O’zbekiston Respubliksi Oliy va o’rta maxsusu ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedogogika insituti


Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyot tarkibidagi o‘zgarishlar


Download 80.78 Kb.
bet2/2
Sana04.04.2023
Hajmi80.78 Kb.
#1327102
TuriReferat
1   2
Bog'liq
3 mustaqil ish

Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyot tarkibidagi o‘zgarishlar


Iqtisodiy o‘sish jarayoni jamiyatdagi bir qator miqdoriy va sifat
jihatdagi o‘zgarishlar bilan kuzatiladi. Sulardan birinchi navbatda
iqtisodiyotning tarkibiy transformatsiyasini alohida ko‘rsatish kerak.
Iqtisodiy o‘sishni ko‘zlagan mamlakatlarda birinchi navbatda
qishloq xo‘jaligining milliy mahsulot va bandlikdagi ulushini
kamayishi bilan tavsiflanadi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra,
AQSHda 1920-yilda ishchi kuchining 70 %i qishloq xo‘jaligida
band bo‘lgan, bu ulush 1941-yilga kelib 20 %dan kamni va 1987-
yilga kelib atigi 3 %ni tashkil qilgan. Yaponiyada qishloq xo‘jaligida
band bo‘lgan ishchi kuchining ulushi 1879-yildagi 72%dan, 1930-
yillarga kelib 30 %gachani, 1980-yillaming oxirlarida 8 %ni tashkil
qilgan. Belgiyada 1846-yilda qishloq xo‘jaligida ishchi kuchining 51
% ishtirok etgan bo‘lsa, 1947-yilda 12,5 %, 1970-yilda 7 %ni tashkil
qilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar iqtisodiy o‘sish nafaqat qishloq xo‘jaligining umumiy milliy ishlab chiqarishdagi ulushi qisqarishi bilan,
balki ushbu jarayonning tezlashuvi bilan ham kuzatiladi. Agar,
qishloqdagi band bo‘lganlaming ulushini 50 %gacha kamaytirish
uchun bir necha yuz yilliklar talab qilinsa, ko‘pgana rivojlangan
mamlakatlarda so‘nggi 100 yil ichida 40-50 %ga qisqarishi tarkibiy
transformatsiyaning yuqori tezligiga guvohlik beradi.
Iqtisodiy adabiyotda “Iqtisodiy o‘sish” va “Iqtisodiy rivojlanish”
tushunchalari mavjud. Turli iqtisodiy maktab va yo‘nalishlaming
vakillari bir necha bor o‘sish va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi
muammolariga murojaat qilishgan. Mazkur tushunchalar ba’zan birbiriga tenglashtirilgan bo‘lsa-da, ammo ko‘pchilik hollarda ular birbiriga mos mazmun mohiyatni bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish
iqtisodiy o‘sishning jabhalaridan biri hisoblanadimi, yoxud aynan
“rivojlanish”, “o‘sish”ni o‘z ichiga oluvchi keng tushuncha sifatida
qabul qilish lozimmi? Bugungi kunda mazkur savolga berilayotgan
javoblar ichida umumqabul qilingan, yakdil fikrlar mavjud emas.
Yozef Shumpeter iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish
o‘rtasidagi tafovutlami ko‘rsatib beradi. Buning ifodasi sifatida u,
o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” asarida pochta karetalari va
temir yoMlardan foydalanishni taqqoslagan holda, misol keltiradi.3 Y.
Shumpeter iqtisodiy o‘sishni miqdoriy o‘zgarishlar - bir vaqtning
o‘zida ayni bir xil tovar va xizmatlami ishlab chiqarish va iste’mol
qilishning o‘sishi, iqtisodiy rivojlanishni esa, ishlab chiqarish,
mahsulot va xizmatlar, boshqaruv, iqtisodiy faoliyat turlari va hayot
faoliyatining boshqa sohalaridagi yangiliklar va ijobiy sifat
o‘zgarishlari sifatida izohlaydi. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiy o‘sish
borasidagi tadqiqotlarda “iqtisodiy o‘sish” va “iqtisodiy rivojlanish”
tushunchalari o‘xshash qarashlar ham, keng tarqalganligini inobatga
olish zarur. Masalan, professor K.X, Oppenlender o‘z fikrini
quyidagicha shaklda ifoda etadi: “Biz o‘sish va rivojlanishni
sinonimlar sifatida tushunamiz. 0 ‘sish va rivojlanish o‘rtasidagi
farqlanishlar sun’iydir”.
Iqtisodiy o‘sish ko'proq yalpi ichki mahsulotning o‘sishi bilan,
iqtisodiy rivojlanish esa - farovonlikning o‘sishi bilan uyg‘unlashadi;
• Iqtisodiy o‘sishga iqtisodiy jihat (oraliq tavsifga ega bo‘lgan
mahsulot ishlab chiqarish) xos bo‘lgani holda, iqtisodiy rivojlanishga
ijtimoiy jihat xosdir, bunda jamiyat farovonligining o‘sishi pirovard
maqsad sifatida namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sish mavzusi bilan bog‘liq holda sifat kategoriyasi
haqida so‘z yuritilganda nimani nazarda tutishimiz lozim? Sifat - bu
avvalo, iqtisodiy o‘sish jarayonlarining amalga oshish tavsifidir.
Iqtisodiy o‘sishning tavsifi esa - bu uning turli tuman
xususiyatlarining yig‘indisi hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishning tavsifini
farovonlik tamoyili bo‘yicha talqin qilishimiz mumkin. Masalaga
oydinlik kiritish maqsadida shuni ta’kidlashimiz lozimki, yalpi ichki
mahsulot - farovonlikning moddiy asosi sanaladi. Ammo, shuning
bilan bir qatorda atrof-muhit va milliy boylikni ham esdan
chiqarmasligimiz lozim. Yuqoridagi fikrlarga qo‘shimoha ravishda
ijtimoiy tashkil etuvchilar: ma’naviy-axloqiy jihatlar va millatning
madaniyati va qadriyatlariga ham alohida e’tibor qaratish talab etiladi.
Keyingi paytlarda iqtisodiyot nazariyasidagi mazkur zamonaviy
yondashuvlarga inson baxti aholi farovonligi tushunchasini qo‘shish
ko‘zga tashlanmoqda. Iqtisodiy o‘sish sifati — bu kuzatuvchi
tomonidan farovonlik me’zonining iqtisodiy o‘sish tamoyili bo‘yicha
tasniflanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy o‘zgarishlar jarayonidir.
Iqtisodiy o‘sish sifatining mohiyati - bu mamlakat yalpi ichki
mahsuloti kategoriyasining to‘laligicha jamiyat farovonligi
kategoriyasigatransformatsiyalanishidir.
Download 80.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling