O’zbekiston respublirasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


Sanitariya gigiеna va хavfsizlik tехnikasi qоidalari


Download 298.69 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi298.69 Kb.
#1327729
1   2   3   4
Bog'liq
Matkarimova Shaxnoza Non va non mahsulotlari

Sanitariya gigiеna va хavfsizlik tехnikasi qоidalari.
O’quv xonasi sanitariya-gigiyena talablari, mehnat va xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga javob berish kerak.Mashg'ulot boshlanishidan oldin o'quv xonani yoki ishlab chiqish uchun mo'ljallangan xonani ko'zdan kechirish lozim. Xonaning xarorati 19-21°C bo’lishi lozim. Xona o’z vaqtida shamollatib turiladi. Xonaning xavosi deraza, eshik orqali hamda mexanik usulda vintelatordan foydalanib, tozalanishi lozim. Bundan tashqari, qish faslida xonani maxsus isitish tarmoqlari yordamida isitish lozim.Odatda xona tabiiy va sun'iy ravishda yoritilishi, va yorug'lik chap tarafda tushishi kerak. Yoritish yaxshi bo’lmasa, mexnat qobilyati pasayadi, ko’z toliqadi va shikastlanishi mumkin. O’quvchilarning mexnat qobilyatlari yanada yaxshi bo’lishi uchun xonalarni quyosh tushishiga qarab och ranglarga bo’yash kerak. Ish joylarni yoniga o’ziga mos bo’lgan maxnat xavfsizligi qoidalari osib qo’yiladi. Xonada birinchi yordam ko’rsatishda zarur bo’ladigan dori quti, albatta, bo’lishi kerak. Dori qutisi yonida eng yaqin davolash maskanining manzili va unga borish chizmasi osib qo’yilgan bo’lishi kerak.
Xavfsizlik qoidalari mehnat jarayonida xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. Tikuvchilik darslarida mashinalarda, dazmollar va qo‘l asboblarini ishlatayotganda qo‘lga igna kirib ketishi, qo‘lni nimadir kesib olishi, mashinalarning aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni o‘rab ketishi, dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi va hokazo natijasida o‘quvchilardan birontasi jarohatlanib qolishi mumkin.Tashqaridan kiyim tikish xavfsiz ko'rinishi mumkin. Ammo bu unday emas, igna, to'g'nag'ich (bulafka) yoki qaychi bilan beparvolik bilan muomala qilish jarohatlarga olib kelishi mumkin va elektr tikuv mashinasi murakkab va xavfli qurilmadir. Shu sababli, korxonada, uyda yoki maktabda texnologiya darslarida tikishda xavfsizlik choralariga rioya qilish kerak. Bu jarohatlar va baxtsiz hodisalardan saqlanish, shuningdek ishchilar sog'lig'ini saqlashga yordam beradi.
Nimadan ehtiyot bo'lish kerak? Kiyim tikishda xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan asboblardan foydalaniladi. Har qanday o'tkir narsalar kesilishga va boshqa jarohatlarga olib kelishi mumkin, elektr jihozlari - kuyish va elektr toki urishi. Ko'pincha baxtsiz hodisalar quyidagi sabablarga ko'ra sodir bo'ladi:
-ish joyini noto'g'ri tashkil etish;
-ortiqcha ish, mehnatni muhofaza qilish bo'yicha sanitariya me'yorlariga
rioya qilmaslik;
-tikishda xavfsizlik qoidalarini bilmaslik.
Noto'g'ri tashkillashtirilgan ish maydoni tufayli siz noto'g'ri joyda qoldirilgan ochiq qaychi, igna bilan o'zingizga shikast yetkazishingiz va yaqin atrofdagi dazmolda kuyishingiz mumkin. Bundan tashqari, xavf nafaqat xodimning o'ziga, balki uni o'rab turganlarga ham tahdid solishi mumkin. Igna yoki pin ustiga urinayotganda polga tushgan yoki kiyimda qoldirilgan o'tkir narsalar jarohat yetkazishi mumkin.Ignalarni yo'qotish ayniqsa xavflidir. Agar ish joyi to'g'ri tashkil etilmagan bo'lsa, tikuvchi bunday ob'ekt tushib qolganini sezmasligi mumkin. Yerdagi ignani ko'rish qiyin, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumumk. Gigiyеna qoidalari ham juda muhimdir. Ular ish joyini qanday yoqish kerakligini, qancha soat ishlashingiz mumkinligini aniqlaydilar. Bu ortiqcha ishlamaslik va e'tiborsizlikdan qochishga yordam beradi.Ammo asosiy talab xavfsizlik qoidalariga rioya qilishdir. Ishlayotganda siz nihoyatda ehtiyotkor bo'lishingiz kerak. Ishga kirishishdan
oldin, ish xalati yoki fartuk kiyishingiz kerak. Sochlar ro'mol ostida yashiringan bo'lishi kerak. Ish joyida tartib bo'lishi kerak, barcha asboblar o'z joylariga qo'yilgan, igna va pinalar maxsus qutilarga solingan bo'lishi lozim. Barcha keraksiz narsalarni olib tashlashimiz kerak.Qo'pol yoki to'mtoq ignalar bilan ishlamang, chunki ular matoni yaxshi teshmaydi. Asboblardan aniq maqsadlari uchun foydalaning. Ipni tishingiz bilan tishlamang, uni qo'lingiz bilan uzmang. Mato qoldiqlarini, chiqindilarni, singan asboblarni yеrga tashlamang. Sinfda yoki ishlab chiqarishda ishlaganda, sumkalar va boshqa narsalar yo'lakda qoldirilmasligi kerak. Texnologiya darsidagi o'quvchilar faqat o'qituvchi ruxsat bergan harakatlarni bajarishlari kerak. 16 yoshdan oshgan bolalarga mustaqil ravishda ishlashga ruxsat beriladi va faqat batafsil ko'rsatmalardan so'ngi xavfsizlik qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. Tikuvchilikni o‘rganuvchilar uchun bu qoidalar asosan ikki guruhga bo‘linadi:
1. Qo‘l va mashina ishlarida ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishi kerak:
- mashinalar, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligi tekshirib turiladi.
Ish boshlashdan oldin ish o‘rni saranjomlanib olinadi, mashinada barmoqqa igna kirib ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich tasma to‘sig‘i, mashinani ishga tushirish joylarida izolatsiya g‘iloflari bor-yo‘qligi tekshiriladi va hokazo;
- elektr simlariga ip, latta, simchalar osmaslik lozim, aks holda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. Elektr o‘tkazuvchi simlarda nuqson sezilsa, darhol elektromontyorga xabar berish lozim.
-elektr dvigatelni o‘chirmasdan mashinaga moy surtish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi;
-ish o‘rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo‘yilmasligi kerak;
- ish o‘rinlari orasidagi yo‘lni to‘sib qo‘ymaslik lozim.
2. Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilish kerak:
- elektr dazmolda ish boshlashdan oldin elektr o‘tkazgich simning izolatsiyasi tekshirib ko‘rilishi lozim;
- dazmol, shtepsel rozetkasi, vilkaning tok o‘tkazuvchi qismlariga qo‘l tekkizish mumkin emas;
- dazmolning sozligiga ahamiyat berish zarur (korpusda qisqa tutashuv bo‘lsa, ishlayotganda qo‘lga salgina igna sanchilgandek bo‘ladi);
- ishlayotganda tok o‘tkazuvchi sim dazmolga tegib turmasligi kerak;
- dazmolning o‘ta qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim;
- dazmol, shtepsel rozetkasi, vilka buzuq bo‘lsa, ishni to‘xtatib, elektromontyorni chaqirish kerak.
Yengil sanoat, xususan, toʻqimachilik sanoatining jadal rivojlanishi kishilar didining tinimsiz oʻsib borishi, xalqlar orasidagi aloqalarning kuchayishi kiyim modasining tez-tez oʻzgarib turishiga olib keladi; hayot ham shuni taqozo qiladi. Ayniqsa, ayollar kiyimlari modasi tez-tez oʻzgarib turadi. Hozir kiyim inson tanasini tashqi taʼsirlardan asraydigan vosita boʻlish bilan birga oʻziga va atrofdagilarga estetik zavq bagʻishlaydigan badiiy sanʼat asariga ham aylanib bormokda. Kiyim tikishda turli-tuman bezak materiallardan, kashtalardan foydalaniladi.
Non
Non xamirni qizdirib, dimlab yoki qovurib tayyorlanadigan taomdir. Non kamida un va suvdan iborat boʻladi; koʻpincha osh tuzi va xamirturush ham solinadi. Baʼzan nonga shakar, ziravorlar, mevalar (olma, yongʻoq kabi), sabzavotlar (piyoz kabi) qoʻshiladi. Non turfa mintaqalarda turlicha tayyorlanadi.
Non — qadim-qadimdan ulugʻlanib, insonning kundalik isteʼmolida muqaddas, aziz hisoblangan neʼmat. Turli taomlarga qoʻshib yoki oʻzi yeyiladi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bo-shokli oʻsimliklar donlarini pishirib isteʼmol qilish mil.dan 10—15 ming yil muqaddam boshlangan deb taxmin qilinadi. Bu davrlarda olov kashf qilingan boʻlib, donni pishirib yeyishga imkoniyat tugʻilgan. Dastlab, boshoq choʻgʻda dumbul qilinib, soʻng boshoq ichida qovurilib, pishgan don uqalanib, isteʼmol qilingan. N.ga „Avesto“sya deyarli bir bob bagʻishlangan, dehqonchilikning eng qimmatbaho mahsuli sifatida taʼriflangan.

Yorgʻuchoq paydo boʻlishi bilan donni tosh orasida maydalab yorma holatida isteʼmol qilish oʻrniga gʻalladan un tayyorlash va hamir qorib, qizitilgan tosh ustida yoki qoʻrga koʻmib N. pishirishga oʻtildi. Hamirturush kashf etilishi hamda oʻchoq, tandir, tova va boshqa N. pishirish vositalarining yaratilishi va takomili bilan tortilgan undan N. tayyorlash yangi, hozirgi zamonga qadar davom etib kelayotgan bosqichga koʻtarildi. Eng muhimi, hamirturush bilan koʻpchitilgan hamirdan pishirilgan N. issiqlikda va oʻz bugʻida pishadi, pishgan N.da juda koʻp mayda gʻovaklar hosil boʻladi. N.ning gʻovakdor boʻlishi uning orga-nizmda hazm boʻlishini osonlashtiradi. Bugʻdoy unidan tayyorlanadigan N.ning kimyoviy tarkibida, asosan, 30—35% oqsil, 60—70% uglevodlar, kletchatka, vitaminlar V , V,, RR, mineral tuzlar, shuningdek, temir, kalsiy, fosfor va boshqa modsalar bor.
Yirik shaharlarning paydo boʻlishi, sanoatning taraqqiy qilishi N. ishlab chiqarishni keng koʻlamda tashkil etishni taqozo etdi. Natijada N. mah-sulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar — zavodlar, kombinatlar yaratildi, ularning texnologik jarayonlari yuzaga keldi, non sanoati paydo boʻldi. Hozirgi paytda har bir mamlakatda aholining tarixiy maʼnaviyati negizida paydo boʻlgan N. mahsulotlarining turli xillari ishlab chiqariladi.
Oʻzbekistonda (umuman, Oʻrta Osiyoning oʻtroq aholisi oʻrtasida) N. pishirish (yopish) usulining har xil turlari mavjud boʻlgan. Shunga koʻra, tandir N., tova N., gaz-pech N.i va boshqa, un tortilgan gʻallaga qarab bugʻdoy N.i, arpa N.i, makkajoʻxori va oq joʻxori N.i va boshqa turlarga boʻlinadi.
Oʻzbek pazandachiligida tayyorlash tex-nologiyasiga karab obi N., gijda N., patir N., shirmoy N. turlaridan ibo-rat (baʼzan lochira N. ham alohida texnologik turga kiritiladi; q. Lochira). Obi N. (fors.-toj. — suvli non degan maʼnoni bildiradi) tayyorlashda, aso-san, hamir bugʻdoy uni, hamirturush va tuz qoʻshib oshiriladi. Obi N.da hamirning nisbatan boʻshroq boʻlishi, zuvalaning kichikligi (200 g atrofida) harakterlidir. Gijda usulidaham hamir bugʻdoy uni, hamirturush va tuz qoʻshib oshiriladi, soʻngra uzoq iylanadi. Gijdada hamir qattiqroq boʻladi va N. qalin qilib yasaladi (qarang Gijda).
Tandirga yopishda har bir N. orkasiga namakob sepiladi. Tandirdagi choʻgʻ oʻrtaga 6, 7 — Samarqand nonlari; 4 — Fargʻona −14— Toshkent nonlari (patir, goʻshtli non, uyulib, ustiga kul (yoki temir qopqoq) yopiladi. N. tandirga yaxshi yopishgach, N. yuziga suv sevalanadi va choʻgʻ ochiladi (baʼzan nam sochiqb-n yelpiladi). Pishgan N. kurakchab-n olinadi. P atir N. hamiri hamirturush va tuz solingan suv (sut)ga un solib krriladi va oshiriladi. Hamir oshgach, yoyilib yuzasiga sariyogʻ, koʻy yogʻi, margarin, jizza, qiyma, toʻgʻralgan mayda piyoz solib oʻraladi va zuvala uzilib patir N. yasaladi, soʻng tandirga yopiladi (qarang Patir). [[Shirmoy N. (baʼzi joylarda shirmon, shirmol deb ataladi; fors-toj. „sutli non“ demakdir) hamirini tayyorlash murakkab; dastlab maxsus usulda olingan noʻxat va arpabodiyon qaynatmasiga bir miqdor bugʻdoy uni sepib hamirpaygir qoriladi. Paygir 5—6 soatdan soʻng yetiladi. Uni hamirturush sifatida ishlatib bugdoy unidan sutga qorib hamir tayyorlanadi. Hamir mushtlab yetiltiriladi (qarang [[Shirmoy).
N. eng oliy mehmondoʻstlik va muqaddaslik ramzi boʻlganligi, asrlar davomida nonvoylar mahoratining oʻsishi va texnologik usullarning tako-millashuvi natijasida obi, gijda, patir va shirmoy N.ning oʻnlab xillari yaratilgan. Oʻzbekistonning turli viloyatlarida oʻziga xos xilma-xil N.lar tayyorlanadi: Toshkent shahrida oʻziga xos obinon, jaydari N., sedanali N., Toshkent patiri, yulduzcha patir, gijda patir, goʻshtli patir, goʻshtli N., yogli patir, jizzali patir, piyozli patir kabi N.lar yopiladi. Chirchiq vohasi qishloqla-r i d a yertandir va yeroʻchoqlarda tayyorlanadigan uy. N.lari, obinon, yongʻoq magʻizli N., lochira N. lar mazasi, toʻyimliligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, xorazmliklarning savatdek-savatdek (doyra kengligi 0,4—0,5 m) noni va patiri, goʻshtli noni, obinonga oʻxshash churragi, qoraqalpoqlarning nonlari ham oʻziga xos shakl va taʼmga ega. Fargʻona vodiysida tayyorlanadigan N. nomlari: obi N.; obi jimjima; uy N., kulcha N., jizzali N., goʻshtli N., yogʻli N., chapchap N., gijda N., oddiy patir, yogʻli patir, qashqar patir, yogsiz patir, qatlama patir, toʻy patiri, loʻlda patir, qoʻsha-loq shirmoy, payvand, obi xol olcha guli, shirmoy kulcha, shirmon patir, kungirali shirmoy, kunjutli bozor N.i, sedanali bozor N.i, bayram be-zakli N.i va boshqa
Buxoro, Samarqand, Sur-xondaryo va Qashqadaryo vohasida (Shahrisabz, Kitob) tayyorlanadigan N. nomlari: obi, yaqqafo, gaxsaki, noni zargaron, xindugi, fatiri qashqari, shirmoli du-juft, tafton, taftori du bez, noni ta-roqi, osiyoiy, poʻlodiy, jazzain, kulchai ravgʻanin, obi jimjima, turfon, noni haman, kulobodi, zaboni gov, soxta shirmol, shirmoli sedana payvand, shirmoli obi xoli olchaguli, noni salang, lavash, churrak, davra, sovgʻatin nakshin, uy N.i, qoʻshaloq baraka kulcha, kuyov shirmoy N., parkup N., kunjutli obi N., sedanali obi N., kunjutli patir N. va boshqa

Download 298.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling