Qatra yig`ilib daryo bo`lur”kabi misollar shular jumlasidandir. ”Shoirning hikmatlari na zamonu zamin, na mahzabu din va ijtimoiy tuzumu siyosiy turkum jihatidan cheklangan” [23.3].
Alisher Navoiyning hikmat darajasiga ko`tarilgan baytlari ham xuddi xalq hikmatlariga o`xshab mavzu jihatdan rang – barang. Ularda ota-onani e`zozlash, odamiylikni ulug`lash, tilga, so`zga e‟tiborli bo`lish, ilm o„rganish kabi qator mavzularda ekanligini ko`rishimiz mumkin.
Xalq hayotini eng chuqur qatlamigacha, ikir-chikirlarigacha yaxshi bilgan, xalq og`zaki ijodidan to`la xabardor shoir o`z asarlarida xalq maqol-matallari, obrazli iboralaridan keng foydalanadi, kundalik turmushdan olingan hayotiy tashbehlarni ko„p qo`llaydi. O`z navbatida, zamonasining barcha ilmlarini egallagan, hayotning butun achchiq-chuchugini tortgan donishmand shoirning ko`rgan-kechirganlarining xulosasi sifatida teran mazmunli lo`nda hikmatlari xalq orasida shunchalik singib ketganki, ularning qaysi biri xalqniki, qaysi biri Navoiyniki ekanligini ajratib bo`lmaydi.
Fikrimizni quyidagi misollariningo`ziyoq tasdiqlaydi:
Bilmaganni so`rab o`rgangan olim va orlanib so`ramagan o`ziga zolim.
Do'stlaringiz bilan baham: |