O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti
Download 3.87 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi
Qo‘qon xonligi madaniyati. Qo‘qon xonligining XVIII-XIX asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy o‘zgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir. XIX asrda Qo‘qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda o‘sib borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan o’zbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari she’riy yoki qisman she’riy yo‘lda yozildi. Bu esa qo‘qonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, o‘zlari ham she’riyatda qalam tebratganliklarini ko‘rsatadi. Masalan, «Tarixi jahonnamoyi» (Junayd Mullo Avazmuhammad Mullo Ro‘zi Muhammad so‘fi o‘g’li), «Shohnoma» (Abdulkarim Fazliy Namangoniy), «Shohnomayi Umarxoniy» (Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy, u Fazliy Namangoniyning «Zafarnoma» asarini nasriy qilib yozgan). «Muntaxab attavorix» (Xo‘ja Muhammad Hakimxon to‘ra bin Sayid Ma’sumxon), «Tarixi Shohruxiy» («Tarixi sayyidi Xudoyorxon», Mullo Niyoz muhammad Xo‘qandiy Niyoziy bin Mullo bin Ashur Muhammad Xo‘qandiy), «Tarixi jadidai Toshkand (Muhammad Solihxo‘ja ibn Qorixo‘ja), «Shohnoma» (Mahzun Ziyovuddin Xo‘qandiy), «Jangnomai Xudoyorxon» (Shavqiy Namangoniy) va b.
XIX asr boshlarida shakllangan Qo‘qon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta o‘rin tutgan. Qo‘qon hukmdorlarining qator namoyandalari temuriylar an’anasini davom ettirib, o‘zlari ham ilm-ma’rifat bilan shug’ullanib, bu sohani ravnaq topdirishga katta sa’y-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qo‘qon xonlaridan Umarxon (1810-22) va muhammad Alixon (1822-41) davrlari yaqqol ajralib turadi. Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qo‘qon xoni Umarxon), Boqixonto‘ra, Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud), Muntazir, Nizomiy Xo‘qandiy (asl nomi Nizomiddin Muhammadaminxo‘ja o‘g’li), Nodir, Nozil Muhammad Avaz, Avazmuhammad Yormuhammad o‘g’li Pisandiy, Fazliy Namangoniy, G’oziy singari shoirlar xalq ichida mashhur edilar. Qo‘qon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda o’zbek va fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va mashhur o’zbek shoiralari iste’dodi keng rivoj topdi. Mas, Dilshod otin, Zebuniso, Zinnat, Mohzoda Begim, Mahzuna, Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, Uvaysiylarning ijodi ayricha ahamiyatga molikdir. Qo‘qon adabiy muhitining samarali ta’siri o‘laroq bu yurtdan keyinchalik Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa yetuk badiiy so‘z san’atkorlari yetishib chiqdilar va o‘z xalqining erki, hurligi va ozodligi uchun xizmat qildilar. Nazorat savollari 1.Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni nisbatan oson egallashiga nimalar sabab bo‘ldi? 2.Shayboniylar qachon va qanday shaharlarni zabt etdi? 3.Nima sababdan shayboniylar Xurosonni qo‘lda ushlab turolma- dilar? 4.Nima uchun Turkiston uch xonlikka bo‘linib ketdi? 5.Buxoro xonligining tashkil topishi haqida so‘zlab bering, bu haqda referat yozing. 6.Xiva xonligi qanday muhitda, qachon tashkil topdi? 7.Abdullaxon II davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? 8.Ashtarxoniylar kim, ular Buxoro xonligida hokimiyatni qachon qo‘lga kiritdilar? 9.Qachon va nima uchun Buxoro xonligi amirlik deb ataladigan bo‘ldi? Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling