O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti
Download 3.87 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi
TO’MARIS,Turon elining qahramoni. Massagetlar malikasi. Mil. avv. 6-a.da yashagan. Gerodot «Tarix» asarida mil. avv. 530 y.da massagetlar malikasi To’marisning Eron shohi Kayxusrav (Kir II) ni Turonga qilgan bosqinchilik yurishiga qarshi mardonavor kurashgani haqida hikoya qiladi. Avvaliga To’maris Kayxusravni tinch qo’shnichilikda yashashga chaqiradi. Lekin Kayxusrav fikridan qaytmay, mil. av. 530 y.da massagetlar ustiga yurish boshlaydi. To’maris halol jang qilishni yaxshi ko’radi. U axdiga binoan dushman O’kuz (Amudaryo)dan bemalol o’tib olishi uchun o’z lashkari b-n chetlashib turadi. To’marisning mardligiga Kayxusrav hiyla b-n javob beradi: To’marisning o’g’li Sparganisni qo’shini b-n mast qilib asir oladi. Dushman To’marisning o’g’lini qaytarish va urushni to’xtatish haqidagi taklifini ham rad etadi. Sparganis asirlikda o’zini o’ldiradi. SHundan so’ng mil. av. 530 y.ning yozida tomonlar o’rtasida qattiq jang bo’lib, Eron qo’shini tor-mor qilinadi. Kayxusrav jangda o’ladi. To’maris uning boshini qon b-n to’lg’azilgan meshga solib: «Sen umring bo’yi qonga to’ymading. Men o’z ontimga amal qilib, seni qon b-n sug’ordim. Birovning yurtiga zo’ravonlik b-n bostirib kirganlarning jazosi shu!» — deydi. To’maris shu tariqa o’z yurti mustaqilligini saklab qoladi.
SHIROQ.Turon elining qahramoni. Mil. av. 6-a.da yashagan. Mil. av. 6-a. boshlarida Eroy shohi Doro I qo’shini Turon hududiga bostirib kirgan. Yunon tarixchisi Polienning «Harbiy hiylalar» asarida ilk marta SHiroq jasorati tilga olingan. Polienning yozishicha, sak qabilalari yo’lboshchilari Saksafar, Omarg va Oamiris fors qo’shinini yengish uchun harbiy kengash (qurultoy) o’tkazayotganda, oddiy otboqar SHiroq ularning huzuriga kelib, o’z rejasini bayon qiladi. Unga kura, SHiroq harbiy hiyla ishlatib yolg’iz o’zi Doro qo’shiniga qarshi turgan. SHiroq Doro huzuriga kelib qabiladoshlari ustidan shikoyat qiladi va unga nohaq sitam yetkazganlari (uning quloq, burunlari kesilgan edi) uchun Eron qo’shinini saklar turgan yerga eng qisqa yo’l b-n boshlab borishini aytgan. SHiroq Eron qo’shinini Kizilqumning ichkarisi tomon boshlaydi, forslar o’zlari b-n atigi 7 kunlik suv, oziq-ovqat zaxirasi olgan edi. Jazirama cho’lda dushman holdan toyib, zaxirasi tugagan. Nihoyat, muhlatning 7-kunida dushman qo’shini aldanganini payqaydi. SHiroq atrofini kurshab olgan Doro I va uning sarkardalariga qarata shunday deydi: «Men yolg’iz uzim Doro qo’shinini yengdim. Sizlarni aldab, cho’lning qoq o’rtasiga olib keldim. Xohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin, vohagacha to’rt tomoningiz ham 7 kunlik yo’l!». SHiroqning boshini qilich b-n chopib tashlaydilar. Fors qo’shinining asosiy qismi cho’lda qirilib ketgan. SHunday qilib, SHiroq vatan ozodligi yo’dida jonini fido qilgan. Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling