FARG’ONA – Ustrushona viloyatining shimoliy-sharqida, Sirdaryoning yuqori havzasida joylashgan tarixiy viloyat. Hozirgi Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlariga to’g’ri keladi. Farg’ona dastlab tarixchi Gerodotning «Tarix» asarida «parikaniylar yurti» nomi ostida eslab o’tiladi. Farg’ona so’zi sug’d manbalarida «Fraganik» shaklida yozilib, «tog’lar orasidagi vodiy», «atrofi berk soylik» ma’nosini anglatadi. Xitoy manbalarida «Dayyuan, ya’ni Davan” deb yuritilgan. Dayyuan ham «tog’lar orasidagi vodiy» ma’nosini beradi.
DAVAN DAVLATI. Farg’ona vodiysida ilk davlatchilik izlari, mil.avv. I ming yillik boshlariga oid CHust madaniyati yodgorliklarida (Dalvarzin, Ashqoltepa) ko’zga tashlanadi. Hozirgacha Farg’ona vodiysida 80 dan ortiq CHust madaniyati yodgorliklari qayd etilgan. CHust madaniyatining so’nggi bosqichida (mil.avv. VIII-VII asrlar) mayda shahar – davlatlar asosida davlat birlashmalari vujudga kelgan. Farg’ona tarixiy hududida miloddan avvalgi III asrda Davan davlati tashkil topadi. Mil.avv. 136-128 yillarda Farg’onaga kelgan Xitoy elchisi va sayyohi CHjan TSyan «Davanda 70 dan ortiq katta va kichik shaharlar bor» deb yozgan.
Davan podsholigida sug’orma dexqonchilik, chorvachilik va xunarmanchilik rivojlangan. Ipak yo’li ta’sirida shaharsozlik madaniyati ancha takomillashgan. Bu davlat savdogarlar va sayyohlarning sharqiy Sug’diyona chegaralaridan to Tan (Xitoy) imperiyasigacha bo’lgan yo’li xavfsizligini ta’minlab turgan. Mil. avv. II asrda Davan davlatida 300 ming kishi yashagan. Poytaxti Ershi shahri (hazirgi Marhamat) bo’lgan.
Farg’onaning «Samoviy» deb nom olgan nasldor otlari ko’pchilikni qiziqtirgan. Mil.avv. 104-101 yillarda Xitoyning 60 ming kishilik qo’shni Davanga bostirib kirganda davanliklar qang’liklar yordamida xitoyliklarni xaydab, yuborib, o’z mustaqilligini saqlab qolgan. II asrda Davan davlati barham topadi. Uning yerlari Kushon podsholigiga qo’shib olinadi.
«Tushunchalar tahlili» uslubidagi tarqatma metariallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |