O`zbekiston respublkasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 47.44 Kb.
|
Dilshodaaaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar
- II. Bolalarda retmik ilk haakatlarning namoyishlari va bunda musiqaviy tarbiya berish metodlaridan foydalanish
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
O`ZBEKISTON RESPUBLKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI San`atshunoslik fakulteti Musiqa ta`limi va san`at yo`nalishi 2-bosqich magistri Rustamova Dilshoda Istamovnaning “Musiqashunoslik tarixi va nazariyasi” fanidan yozgan Kurs ishi Mavzu : Musiqiy ritmik harakatlarni o`quvchilarga o`rgatishda doira usullaridan foydalanish Rahbar : F.G.Nurillayev Buxoro 2022 Kirish I. BOB. BOLALARGA MUSIQAVIY-RITMIK HARAKATLARNI O'RGATISH VA BOLALARDA MUSIQIY TARBIYANING RIVOJLANISHIDA RITMIK HARAKATLARNI O'RNI. 1.1 Bolalarni ashula aytish, musiqa tinglash va musiqaviy-ritmik xarakatlarni o'rgatish. 1.2 . Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy tarbiyasida ritmik harakatlarni o'rni. II. Bolalarda retmik ilk haakatlarning namoyishlari va bunda musiqaviy tarbiya berish metodlaridan foydalanish 2.1 . Bolalarda ijrochilikning ilk namoyishlari ritmik harakatlar 2.2 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari. III.BOB. Maktab o’quvchilarni Ritmik harakatga o’rgatishda fikir va mulohazalar 3.1 Darsda Musiqaviy Ritmik harakatlar 3.2 Musiqiy ritmik faoliyat. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. I bob. bolalarga musiqaviy-ritmik harakatlarni o'rgatish va bolalarda musiqiy tarbiyaning rivojlanishida ritmik harakatlarni o'rni 1.1.Bolalarni ashula aytish, musiqa tinglash va musiqaviy-ritmik xarakatlarni o'rgatish. Musiqa tinglash: Bolalarda kichik musiqiy asarni tinglash ko'nikmasini pado qilish. Marsh, qo'shiq va raqs janrlari haqida ilk tasavvur paydo qilish va ularni farqlash. Musiqani mazmunan tushunishga o'rgatish: Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish: To'p bo'lib yengil yurish va yugurishdan sekinasta har tarafga, to'g'riga, erkin-sochma, doira bo'ylab yengil yurish va yugurishga o'rgatish. Bolalarni 3-4 sodda va oddiy harakatlardan iborat raqslarni to'p bo'lib raqs tushishdan juftlikda, sochma tarzda, shundan so'ng doiradagi raqslar ijro etishga o'rgatish. Raqs harakatlaridan «Koptokni yuqoriga ot», «arqonni tort», «tokcha», «ko'zguga qara», «xo'rozcha», «maysani sila» bilan tanishtirish va ularni musiqaga mos bajarish. Kuylash: Cholg'u asbobi va kattalarga jo'r bo'lib kuylash. Tabiiy ovozda zo'riqmasdan kuylash malakalarini shakllantirish. Kuylash vaqtida to'g'ri nafas olishga, avval «gulni hidlab», so'ng kuylay boshlashga, o'tirgan yoki turgan holatda to'g'ri kuylashga o'rgatish. Qo'shiq mazmunini tushunib kuylash bilan bir vaqtda harakatlar bajarishga o'rgatish. Bolalar cholg'ularida chalishga o'rgatish: Bolalar cholg'ulari haqidagi bilimlarni mustahkamlash, karnay, surnay, nog'ora bilan tanishtirish. Metallofon, uchburchak, bolg'achada chalish usullarini o'rgatish. Ularni tovushidan farqlay olish. Qo'shiq, raqs va o'yinlarda cholg'ularni jo'r qilish. O'yin: Musiqiy faoliyatlarda olingan bilimlarni o'yinlarda namoyon bo'lishiga erishish. Doira jo'rligida «Chumchuqlar va mushuk», «Ayiqchalar raqsi», xalq o'yinlaridan «Chorichambar», «Chapak chalish», «Qaldirg'och» kabilarni o'ynash. Bolalarga tushunarli, qiziqarli bo'lgan voqeaband o'yinlarni tashkil qilish. O'yinda musiqaga mos harakatlanish, nutq, tasavvur va tafakkurni rivojlantirish, bolalar cholg'ulari, o'yinchoq va qo'g'irchoqlardan foydalanish. Bolalarning mashg'ulotlardan olgan bilimlarini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida «Kuyini top», «Do'stingni ovozidan tanib ol», «Xaltachada nima bor», «Qaysi cholg'u yashiringan», «Qush va qushchalar», «O'rmonda» kabi musiqaviy- didaktik o'yinlarni mashg'ulot vaqtida va mustaqil faoliyatlari davomida guruh xonalaridagi musiqa burchaklarida tashkil etish. 4 yoshli bolaning egallash lozim bo'lgan bilim ko'nikma va malakalar. -Turli hil mazmun va kayfiyatdagi musiqani tinglash, eslab qolish; -Tinglangan kuylarni tanib olish va ularning bastakori nomini bilish. -Kuy, qo'shiq va raqs haqida tushunchaga ega bo'lish. -Karnay, surnay, nay, nog'ora, doira kabi xalq cholg'u asboblarini tanish va ovozidan farqlash. Qo'ng'iroqcha, shiqildoqlar, doiracha, buben, metallofon, sunaycha, bolg'acha, uchburchak kabi bolalar cholg'ularida chalish usullarini bilish; - Birgalikda kuylay olish; -Qo'shiq kuylash bilan bir vaqtda harakatlar bajara olish. - Harakatli o'yinlarda faol ishtirok etish. -Turli predmetlar bilan harakatlar bajarishni uddalash. Bolada badiiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish. Bolalarni musiqa tinglash, qo'shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg'u asboblarida jo'r bo'lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish; Musiqani toʻla toʻkis idrok yetish uchun diqqat, xotira va musiqiy tafakkur zarur va muhimdir. Ana shundagina insonning tasavvuri yordamga keladi va estetik hissiyot shakllanadi. Aytilganlardan koʻrinib turibdiki, musiqiy asarni toʻliq idrok yetish uchun inson psixikasining faoliyati xilma-xil boʻlmogʻi lozim. Musiqiy bilimlarni o'zlashtirishdan maqsad bolalarning musiqiy asarning lad, oʻlchov, sur'at, registrini aytib berishlari emas, balki musiqaning yuqoridagi ifoda vositalari orqali ularda shaxsga xos boʻlgan xususiyatlarni: ijodiy qobiliyat, yerkin yoʻnaltirilgan diqqat, musiqiy xotira, tasavvur, faollikni, tashabbuskorlikni shakllantirishdir. Bolalar hissiyotining oʻziga xos xususiyatlaridan biri uning muayyan sharoit bilan bog`liqligidir, ya'ni bolalarda sodir bo`ladigan hissiy kechinmalar aniq bir sharoitdagina vujudga keladi. Shunga koʻra ularni qiziqtiradigan, diqqatlarini jalb yetadigan sharoitni yaratish ularda estetik hissiyotning, musiqiy madaniyatni oʻstirishning yeng muhim shartidir. Bolalar biror bir musiqiy asarni tinglar yekanlar, musiqaning rang-barang ovozlari, ifoda vositalarini (temp, ritm, kuy, oʻlchov, registr, dinamika va hokazolar), xarakter va kayfiyatini farqlashni, yeshitilgan musiqiy asarlarning qaysi janrga mansubligini, mumtoz, yestrada yoki boshqa musiqalarni bir-biridan farqlay olishni hissiy-emotsional jihatdan idrok yeta boradilar, boshqacha qilib aytganda, ularning musiqiy didlari shakllana boradi. Musiqiy did, musiqiy dunyoqarashning shakllanishida mashg`ulotlardan tashqari va ta'lim muassasasidan tashqari ishlarning qay darajada yoʻlga qo`yilganligi, bolalarning yashash sharoitlari, oiladagi muhit va oilaning musiqaga nisbatan munosabati, ota- onalarning va boshqa oila a'zolarining musiqaga qanday munosabatdaliklari ham gʻoyatda muhimdir. Musiqiy ohangdorlik inson nutqi ohangiga oʻxshab ketadi. Odam oʻzining his-tuyg`u holatini boshqalarga nutqi ohangi orqali bildiradi, nutq ohangi ovozning balandligi, pastligi, tebranishi, vazni orqali namoyon boʻladi. Aytish mumkinki, inson nutqi ohangining ulkan ifoda imkoniyatlari musiqiy ohangga tabiiy shart- sharoit yaratadi, unda ohang butunlay yangi badiiy sifat oladi. Inson nutqi ohangi musiqa badiiy tilining asosi bo“lib, bastakorning voqelikka munosabatini musiqada aks yettirishda vosita boʻlib xizmat qiladi. Koʻp asrlik tajriba nutq ohangi imkoniyatlari insonning musiqiy sezgirligi va idrokliligini, musiqani idrok yetish qobiliyatini vujudga keltirdi. Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishiga intiladi va binobarin uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shugʻullanishdan zerikmaydi.Bu yesa oʻz navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o`stirishga va mustahkamlashishga yordam beradi. Bolaning qobiliyatlari musiqiy faoliyat jarayonida rivojlanadi. Ushbu rivojlanishni bolalarning yosh psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda toʻgʻri tashkil yetish va yoʻnaltirish musiqa tarbiyachilarining vazifasidir. Masalan, bolani ilk bolalik davridan tovushlar balandligini ajratishga oʻrgatilmasa, u yetti yoshga yetganida oʻzidan kichik bolalar osongina bajara oladigan vazifalarni bajara olmaydi. Maktab yoshdagi bolalarning musiqiy rivojlanishning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Ularning yeshitish sezgisi, musiqiy yeshitish qobiliyati rivojlanib boradi; 2. Har xil xarakterdagi musiqaga yemotsional ta'sirchanlikning sifati va darajasi ortadi; 3. Qoʻshiq kuylash musiqiy-ritmik ijrochilikda qoʻllaniladigan sodda koʻnikma va malakalar shakllanadi. Bolalar yoshi xususiyatlari. Bolalar yoshiga koʻra hosil qiladigan qobiliyat va imkoniyatlarini koʻrib chiqamiz. Bir yoshli bolalar — psixolog A.Lyublinskayaning toʻplagan ma'lumotlariga koʻra, goʻdakning 10-12-kunlarida yeshitish organi ishga tushar yekan. Ikki oylik goʻdak yesa, musiqa tovushlarini yeshitganda, qimirlamay, jim boʻlib qolar yekan. 4-5- oylarida bola tovush kelayotgan tomonga qaray boshlaydi. Ilk bolalik davrlaridayoq goʻdaklarda musiqa tovushlariga nisbatan shaxsiy munosabat shakllana boradi. Birinchi yilining oxirlarida bolaning umumiy yeshitish hissi shakllanadi. Bolakay kattalardan har xil musiqani tinglab uni oʻziga xos intonatsion (oʻxshash ovozlar chiqaraib) xirgoya qiladi. Musiqaga nisbatan yemotsional munosabat bildirish, yeshitish hissiyotlarini rivojlantirish ilk bolalikdan musiqiy tarbiyani amalga oshirishga xizmat qiladi. Uch va toʻrt yoshli bolalar — yeshitish hissida individual ajralib turish holllari koʻrinadi. Masalan, murakkab boʻlmagan kuyni aniq ijro yetishlari mumkin. So`zlarni ifodalashda avval alohida soʻzlarni qo`llagan boʻlsalar, yendi ularni bir-biri bilan bogʻlagan holda ishlata oladilar. Tafakkurlarida ham sezilarli oʻzgarishlar roʻy beradi. Koʻrgazmali-harakatli tafakkurlari ko“rgazmali-obrazli tafakkurga aylanadi. Bu yoshdagi bolalar oʻzlari mustaqil harakatlar bajara oladilar hamda mustaqil ravishda raqsga tushib oʻynaydilar. Besh yoshli bolalar — bolalarning faol tarzda “nimaga?”, “Qaerdan?” kabi savollarni paydo boʻlishi davridir. Bola voqea va hodisalar oʻrtasidagi aloqalarni anglay boshlaydi va ularni oddiy usulda umumlashtira boshlaydi. Bolalar kuzatuvchan, ayniqsa, musiqaning quvnoq yoki g“amgin, tovushlari baland yoki pastligi, qanday cholgʻu asbobida ijro yetilayotganligini bemalol aniqlay oladilar. Ular qoʻshiqni qanday ijro yetish kerakligini, qanday harakatlar bajarish kerakligini yaxshi tushuna boshlaydilar. Bu davrda bolalarning ovozlari jarangdor va yorqin tus oladi. Ovoz intonatsiyalari turg“unlashib boradi, lekin hali kattalarning ko“magiga muxtoj boʻladi. Bu yoshda yeshitish qobiliyati shakllana boradi. Bu davrda harakatlarning asosiy turlarini — yurish, yugurish, sakrash kabi faoliyatlarni yaxshi o'zlashtira boshlaydilar. Bolalar oʻz individual xususiyatlaridan, qobiliyatlaridan kelib chiqib bir faoliyat turini afzal koʻrishlari mumkin. Olti va yetti yoshli bolalar — bu davrda bolalar maktabga tayyorgarlik koʻra boshlaydilar. Musiqa mashg`ulotlarida olingan bilim va taassurotlariga asoslanib bolalar musiqiy asarlarga sharh berishlari, musiqaning ifoda vositalarini aniqlashlari, musiqiy kayfiyat belgilarini ajrata olishlari mumkin. Bu davrda bolalar rivojlana boradilar va bir necha rivojlanish bosqichlaridan oʻtadilar: - yemotsional rivojlanish — oddiy musiqiy tovushlarga keskin yoki yorqin yemotsional reaksiya berish; - hissiyot, idrok va yeshitishning rivojlanishi — musiqiy tovushlarni alohida idrok yetishdan, butun, ongli va faol idrok yetish, tovushning xususiyatlari, balandligi, tembri, dinamikasi, ritmini idrok yetish; - munosabatlar bildirish jarayoni — beqaror qiziqishlardan barqaror qiziqishlarga, yehtiyojlarga oʻtish, musiqiy didning ilk qirralarining paydo boʻlishi; - ijrochilik faoliyati — koʻrib bajariluvchi faoliyatlar, musiqiy ritmik hamda kuylash faoliyatida taqlidchanlik. » Bolaning musiqiy rivoji bu toʻgʻri va uzluksiz ravishda yoʻlga qoʻyilgan faol musiqiy jarayondir. Bu rivojlanish quyidagicha kechadi: » Hissiy munosabat. Oddiy musiqiy tasavvurdan murakkab va koʻptomonlama rivojlangan musiqiy asarlarni tushuna olish; » Musiqani yeshitish qobiliyati — musiqaning tembri, tovush balandligi, musiqa ifoda vositalari. Ijrochilikning ilk shakllanishi. Bola oʻzining bilim va koʻnikmalariga tayanib, unga tanish boʻlgan musiqaga matn yoki raqs yelementlarini ijro yetish. Musiqa tarbiya boshqa sohalar kabi oʻylab chiqilgan tizim va rejalarga asoslanib uzluksiz olib boriladigan jarayondir, ya'ni har bir mashg`ulotda oʻylab chiqilgan ma'lum maqsad sari birin-ketin qadamba-qadam yerishiladi. Bu jarayonda musiqa rahbari sardor vazifasini oʻtaydi va bolalarni oʻzi bilan yergashtirib yuradi. Bu jarayonning yana bir muhim jihatlaridan biri bu — har bir bolaning individual dunyoqarashi va iqtidorini nazarda tutish kerak. Ayrim bolalarga tanbeh berish bilan kifoyalansa, ayrim bolalarga tanbeh salbiy ta'sir koʻrsatib, ular oʻz faoliyatlarini koʻrsatmay yanada qisilib qolishadi. Bolalarning shaxs sifatida tarbiyalash uchun ta'lim jismoniy va ongli tarbiya uyg`ʻunlikda olib borilishi kerak. Bu maqsadga yerishish uchun bolalarda toʻgʻri tashkillashtirilgan musiqiy mashgʻulotlar tashkil yetiladi. Estetik tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalarda goʻzallikni tushunish, uni his qilish, yaxshi va yomonni, badiiy san'at turlarini farqlay olish va ularga ijodkorona yondashishga yoʻnaltirilgandir. Estetik tarbiyaning yeng koʻzga koʻringan omillaridan biri bu — musiqadir. Bu maqsaddarga yerishish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy musiqiyligini rivojlantirish kerak. Bolalarning umumiy musiqiyligiga nimalar asos boʻladi: musiqa bolaning estetik tarbiya omili sifatida unga goʻzallikni kabul qilish, tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish. Bu masalalarni xal yetish uchun umumiy musiqiylikni rivojlantirish zarurdir. Musiqiy omillar 3 tamoyilga boʻlinadi: 1. Musiqaning xarakteri, kayfiyatini his yetish, musiqaga yemotsional munosabat bildirish (musiqaning ifodaviyligi va tasviriyligi). Bolada musiqani tinglaganda uning xarakteriga mos kayfiyatda boʻlishiga yerishish kerak. 2. Eng yorqin musiqiy obrazli asarni tinglash, taqqoslash va baho berish. Bunda musiqa ifoda vositalari, musiqiy asboblar tembrlari, yeshitish madaniyati talab yetiladi. Masalan, cholgʻu asboblarning yuqori va past tembrlari (skripka — alt, konstrabas — violonchel va boshqa asboblar). 3. Musiqaga ijodkorlik munosabatini bildirish. Har bir bola biror musiqiy asarni eshitib oʻzicha badiiy tasavvur qiladi va qoʻshiqda, oʻyinlarda, raqs yelementlari bilan hissiy munosabat bildirishi mumkin. 1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy tarbiyasida ritmik harakatlarni o'rni. Umumiy o`rta ta'lim maktablarida “Musiqa madaniyati” darslari 1 –sinfdan yettinchi sinfgacha har haftada birmarta o`tiladi. Respublikamizdagi umumiy or`ta ta'lim maktablaridagi musiqa darslari DTS da belgilab qo`yilgan talablarga muvofiq tarzda tuzilgan dastur hamda aniq calendar reja asosida tashkil etiladi. Dars o'quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta'lim shakli hisoblanadi. O'tkazilgan dars o'quvchilarni ham, o'qituvchilarni ham qanoatlantirish uchun ma'lum darajada umumiy bo`lgan quyidagi kabi ba'zi bir talablarga javob berishi kerak: 1 Dars predmet kalendar dasturidagi o'z o'rniga ega bo'lishi, maqsadi aniq belgilangan bo'lishi kerak. Dars o'tish jarayonida shakllantirilishi lozim bo'lgan bilim, iqtidor va ko'nikmalar alohida aniqlanishi lozim. Mazkur dars davomida bilim, iqtidor va ko'nikmalarning erishiladigan darajasi ham belgilanishi ma'qul bo'ladi. Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumining aniq bo'lishi va u oldindan belgilanishi kerak. Darsga qo'yiladigan didaktik talablardan yana biri shuki, beriladigan o'quv materiali sistemali ravishda osondan-qiyinga, oddiydan-murakkabga, o'quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Umumiy o`rta ta'lim maktablarida musiqa darslariga qo'yiladigan umumiy tashkiliy talablar quyidagicha bo`lishi mumkin: Har bir dars mavzusini taqvimiy rejalashtirish asosida ishlab chiqilgan aniq dars rejasi mavjud bo'lishi, O`tilayotgan darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi, Darsning boshidan to oxirigacha o'quvchilarning ongli intizomi ta'minlanganligi , Darsni tashkil etishda turli-tuman vositalardan, o'quvtexnik va ko'rgazmali qurollardan foydalanilishi, dars o'z vaqtida boshlanib, o'z vaqtida tugashi kerak. Darslar juda ham turli-tuman tarkibiy tuzilishlarga ega bo'lib, darslarni bir marta doimiy ravishda mavjud bo'ladigan ko'rinish tarzida rejalashtirish va o'zgarmaydigan qotib qolgan namuna asosida o'tkazaverish mumkin emas. Har bir dars boshqa darslardan xatto ular bitta fan, bitta mavzu yuzasidan teng, yonma-yon sinflarda o'tkazilganda ham o'zining o'ziga xos jihatlariga ko'ra farq qiladi. Darsning tarkibiy tuzilishiga yuqorida qayd etib o'tilgan omillar qatorida mazkur sinfda ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari, shuningdek, o'qituvchi ish faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta'sir ko'rsatadi. Ma'lum bir darsni tashkil etishda har doim o'qituvchining maxsus «Pedagogik yondashuv tarzi» ni ko'rish mumkin. Masalan, kombinatsiyalashgan dars quyidagi ko'rinishda tashkil etiladi: tashkiliy ish, o'quvchilarga berilgan mustaqil ishlarning bajarilishini tekshirish. Oldingi darslarda o'rganilgan material yuzasidan o'quvchilardan so'rash, yangi materialning o'qituvchi tomonidan bayon etilishi, o'rganilgan materialni mustahkamlash, mustaqil ish uchun topshiriqlar, uyga topshiriqlar, vazifalar berish. Davlatimiz mustaqillikka erishgach, o`zbek xalqi o`z madaniyati va san'atini har tomonlama rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitish imkoniyatiga ega bo`ldi. 1996-yil, 31 -dekabrdagi “Respublikada musiqiy ta'limni rivojlantirish, madaniyat va san'at o`quv muassasalarining ish samaradorligini oshirish haqida”gi hamda 2008-yil, 28- iyuldagi “Bolalar musiqa maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning ish faoliyatlari samaradorligini oshirish bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturi haqida”gi farmonlariga asosan har yili musiqa maktablari, madaniyat va san'at kollejlari va boshqa madaniyat va san'at muassasalari ko`plab musiqa asboblari hamda boshqa texnik vositalar bilan davlat tomonidan ta'minlanyapti. Bu qaror va farmoyishlarning amalga oshirilishi natijasida o`rta umumta'lim maktablaridagi bolalarning musiqiy ijodkorligini rivojlantirish uchun ham zarur moddiy shartsharoitlar yaratilmoqda. O'qituvchi darslarda o'quvchilarga bo'lgan talabchanlikni bolalarga hurmat, ziyraklik, pedagogik mavqe, obro'sini saqlagan holda yondoshishni namoyon etish bilan muvofiqlashtirgan holda olib borishi lozim. Musiqa madaniyati darslarining yutug'i va natijalari nafaqat o'qituvchining tayyorligiga, balki o'quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog'liq bo'ladi. Afsuski, ushbu masalaga ko'pgina yosh o'qituvchilar o'zlarining amaliy ishlarida yetarli darajada e'tibor bermayaptilar. Musiqa o`qituvchisining o'quvchilarga darsdagi murojaat shakli ham turlicha bo`lishi mumkin. O'qituvchining o'quvchilarni o'z ism-shariflari bilan atashi maqsadga muvofiqroqdir. Pedagog sifatida o'zligini namoyon etishni talab qilish zarur holatlarda o'qituvchi tomonidan o'z hissiyotini aks ettirishni inkor etmaydi: u darslarda faqatgina ziyrak va mehribon, quvnoq, xushyor, ko'nglichan bo'libgina qolmasdan, balki jiddiy, xafa va noroziligi bilingan qiyofada bo'lishi ham mumkin. O'qituvchining pedagogik optimizmi, uning o'quvchilarga munosabatidagi ishonch, o'quv faoliyatini tashkil etishning turlituman shakllaridagi darsda ularning hamjihatiigidagi izlanuvchanligini tashkil etish, o'quvchilarning ishlariga haqqoniy baho berish, ularga doimiy zarur yordam ko'rsatishga tayyor turishlik-bularning barchasi juda katta didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'ladi. Musiqa madaniyati darsining asosiy maqsadi o'quvchilarga musiqa san'atini go'zallik qonunlari asosida o'rganish malakasini singdirish va ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishdan iborat. Ushbu maqsad musiqa o'quvchilarda musiqaviybadiiy did, ahloqiy-estetik his-tuyg'ularni tarkib toptirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda musiqa san'atiga nisbatan qiziqishni va musiqaviy faoliyatida badiiy ehtiyojni kuchaytirish, musiqa savodxonligi madaniyatini shakllantirish, musiqa-davr, hayot, inson his-tuyg'ulari va orzu-umidlari ifodasi ekanligi haqida tushuncha hosil qilish kabi qator vazifalarni o`z ichiga olishi bilan bir vaqtda, boshqa bir qator pedagogik vazifalarni ham o`z ichiga oladi. Maktab o`quvchilari maktabda o`zlari egallagan musiqiy bilimi va malakalaridan kundalik hayotda, maktabda ertalik va kechalar o'tkazishda mustaqillik, «Mehrjon», «yangi yil», «Navro'z», onajonlar bayrami kabi bayramlarda, ekskursiya va sayrlarga chiqqanda foydalanishlari kerak. Bundan tashqari, o'rganilgan qo'shiqlar uyda oila a'zolari oldida, o'rtoqlari davrasida aytilishi mumkin. Yetti yillik o'qish davrida musiqa sohasida muntazam sur'atda ish olib borilishi natijasida o'quvchilar musiqa savodiga ega bo'lib, musiqa sevadigan, yirik musiqa asarlarini, shuningdek, kontsertlarni, radio va televideniye orqali beriladigan musiqali eshittirishlarni mehr qo'yib tinglaydigan, badiiy havaskorlik to'garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol katnashadigan kishilar bo'lib yetishishlari kerak. Bu tadbirlarni amalga oshirishda sinf rahbarlari va ota-onalar musiqa o'qituvchisiga yaqindan yordam berishlari lozim, ya'ni ular bu borada ham hamkorlik qilishlari zarur. Bolalarda musiqaga mehr va havas uyg'otish, maktab o'quvchilarining musiqiy saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Boshlang'ich va 9 yillik maktablarning har birida xor to'garaklari, sharoiti bor bo'lgan maktablarda cholg'u asboblari bo'lishi kerak. Ayni vaqtda o'quvchilarga yakka tartibda musiqa o'rgatish ishini uyushtirishga e'tibor berish, bu ishga ota-onalar jamoatchiligini jalb etish yaxshi samara beradi, degan fikrlar mavjud. Musiqa madaniyati darsning har bir faoliyat turida shaqildoqlar,uchburchak, metallafon, doirachalar kabi turli bolalar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo'shiqlarga mos raqs elementlarini bajarish, musiqa asboblarini chalinishini qo'l harakati bilan imitatsiya qilish, chapak chalish va dirijyorlik qilish kabi elementlardan keng foydalanish darslarni yanada qiziqarli va jozibali bo'lishini ta'minlaydi. Musiqa darsi boshqa darslardan o'zining badiiyligi, qiziqarligi va bolalarga ko'proq ijodiy zavq, emotsional tuyg'ular va obrazli kechinmalar uyg'otishi bilan ajralib turadi. Ma'lumki, « Musiqa madaniyati » darslari quyidagi o`ziga xos jihatlari bilan boshqa darslardan farq qilib turadi: Masalan, musiqa san'ati boshqa san'at turlaridan idrok etilishiga ko`ra farq qiladi, ya'ni u boshqa san'at turlaridan o'zining ifoda vositalari, ya'ni «tili» bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so'z bilan, tasviriy san'at ranglar bilan, raqs san'ati harakat bilan ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Yuqoridagi san'at turlarini ko'rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina ifoda etamiz. Shuning uchun, ko'zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqachilar yetishib chiqqanligi bizga tarixdan ma'lum bo`ladi. 1. Musiqa san'ati aniq vaqt o'lchovi bilan bog'langan san'atdir. Shuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok etolmaymiz. 2. Musiqa madaniyati darslari musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal-xor mashg'ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg'u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iborat. 3. Musiqa darsi o'zining aralash-integral dars tipi bilan boshqa fanlardan farq qiladi. 4. Musiqa san'ati bolalarga aktiv emotsional ta'sir ko'rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar uyg'otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darsidan bolalar xordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, xursand bo'lib chiqadilar. Barcha fikrlarimizni umumlashtiradigan bo`lsak, musiqa darsi o'zining aktiv psixologik ta'siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Shuningdek, musiqa darsi boshqa fanlar bilan ham chambarchas bog'liqdir. Tasviriy san'at, adabiyot, ona tili atematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va boshqalar musiqa darsini hayot bilan boglashga, mazmunli, qiziqarli qilib darsni olib borishga yordam beradi. Yuqori sinflarda « Musiqa madaniyati » darslarining tuzilishi 4 ta asosiy faoliyat turidan iborat: Ovoz sozlash Xor bo'lib kuylash Musiqa savodi Musiqa tinglash. Download 47.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling