqlar chiqadi. Oʻzbekistonda Sirdaryo, Amudaryo, Surxon va Zarafshon vodiysi suv havzalarida uchraydi. Qizil kitobga kiritilgan "Karas baligʻi" (Caras Sius) Thanks The original PowerPoint Template LOGO Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling